Nima uchun baholash kerak? – o'quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;
– keyingi bosqichga o'tishdan oldin avvalgi o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
– natijaga erishilganligini tasdiqlash uchun;
– talabalarning qiziqishlarini aniqlash uchun;
– yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;
– o'qituvchi o'z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;
– yalpi o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
– ta'lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
– talabalarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;
– tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-onalarga ma'lumot berish uchun.
Nimani baholash kerak? – nazariy bilimlarni;
– amaliy ko'nikma va malakalarni;
– xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni.
Qachon baholash kerak? – ta'lim jarayoni boshida (boshlang'ich baholash);
– ta'lim jarayoni davomida (joriy baholash);
– ta'lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash).
Baholashning asosiy xususiyatlari: – ta'lim maqsadiga yo'nalganlik;
– muntazam o'tkazib borish;
– pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
– umumiy qabul qilingan natija standardariga asoslanganlik.
Yuqorida ta'kidlanganidek, nazariy bilimlar baholanayotganida
kognitiv o'quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko'nikma va malakalar baholanayotganida psixomotorik, xulq-atvor va shaxsiy fazilatlar baholanayotganida esa – affektiv o'quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi.
Besh ballik bahоlash
Afzalligi
ta`lim оluvchi rag’batlantiriladi; ta`lim оluvchining faоliyatini tezkоr nazоrat qilish imkоniyatini beradi;