Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi



Yüklə 244 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix19.07.2023
ölçüsü244 Kb.
#136874
1   2   3   4   5   6   7
4 маруза

Tabiiy va sunʼiy ekosistemalar 
Ekosistemalar tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy ekosistemalarga oʻrmonlar, 
oʻtloqlar, tundra mintaqasi, dasht, choʻl, togʻ mintaqalari, koʻl, dengiz va okean 
suvlari ekosistemalari misol boʻla oladi. 
Ularning tizimi va komponentlari, xususiyatlari, undagi organizmlarning oʻzaro 
munosabatlari toʻgʻrisida yuqorida batafsil bayon etildi. 
Sunʼiy ekosistemalar inson faoliyati natijasida paydo boʻladi. Ularga 
agrosistemalar, shahar ekosistemalari va kosmik ekosistemalar kiradi. Sunʼiy 
ekosistemalardan eng muhimi agrosistema hisoblanadi. Ular inson tomonidan 
yaratiladigan biogeotsenozlardir 
.
Agrosistemalarga dalalar, yaylovlar, oʻriladigan oʻtloqlar, sunʼiy oʻrmonzorlar, 
xiyobonlar, bogʻlar kiradi, agroekosistemalar tabiiy ekosistemalardan farq qilib u: 
a) turlarning soni kam boʻlganligi uchun oʻz-oʻzini idora qila olmaydi; 
b) ularning turgʻunligi mustahkam emas, balki sunʼiy tanlanishning taʼsirida 
boʻladi; 
v) agrosenozlar uchun energiya manbai boʻlib faqat quyosh energiyasi emas, balki 
inson tomonidan sarflanadigan energiya (sugʻorish, oʻgʻitlash, mashinalardan 
foydalanish) ham hisoblanadi. 
Agroekosistemada elementlar davriy aylanishiga inson aralashadi, chunki bu 
elementlar hosil bilan birga yigʻib olinadi, ularning oʻrnini toʻldirish uchun tuproqqa 
mineral oʻgʻitlar solinadi. Hozirgi kunda quruqlikning 10% ga yaqinini 
shudgorlanadigan yerlar, 20% ni yaylovlar tashkil etadi. 
Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi agroekosistemalarning koʻpchiligi juda 
kam hosilli boʻlib, sanoat regionlari uchun yetarli miqdorda mahsulot yetishtira 
olmaydi. Hosildorlikni oshirish uchun yoqilgʻi, kimyoviy moddalar, mashinalarni 
ishlatish yoʻli bilan juda koʻp energiya sarflanadi. Koʻpincha sarflanadigan energiya 
miqdori oziq mahsulotlaridagi energiya miqdoridan ortiq boʻladi. Bu esa iqtisodiy 
tanglik holatida agroekosistemalarning rentabelligini kamaytirib yubormoqda. 
Sunʼiy yaratiladigan agroekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab 
etadi. Faqat ayrim turdan tashkil topgan (masalan paxtadan) maxsus 
agroekosistemalar vaqtincha iqtisodiy foyda keltirishi mumkin. Ammo juda katta 
maydonlardagi 
paxtaning 
monokulturasi 
tuproqning 
buzulishiga 
va 
sterilizasiyalanishiga, zararkunandalarning koʻpayib ketishiga va natijada 
ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qoʻllash, ekologik jamoaga 
qoʻshimcha tarkibiy qismlarni masalan, entomofag (hashoratxoʻrlarni), changlatuvchi 
asalarilarni koʻpaytirish ekologik sistemani barqarorlashtirishga yordam beradi. 
Choʻllar, oʻtloqlar, dashtlar kabi yaylov sifatida foydalanadigan tabiiy 


ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil oʻtlar ekish oʻgʻitlash, tu-
proqni sunʼiy sugʻorish usullaridan foydalanish mumkin. Agrosenozlarning iqtisodiy 
samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga ishlov berishning industrial 
texnologiyasidan foydalanish, yangi navlar va duragay oʻsimliklarni yaratishda 
genetik injeneriya va biotexnologiya usullaridan keng foydalanish lozim. 

Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin