Reja. O'rta Osiyoning tosh asri manzilgohlari tarixiy geografiyasiga tavsif


O'rta Osiyoning qadimgi xalqlari va davlat birlashmalari



Yüklə 41,38 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü41,38 Kb.
#192705
1   2   3   4
Reja. O\'rta Osiyoning tosh asri manzilgohlari tarixiy geografiya (1)

3. O'rta Osiyoning qadimgi xalqlari va davlat birlashmalari.
O'rta Osiyo hududida yashagan qadimgi qabilalar uyushmalari haqida aniq fikrlar mayjud emas. Shunday bo'lsa-da, miloddan avvalgi VI-V asriarda o'lkamizda istiqomat qilgan yirik qabila uyushmalarining joylashgan hududlarini aniqlash imkoni bo'lgan.
Ulardan eng yirigi sak qabilalari bo'lib, ular uchta qabilaviy birlashmadan tashkil topgan: xaumavarka saklari, tigraxauda saklari va tiaytaradaraya saklari.
Xaumavarka saklari asosan O'rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo'lgan.
Yirik qabilalardan yana biri tigraxauda saklari (o'tkir bosh kiyimli saklar) bo'lgan. Antik davr tarixchilari tigraxauda saklarini massagetlar bilan ham tenglashtirganlar. Bu qabila birlashmasi miloddan avvalgi VI-V asriarda G'arbiy Osiyoning juda katta hududida: Amudaryoning quyi oqimlaridan hamda Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlaridan to Orol dengizining shimoligacha bo'lgan bepoyon cho'llarda ko'chib yurganlar (sak-massagetlarning asosiy qismi dastawal Orol dengizining janubi-sharqida, Oks (Amudaryo) va Yaksart daryolarining oralig'ida joylashgan bo'lgan). Miloddan awalgi IV-III asriarda ularning hududi birmuncha kengayib, Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohillaridan to Qozog'istonning markaziy mintaqalarigacha bo'lgan katta kengliklarda ko'chib yurganlar. Antik davr muallifi Strabon o'zidan oldingi tarixchilarning asarlaridan foydalanib: „Kaspiy dengizidan boshlab ko'pchilik saklar dayl deb ataladi, bulardan sharqda yashovchi qabilalar massagetlar va saklar deb nomlangan, qolganlari esa umumiy nom bilan skiflar deb atalgan", — deb yozgan. Strabon bu axborotida sak-massagetlarning hududi naqadar keng bo'lganligi bilan bir vaqtda ularning jamoa hayotini ham tasvirlab, bir qancha qabilalar va qabila ittifoqlaridan yirik etnik uyushma tuzilganligini ham aniq'ko'rsatadi. O'sha davrlarda massaget saklari yirik qabila uyushmasi bo'lib, tarkibiga bir necha qabila uyushmalari, jumladan, : dahlar, derbeklar, sakaruklar, apasiaklar, assiylar, augallar va boshqalar kirgan.
Tiaytaradaraya (dengiz orqasida, dengizning nari tomonida yashovchi) saklari ham qadimgi yirik qabila birlashmalaridan sanalgan. Bu saklarning kelib chiqishi asli Kaspiy dengizining shimolida, Ural tog'oldi mintaqalarida yashovchi massaget qabilalaridan bo'lishi ehtimoldan xoli emas.
Saklar xo'jaligida chorvachilik katta o'rin tutgan. Bu qabilalar qoramol, mayda chorva hamda otlarni ko'paytirganlar. Yillar davomida chorvadorlar yangi yem-xashak maydoni topish uchun harakat qilganlar, o'troq hayot ular uchun muhim sanalmagan.
Dashtlar, sahrolar va Amudaryo bo'ylarida massaget qabilalari yashaganlar.
Shunday qilib, miloddan awalgi VI —IV asrlardagi o'troq aholi va ko'chmanchi sak, massaget qabilalari O'rta Osiyo aholisining keyingi asrlardagi etnik taraqqiyotiga zamin tayyorlab bergan. Ko'pchilik tadqiqotchilar O'rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanish va rivojlanish jarayoni ahamoniylargacha bo'lgan davrda deb hisoblaydilar. Ilmiy adabiyotlar O'rta Osiyoda ahamo­niylargacha bo'lgan davrda quyidagi davlat uyushmalari haqida so'zyuritadi:

Yüklə 41,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin