Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi


Ekosistemaning iyerarxik qatorlari



Yüklə 244 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.07.2023
ölçüsü244 Kb.
#136874
1   2   3   4   5   6   7
4 маруза

 
Ekosistemaning iyerarxik qatorlari 
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini jamoa, populyatsiya, organizm
organ, hujayra va genlar tashkil etib, bular hayotning asosiy shakllarini belgilaydi. Bu 
biologik shakllar iyerarxik tartibda yoki qatorda joylashib kichik va katta sistemalarni 
hosil qiladi. 
Iyerarxiya
— Uebater lugʻati boʻyicha birin — ketin qator boʻlib joylashish 
maʼnosini bildiradi. Ana shunday har bir pogʻona yoki daraja tashqi muhit taʼsiri nati-
jasida oʻziga xos funksional sistemani hosil qiladi. Ekologiya fani asosan ana shunday 
sistemalardan: jamoa va ekosistemalarni oʻrgatadi. 
Ekosistemaning asosiy komponentlari. Tirik organizmlar ekosistemaning asosiy 
qismi: avtotroflar, geterotroflar, produsentlar, konsumentlar, redusentlar. Fizik muhit. 
Biomlar. 
Populyasiya atamasi bu maʼlum bir tur individlarining guruhini bildirsa, jamoa 
atamasi deb esa (biotik jamoa) maʼlum bir hududni egallagan populyatsiyalar 
yigʻindisiga aytiladi. Tirik jamoa va notirik tabiat bir — biri bilan uzviy bogʻlangan 
boʻlib, ular birgalikda ekologik sistema (ekosistema)ni hosil qiladilar. Biosenoz esa 
ekosistema (biogeotsenoz) ning tirik qismi boʻlib hisoblanadi. Biom — bu katta re-
gional subkontinental biosistema boʻlib, u qandaydir bitta oʻsimliklar tipi bilan yoki 


landshaftning boshqa oʻziga xos xususiyati bilan xarakterlanadi. Masalan, moʻtadil 
iqlim sharoitidagi keng bargli oʻrmonlar biomi yoki choʻl zonasidagi qumli 
oʻsimliklar biomi va hokazo. Ekologiyada qoʻllanadigan eng katta biologik 
sistemalarga biosfera yoki ekosfera kiradi. Biosfera — bu yer yuzining barcha tirik 
organizmlar yashaydigan qismi hisoblanadi. Dunyoda qoʻyidagi biomlar uchraydi: 
1. Namli tropik biomlari

Bu zonaning iqlimi yil boʻyi issiq va nam koʻp 
boʻlganligi sababli turli xil oʻsimliklar jamoasi va turlarning oʻsishi uchun qulaydir. 
Oʻsimliklari orasida koʻpchilikni lianalar (chirmashib, oʻrmalab oʻsuvchi oʻsimliklar) 
tashkil etadi. Koʻpchilik mamlakatlarning tropik oʻrmonlarida (Panama, Indoneziya, 
Braziliya) epifetlar juda koʻp uchraydi. Bu zonada oʻsuvchi daraxt oʻsimliklarning 
ildizlari koʻpincha tuproq yuzasiga yaqin joylashgan boʻlib, doskasimon shaklda 
boʻladi. Tropik mintaqa turlarga juda boy boʻlib, Braziliyada 40 ming, Indoneziyada 
43 ming oʻsimlik turi oʻsadi. Bu mintaqalarda yer yuzasidan balandlikka koʻtarilgan 
sari har 1000 metrda harorat 6°S pasayib boradi. Shuning uchun togʻli tropik 
mintaqalarda iqlimi sovuq, doimo shamol esib turadi. Demak oʻsimlik turlari ham 
borgan sari kamayib boradi. Masalan Kolumbiyaning eng baland togʻlik mintaqasi 
Andada taxminan 4000 m balandlikda joylashgan boʻlib, yil boʻyi harorat oʻrtacha 
5°S orasida boʻladi. Shu sababli bu yerlarda oʻsimlik turlari va ularning hayotiy 
shakllari juda kam miqdorda uchraydi. Bor oʻsimliklar ham karlik shakldadir. 
2. Subtropik choʻllar
.
Bu mintaqaning yozi issiq va quruq boʻlib yer sharining 
ekvatordan shimolga va janubga tomon joylashgan 30°S kenglikni ishgʻol etadi. 
Bu mintaqada shu iqlim sharoitiga moslashgan kamdan — kam oʻsimlik va 
hayvon turlari oʻsadi va yashaydi. Agar namli tropik iqlim sharoitida organizmlarning 
yashashi uchun chegaralovchi omil yorugʻlik va oziq moddalar boʻlgan boʻlsa, 
subtropik choʻl mintaqalarda esa namlikdir. Bu yerlarda oʻsuvchi kaktuslarda 
qurgʻoqchilikka moslashuvchi belgilaridan biri bu barglari tikanlarga aylanganligidir. 
Bu esa suvni kam bugʻlantiradi va oʻsimliklarni hayvonlardan asraydi. Bu 
mintaqaning xarakterli oʻsimliklaridan biri gigant kaktuslardan (Meksikada) Saguara 
va daraxtsimon yukkalardir (Kaliforniya va Moxave choʻllarida koʻp oʻsadi). 
3. Moʻtadil iqlim mintaqasining oʻrmonlari. Bu mintaqaning qishi sovuq, yozi 
iliq boʻlib, yogʻingarchilik koʻp yogʻadi. Masalan, Rossiyaning oʻrmon mintaqasida 
yillik yogʻinning miqdori 600 — 700 mm gacha boradi. Tuprogʻi boʻz tuproq. Bu 
mintaqada asosan qaragʻay, yel, pixta, dub, tilogʻoch, oq qayin, osina kabi 
oʻsimliklar oʻsadi. Bu oʻsimliklardan tashkil topgan oʻrmonlarni ikki qismga boʻlish 
mumkin: 
Nina bargli va bargli oʻrmonlar. Bargli oʻrmonlar oʻz navbatida keng va kichik 
bargli oʻrmon oʻsimliklariga boʻlinadi. Keng barglilarga dub, zirk, qayragʻoch, lipa, 
yasin kiradi. Kichik barglilar esa oq qayin, osinadan iborat. 
Nina bargli oʻrmonlar Rossiya oʻrmonlarning 80%ni tashkil etib, ularning asosiy 
qismini qaragʻay, yel, tilogʻoch, pixtalar tashkil etadi. 
AQShning Indiana shtatida oq dub dominant boʻlib, uning ostida qand zarangi va 
kichik butachalar oʻsadi. Gʻarbiy Virgeniyada qizil yel daraxti keng bargli daraxtlar 
bilan birga oʻsib aralash oʻrmonlar zonasini hosil qiladi. Shimoliy AHSh va Kanadada 


oq qayin, olxa, yel, pixtadan hosil boʻlgan oʻrmonlar boʻlib, ular sovuq iqlim 
mintaqasiga ham kirib borgan. 
4. Moʻtadil dasht mintaqasi

Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin