FOTOELEKTRON ASBOBLAR Тashqi va ichki fotoeffektli fotoelementlar Fotoelektron asboblar deb, yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish sodir bo‘ladigan asboblarga aytiladi. Yorug‘lik oqimining fotoelektron asbobga ta’siri xususiyatiga ko‘ra, ichki va tashqi fotoeffektli asboblarga bo‘linadi. Ichki fotoeffektli asboblarda foton ta’sirida zaryad tashuvchilarning (elektronlar va teshiklar) generatsiyalanishi sodir bo‘ladi. Тashqi fotoeffektli fotoelektron asboblarda esa foton ta’sirida fotoelektron emissiya yuzaga keladi. Ichki fotoeffektli fotoelektron asboblarga: fotorezistorlar, fotogalvanik elementlar, fotodiodlar, fototranzistorlar va fototiristorlar; tashqi fotoeffektli fotoelektron asboblarga: elektrovakuum va gaz to‘ldirilgan fotoelementlar hamda fotoelektron ko‘paytirgichlar kiradi.
Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va parametrlari Elektrovakuumli fotoelement shisha ballon bo‘lib, unda 10-6 mm simob ust. atrofida bosimli vakuum hosil qilingan va unga ikkita elektrod — fotokatod K va anod A joylashtirilgan. Shisha ballon ichki yuzasining yarmiga, ya’ni ichki yarimsferaga katod qo‘yiladi. Katod materiali sifatida kislorod bilan aktivlashtirilgan seziy ishlatiladi, ba’zida surmali-seziyli katod (SbCs3) tayyorlanadi. Katodning uchini shisha ballonning yon qismida joylashtiriladi. Elektrovakuum fotoelementlarning volt-amper tavsiflari If = f (Ua) shuni ko‘rsatadiki, fototok boshida kuchlanishning ko‘payishi bilan tez o‘sib boradi, so‘ng yorug‘lik oqimi F-const bo‘lganda, deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin (2.26- rasm). Тo‘yingan kuchlanish sodir bo‘lganda, fotokatod bilan nurlanuvchi barcha elektronlar anod yuzasiga yetadi va keying tokning juda kichik o‘sishi kuchlanishning o‘sishi bilan elektrostatik
emissiyaning ta’siriga asosan sodir bo‘ladi. Yorug‘lik oqimining o‘sishi bilan (F3>F2>F1) volt-amper tavsifi yuqoriga ko‘tarila boradi, chunki vaqtning birligida fotokatod bilan nurlangan elektronlarning soni ko‘payib boradi. Fotoelementlar signalizatsiya sxemalarida, fototelegraflarda, ovozli kinolarda ishlatiladi. 2.27-rasmda fotoeffektli fotoelementlarning xarakteristikasi keltirilgan.