Turdosh otlarning turlari.
Turdosh otlar ifodalangan tushunchaning xususiyatiga ko'ra aniq (konkret) va mavhum (abstrakt) otlarga bo'linadi.
Aniq otlar bevosita predmetni ifoda etadi: uy, shaxar, talaba, eshik. Aniq otlar ifoda etgan predmetni donalab sanash mumkin: ikkita uy, o'nta shahar, beshta talaba kabi. Shuningdek, ko'plik ma'nosini -lar qo'shimchasini qo'shish bilan anglata oladi: uylar, shaharlar, talabalar, eshiklar kabi.
Mavhum otlar predmet sifatida tasavvur qilinadigan noaniq, mavhum, tushunchani ifodalaydi: yaxshilik, baxt, sog'inch, ёg'ingarchilik va boshqalar.
Mavhum otlar donalab sanalmaydi va -lar qo'shimchasi vositasida ko'plik ma'nosi ifodalamaydi.
Turdosh otlar shuningdek, birlik shaklda yakka bir predmetni ifoda etadi. Turdosh otlar shu xususiyatga ko'ra yakka va jamlovchi otlarga bo'linadi.
Yakka otlar birlik shakldagi predmetlardan bittasini yakkalab, ajratib ko'rsatadi: stol, kitob, qalam, uy chamadon. Grammatik jihatdan -lar ko'plik qo'shimchasini olib, ko'plik ma'nosini ifoda eta oladi.
Jamlovchi otlar birlik shakldagi bir xil predmet otlarning to'dasini, jamini anglatadi: xalq, armiya, gala, to'da, poda, ozchilik, ko'pchilik. Demak, jamlovchi otlar grammatik jihatdan birlik shaklda bo'lsa ham, ma'no jihatdan ko'plikni ifodalaydi.
Adabiyotlar ro'yxati
I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997 yil
U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» 1992 yil
A.Abduazizov. «O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» Toshkent, 1992 yil
S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek-adabiy tili» Toshkent, 2001 y
S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek adabiy tili» Toshkent, 2003 y
Dostları ilə paylaş: |