Reja: O‘rta Osiyo respublikalarida sovetlarning 25-41 yillarda yuritgan mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlari


Sovet hokimiyatining o‘lkamiz da yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari. Qonun va inson huquqlarining poymol etilishi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə3/3
tarix27.09.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#149378
1   2   3
OF-2

Sovet hokimiyatining o‘lkamiz da yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari. Qonun va inson huquqlarining poymol etilishi.
O‘zbekiston yer ishlari xalq komissari I.Xidiraliev boshchiligida 18 nafar mas'ul partiya va sovet xodimlari dehqonlarni iqtisodiy jihatdan himoya qilinganliklari uchun jazolandilar. Shu davrda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning matbuot bolimi mudiri R.Inag‘omov, O‘zbekiston Oliy sudi raisi S.Qosimov va ularning tarafdorlari partiyani O‘zbekistonda mustamlakachilik siyosati olib borayotganlikda aybladilar, iqtisodiyot, madaniyatning mustaqil rivojlanishiga yo‘l ochib berishni talab qildilar. Natijada nohaq ayblanib, qatag‘on qilindilar. 1929-yil oxirlarida Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchiligidagi "Milliy istiqlol" tashkilotining a'zolari qamoqqa olindilar
1937-yil ikkinchi yarmidan song A.Qodiriy, Cholpon, Fitrat, Elbek, Usmon Nosir va boshqalar, matbuot va adabiyot xodimlari, tarjimonlar va olimlar, ruhoniylar nohaq ravishda xalq dushmani sifatida ayblanib, qatag‘on qilindilar. Ular yaratgan asarlar va badiiy tarjimalarni oqish ta'qiqlab qoyildi. Islomga oid noyob qolyozma kitoblar yoq qilindi. O‘zbekistonda yalpi qatag‘on partiya va davlatga xizmat qilgan atoqli arboblarni qamoqqa olishdan boshlandi. Siyosiy boshqarma U.Xojaev. A.Ikromov, S.Segizboev va boshqalar ustidan "sovetlarga qarshi qoporuvchilik" degan uydirmalarni toqib chiqardilar.
1937-1939-yillarda sohta ayblovlar bo‘yicha O‘zbekistonda hammasi bo‘lib, 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortiq kishi jazolangan, ularning ichidan 6 ming 920 kishi esa otib tashlangan. («Pravda Vostoka» 1991, 15 sentyabr). Natijada, respublika ozining kuchli kadrlaridan ayrildi, ziyolilar avlodlarining payvastaligi vahshiyona buzildi. Shunday qilib, 30-yillarning oxirida O‘zbekistonda insoniylik va demokratiya printsiplarini oyoq osti qiladigan, har qanday o‘zgacha fikr yuritishni kuch bilan bog‘adigan, ommaviy ozboshimchalik va zo‘rlik bilan Vatanga sodiq ming - minglab kishilarni qirib tashlagan totalitar tartibot qaror topdi va kuchaya bordi. Bu xalqning boshiga chinaham fojea bo‘lib tushdi hamda unga nihoyatda og‘ir urush sinovlari arafasida ulkan ziyon va talofat yetkazdi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin