O‘zbekistonda sanoatlashtirish va jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlari. O‘zbekiston Respublikasining 1925-yildan keyingi bosib o‘tgan yo‘li respublika kompartiyasi faoliyati bilan bog‘liq. Har qanday milliy mustaqil davlatning asosiy yashash sharti o‘zining zamonaviy rivojlangan sanoatiga, og‘ir industriyaga ega bo‘lishiga bog‘liq. Buni yaxshi tushungan bolsheviklar dohiysi sovetlar Rossiyasini sanoati rivoj topgan ilg‘or mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifasini qo‘ydi. Ammo O‘zbekiston singari mustamlaka mamlakatlarga nisbatan bu siyosat mutlaqo boshqacha maqsadlarda amalga oshirildi. 1925-1940-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosati sovetlar hukumati va kompartiya shovinistik, mustamlakachilik siyosatining tarkibiy, ajralmas qismi edi. O‘zbekistonda xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘ini rivojlantirish masalasini Moskva markazdan turib boshqarar edi. Bu taraqqiyot yo‘nalishi «stalincha besh yilliklar» direktivalarida o‘z aksini topdi va ular kompartiya qurultoylarida tasdiqlanadi. Ana shu direktivalar asosida rivojlangan O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarish taraqqiyotining 1925-1940 yillardagi ahvoli tahlil etiladigan bo‘lsa, shu davr mobaynida respublikada yirik sanoat mahsulotlarini mustaqil o‘zi ishlab chiqara oladigan birorta industriya gigantining bunyod etilmaganligiga guvoh bo‘lamiz.
O‘zbekistonning milliy mustaqilligini ta'minlash darajasidagi korxonalar bo‘lmaganligiga bugungi istiqlol kunlarimizda ishonch hosil qilib, unga imon keltirmoqdamiz
1925-1940 yillarda shaharlar, transport va yo‘l qurilishi pochta-telegraf va telefon tarmoqlari rivojlanishida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu to‘g‘risida ko‘p yozilgan
Urushdan oldingi va keyingi besh yilliklarda ham O‘zbekistonda barpo etilgan korxonalarning hammasi ham uning o‘ziga tegishli emasligini, ko‘plari, avvalo eng muhimlari markaz tasurrufiga olinganligini nazarda tutish lozim
Agar 1928-yilda O‘zbekistondagi mavjud korxonalarning 81,7 foizi Ittifoqqa tegishli, 14,5 foizi respublika va 3,8 foizi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, 1930-yillarning o‘rtalariga kelib Ittifoq tasarrufidadi korxonalar 90 foizni tashkil qilgan edi. 20-30-yillarda O‘zbekistonda sanoat taraqqiyoti bilan monand tarzda ishchilar sinfining ham son jihatdan o‘sganligini ko‘ramiz. Jumladan, 1937-yilga kelib sanoat ishchilarining umumiy miqdori 1,81 ming kishiga yetdi. Bu dastlabki besh yilliklar davomida ishchilarning 8 baravar o‘sganligini ko‘rsatadi. Lekin ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilar edi. Ayni paytda sovetlar yuritgan buyuk davlatchilik va mustamlakachilik siyosati tufayli mamlakat aholisi o‘rtasida o‘ziga xos ijtimoiy mehnat taqsimoti vujudga kelganligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. O’zbekistonda 1925 yilda atigi 21 sanoat tarmog’iga taalluqli 149 ta korxona mavjud edi, xolos. Ular ham asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan edi. Industrlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi.
1925 yilda atigi 21 sanoat tarmog’iga taalluqli 149 ta korxona
Industrlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi.
O‘zbekistonga chetdan kelgan yevropa millatlariga mansub aholi asosan shaharlar, posyolkalarda yashab boshqaruv rahbarlik idoralari, zamonaviy fan-texnika bilan bog‘liq zavod-fabrikalarda mehnat qildilar.
Mahalliy tub yerli aholi esa asosan qishloqlarda yashadi, shaharlarda yashaydiganlari ham yuqori malaka talab qilmaydigan sohalarda faoliyat ko‘rsatdilar.
Mustafo Cho‘qayning bergan ma'lumotlariga qaraganda 1927-yilda yevropa millatiga mansub bosmaxona ishchilari 2,028 kishini tashkil etgani holda, yerli turkistonliklar 389 kishi bO‘lgan, metall sanoatida yevropaliklar 3627 kishi, tub yerli aholi 819, yevropali to‘quvchilar 8,428 kishi, turkistonliklar 5,767 kishi bo‘lgan
Xullas, 20-30-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosatining bosh maqsadi, respublikani istiqbolda mustaqil taraqqiyot yo‘lida borishni ta'minlaydigan iqtisodiy poydevordan mahrum qilish va uni Rossiya xo‘jalik mexanizmining bir yacheykasiga aylantirishdan iborat edi. Shu bois respublikada «sotsialistik sanoatlashtirish» Markazning xohish-irodasi va manfaatlari asosida amalga oshirilidi. Sanoat ishlab chiqarishini belgilash va ishchi mutaxasis kadrlarni shakllantirishda imperiyacha maqsadlar ustuvorlik qildi. Bu tendensiya respublikaning mustaqillikka erishgan davrigacha davom etdi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish sobiq Ittifoqda bo‘lgani singari 1927-yil, 2-19-dekabrida bo‘lib o‘tgan VKP(b) XV qurultoyidan so‘ng rasmiy tus oldi. Ammo Oktabr Harbiy to‘ntarishidan so‘ng dastlabki jamoa xo‘jaliklari vujudga kela boshlagan edi. 1921-yilning boshlarida faqat Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 8743 xo‘jalikni birlashtirgan 275 jamoa xo‘jaligi tuzilgan edi. Bu davrda ana shu viloyatlarda 74 ta davlat xo‘jaliklari-sovxozlar ham tashkil topgan edi. Yer-suv islohoti yillariga kelganda esa respublikadagi jamoa xo‘jaliklarining soni 522 taga yetdi. Kollektivlashtirishni ommaviy ravishda sun'iy tezlashtirish 1929-yildan e'tiboran boshlandi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1930-yil 17-fevralda qabul qilgan «Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida» qabul qilgan qarorini ta'kidlab o‘tmoq joiz, albatta Bu hol sun'iy jamoa xo‘jaliklarining tez sur'atlarda o‘sishiga olib keldi. Agar 1930-yil, 1-yanvarigacha dehqon xo‘jaliklarining 10 foizi jamoalashtirilgan bo‘lsa, shu yilning 1-martiga kelib bu ko‘rsatkich 44.8 foizga yetdi. Xorazm okrugining Shovot va G‘azovot tumanlarida 1930-yilning yanvariga qadar birorta jamoa xo‘jaligi bo‘lmagani holda shu yilning 26-fevralida mazkur tumanlarning rahbarlari dehqon xo‘jaliklari yuz foiz jamoalashtirildi, deb markazga xabarberdilar. Kollektivlashtirishda ixtiyoriylikka amal qilinmadi. Hamma yerda qonun buzarlik, zo‘rlash, quloq qilish, soliq solish, surgun va qatag'on qilish siyosati avj olib ketdi. Bu tadbirlar VKP(b) MQsining 1930-yil, 20-fevralida qabul qilgan «Kollektivlashtirish va iqtisodiy jihatdan orqada qolgan milliy tumanlarda quloqlarga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qaror asosida amalga oshirildi. Bu qaror asosan O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston singari milliy respublikalarda kollektivlashtirish bahonasida mahalliy xalqni qatag‘on qilishni nazarda tutgan edi. Natijada faqat 1936-yilning o‘zida O‘zbekistonda 2648 ta xo‘jalik quloq xo‘jaligi sifatida tugatilib, qatag‘on qilindi.
1930-yillarining oxirlariga kelib O‘zbekistonda sovetlar va kompartiya kollektivlashtirish nihoyasiga yetkazdi. Bu yo‘lning bosh maqsadi SSSR ning paxta mustaqilligini ta'minlashdan iborat edi. SSSR paxta mustaqilligi uchun kurash ixtisoslashtirish bahonasida O‘zbekistonda qaror toptirilgan paxta yakkahokimligining asosiy sababidir. Sovetlar hukumati va kompartiya O‘zbekistonda «SSSR paxta mustaqilligi uchun kurash-o‘zbek paxtakorlarining Vatan oldidagi baynalmilal va iftixor burchi!», «Oq oltin-mahalliy boyligimiz!» kabi shiorlar bilan butun kuch hamda vositalarni paxta yetishtirishni rivojlantirishga safarbar etdi, bu yo‘lda moddiy, texnik resurslarini ayamadi, mehnatkash ommaning tinka-madorini quritdi.