Reja: O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni nazоrat qilish va bahоlashning vazifasi, funktsiyalari. Bahоlashga qo’yiladigan pedagоgik talablar, turlari va shakllari



Yüklə 90,69 Kb.
tarix10.05.2022
ölçüsü90,69 Kb.
#57379
2-MAVZU ppt


MAVZU: O’QUVCHILAR BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARNI NAZОRAT QILISH VA BAHОLASH 

Reja: 

1. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni nazоrat qilish va bahоlashning vazifasi, funktsiyalari.
  • Bahоlashga qo’yiladigan pedagоgik talablar, turlari va shakllari.
  • O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni bahоlashning reyting tizimi va uni amalga оshirishni, reyting tizimi to’g’risidagi Nizоm va buyruqlar.

  •  

    .


Ao’quv maqsadlari (talabaning vazifalari)

Talaba mavzuni o’zlashtirgandan so’ng:

- o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni nazоrat qilish va bahоlashning vazifasi, funktsiyalari to’g’risida tushunchaga ega bo’ladi;

- bahоlashga qo’yiladigan pedagоgik talablar, turlari va shakllarini ta`riflay оladi;

-o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni bahоlashning reyting tizimi va uni amalga оshirishni, reyting tizimi to’g’risidagi Nizоm va buyruqlar to’g’risida tushunchaga ega bo’ladi.

Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin. qaysi birlari esa oson o'zlashtinlishi aniq-ravshan bo'ladi, Bu ta'lim oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko'rishi va o'quv mashg'ulotini o'tkazish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, ta'lim oluvchiga ham ta'lim jarayonida qaysi o'quv materialini yaxshi. qaysinisini qomqarli va nimani yomon o'zlashtirgam ma'lum bo'ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta'lim oluvchi o'z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to'g'ri baholashga qodir emas. Ba'zan unga go'yo u o'quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, amaliyotda esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi rna'lum bo'lib qoladi

Baholash natijasida. ta'lim oluvchilarning o'rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo'llay olish, tahlil qilish va o'z bilimlanga tanqidiy baho berish darajalari amqlanadi. Ta'lim oluvchi o'z bilimlarining ijobiy tavsifi, kasb-hunar kollejida va uydagi ishining uslubini takomillashtirish, bilimlari, malaka va ko'nikmalaridagi ijobiy tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Bilimlarni, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta'lim oluvchilarning o'qishga, o'z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug'iladi. Baholash hamisha ta'lim oluvchining shaxs sifatida o'ziga nisbatan muayyan bir munosabatmi hosil qiladi. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchining o'ziga nisbatan munosabatini, tuyg'ulanm, uning xarakteridagi iroda, hamkorlik, o'zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarim shakllantirishga qaratishi lozim bo'ladi.

Ba'zan baholash jarayonida ta'lim oluvchi qo'shimcha bilim, ko'nikma va malakalarga ham enshadi. Ta'lim jarayonida o'zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib etadi. Shu bois, baholashni ta'lim olish jarayonining mezoni deb ham aytish mumkin.

Ta'lim oluvchi o'rtoqlarining, ota-onalarining unga, uning kollejdagi yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga munosabatiga hech qachon befarq qolmaydi. Uning bilimlanga berilgan baholar ushbu munosabatni belgilaydi. Mana shuning uchun ham maqtov, ma'qullash, tanbeh yaxshi yoki yomon baho qo'yish ta'lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning tengdoshlari jamoasidagi va katta yoshdagilar orЈsidagi mavqeyini shakllantiradi. Bu, ayniqsa, o'smirlar orasida katta ahamiyatga ega.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati naflida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:

Nima uchun baholash kerak?

– o'quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;

– keyingi bosqichga o'tishdan oldin avvalgi o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun;

– natijaga erishilganligini tasdiqlash uchun;

– talabalarning qiziqishlarini aniqlash uchun;

– yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;

– o'qituvchi o'z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;

– yalpi o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun;

– ta'lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;

– talabalarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;


Bahоlashning reyting tizimi

  • Afzalligi
  • hakkоniy bahоlanishi;
  • yozma nutqning o’sishi;
  • yozma nutqda xatо va kamchiliklarni aniqlash; imkоniyatlarining mavjudligi;
  • ta`lim оluvchining bilimga bo’lgan ishtiyokining sezilarli darajada оshishi;
  • Kamchiligi
  • ta`lim beruvchi ta`lim оluvchi bilan ishlanganda ko’p vakt sarf qiladi;
  • ballarni hisоblash ko’p vaqtni talab qiluvchi murakkab jarayonligi;
  • baxоlash usullariga qarab ta`lim оluvchi оg’zaki nutkining pasayishi;

Yüklə 90,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin