4. Oziq zanjiri va ekologik piramida toʻgʻrisida tushuncha
Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, oʻzaro bogʻlangan bir nechta turlar
yoki organizmlar oziq zanjirini hosil qiladi: Misol,
Organik qoldiqlar
Oziq zanjiri — oʻsimliklar toʻplagan energiyani bir turning ikkinchisini yeyishi
orqali bir necha organizmlar qatoridan oʻtkazishdir.
Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bogʻlanishdir (yunoncha "trofe"
– oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi.
Oziq zanjirining birinchi zvenosi avtotrof oʻsimliklar (produsentlar) hisoblanadi.
Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bogʻlar energiyasiga
aylantiradi. Ikkinchi zvenosi oʻtxoʻr (birlamchi isteʼmol qiluvchilar) va goʻshtxoʻr
(ikkilamchi isteʼmol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq
zanjirining uchinchi zvenosini organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchi
mikroorganizmlar (redusentlar) hosil etadi. Tabiatda oziq zanjiri uch – toʻrt darajadan
tashkil topadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga oʻtishda energiyaning va moddaning
miqdori taxminan uch martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan
energiyaning 90% ga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini taʼminlashga sarf
etiladi. Qolgan 10 foizigina organizmlar tanasining tuzilishi uchun sarf boʻladi. Shu
tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi.
Masalan, oʻrtacha olganda 1000 kg oʻsimlikni yeganda hayvon 100 kg gacha
semiradi. Bunday massali oʻtxoʻr hayvonni yegan yirtqichlarning biomassasi 10 kg
gacha ortishi mumkin, ikkilamchi yirtqichniki esa faqat 1 kg gacha ortadi.
Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya
borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi, ekologik
piramida produsentlar, konsumentlar va redusentlardagi biomassa va energiya
nisbatining koʻrsatgichi hisoblanadi.
Piramidaning asosini avtotrof organizmlar hosil qiluvchilar tashkil qiladi, ulardan
yuqorida oʻtxoʻr hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning
eng choʻqqisida yirik yirtqichlar joylashadi.
Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton — zooplankton
mayda baliqlar — yirik yirtqich baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa
va energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tabora kamaya boradi.
Saprofitlar organic
qoldiqlarni
parchalovchilar
Oʻsimlikxoʻr
hayvonlar
Yirtqich
hayvonlar
Avtotrof
oʻsimliklar
Sunʼiy qishloq xoʻjalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri
darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi. Shuning uchun ovqat
ratsionida oʻsimlik oziqlarini kamaytirish hisobiga goʻshtning miqdorini koʻpaytirsak
oʻsha muayyan ekologik tizimda oziq bilan taʼminlanishi mumkin boʻlgan odamlar
soni kamayishi kerak.
Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri – oʻz oʻzini idora etishdir.
Oʻz-oʻzini idora qilish — tabiiy sistemaning qandaydir tabiiy taʼsiri yoki antropogen
taʼsiridan keyin oʻz ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. Oʻz – oʻzini idora
qilishning yorqin misoli keng bargli oʻrmonlardagi biogeotsenozdir. Bu yerda
oʻsimliklar joy, yorugʻlik va suv uchun raqobatlashadi yoki Markaziy Osiyo qumli
choʻllaridagi biogeotsenozlar ham bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu xildagi
biogeotsenozlarda yaruslik, yaʼni oʻsimliklar jamoasining vertikal boʻylab bir nechta
qatorda joylashishi kuzatiladi.
Keng bargli oʻrmonlarning birinchi yarusini yorugʻsevar daraxtlar (eman,
shumtol) ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yorugʻsevar daraxtlar (zarang, chetan),
uchinchi yarusini har xil butalar (kalina) va toʻrtinchi yarusini oʻtsimon oʻsimliklar
(paporotniklar, gulxayri, qirqboʻgʻim) tashkil qiladi. Yarus qancha past boʻlsa, undagi
oʻsimliklar shunchalik soyaga chidamli boʻladi. Yuqori yarusdagi oʻsimliklarning
ildizlari juda chuqur joylashadi.
Keng bargli oʻrmonlarda yorugʻlik sharoiti yil davomida keskin oʻzgarib turadi.
Shu tufayli qoʻyi yarusdagi oʻsimliklar bahorda daraxtlar barglar chiqarguncha tez
rivojlanadi va gullaydi. Markaziy Osiyoning qumli choʻllaridagi ekosistemaning
yuqori yarusini quyon-suyak, oqsaksovullar, ikkinchi yarusini, qandim, qizilcha,
uchinchi yarusini singrenlar, shuvoqlar, toʻrtinchi yarusini qoʻngʻirbosh, yaltirboshlar
va ostki, oxirgi yarusini moxlar tashkil etadi. Har qanday biogeotsenozlarda oʻzga-
rishlar iqlim ritmiga bogʻliq holda kuzatiladi. Masalan, kuzda haroratning pasayishi,
kun uzunligining qisqarishi, namlikning oʻzgarishi natijasida koʻp oʻsimliklar bargini
toʻkadi. Ularning jamgʻarish aʼzolarida oziq moddalari toʻplanadi, daraxtlarda poʻkak
hosil boʻladi. Oʻsimliklar sitoplazmasida suv kamaya boshlaydi. Hayvonlar ham
qishga faol tayyorgarlik koʻrishadi. Hushlar Janubga uchib ketadi. Sut emizuvchilar
tulaydi, qishga oziq jamgʻaradi.
Muhit sharoiti oʻzgarishi natijasida bir biogeotsenoz ikkinchisiga aylanishi
mumkin. Masalan, yongʻindan keyin oʻrmon biogeotsenozi oʻrniga oʻtloq
biogeotsenozi paydo boʻladi. Biogeosenozlar almashinishi koʻpincha inson
faoliyatiga bogʻliq boʻlishi mumkin. Botqoqliklarning quritilishi natijasida botqoqlik
biogeotsenozi oʻtloq biogeotsenozi yoki agrosenozlar bilan almashinishi mumkin.
Oʻziga xos oʻsimliklar dunyosi va landshaftga ega boʻlgan biogeotsenozlar
geografik zonallik bilan ham chambarchas bogʻliq boʻladi.
Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regional ekosistemalar
yoki biosistemalar hosil boʻladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, oʻrmon, choʻl, dasht
va tropik oʻrmonlar misol boʻla oladi. Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga koʻllar,
daryo va botqoqliklar kiradi. Juda katta maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar
chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, ichimlik suv manbai, sugʻoriladigan
yerlar uchun suv rezervi hisoblanadi.
Dengiz ekosistemalariga Yer sathining 70% ni egallovchi ochiq dengizlardan
tashqari qirgʻoqlar boʻyidagi kontinental shelf ham kiradi. Bunday ekosistemalar
hayvon va oʻsimliklarning xilma-xilligi, plankton va bentosning (suvda muallaq holda
boʻladigan, suv tubida yashaydigan mikroorganizmlar), sodda hayvonlar va tuban
suvoʻtlarning juda koʻp miqdorda boʻlishligi bilan taʼriflanadi. Kontinental shelflarda
asosan sanoat baliqchiligi rivojlangan boʻladi. Dengiz limonlari, qirgʻoq koʻrfazlari
va daryolarning qoʻyilish joylari baliqqa va boshqa dengiz organizmlariga juda boy
boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |