Predmetning nomini (keng ma'noda) bildiruvchi mustaqil so'z turkumiga ot deyladi. Ot so'z turkumiga oid so'zlar kim? Nima? Kimlar? Nimalar? so'rog'laridan biriga javob berad:
Yer, quyidagi leksik-semantik xususiyati:
1)Keng ma'noda predmet ma'nosini ifoda etish otning leksik xususiyatidir. Predmet ma'nosini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabilar), yer va osmonga, kundalik turmushga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog', tosh, daryo, tuz, non, choynak, qoshiq kabilar), o'simliklarning nomi (paxta, sholi, jo'xori, beda kabi), voqea-hodisalarning nomi (to'y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash) o'rin vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik), atab qo'yilgan shaxs va predmetlarning nomi (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O'qituvchi» nashriyot kabi) ifoda etadi.
Shunga ko'ra otlar ma'no jihatdan 2 turga bo'linadi: atoqli va turdosh otlar. Samarqand, Akmal. «Qora ko'zlar» (roman), «Fan» (nashriyoti)-atoqli otlar. Kitob, daftar, kulgi, tinchlik, turdosh otlar.
Otning morfologik xususiyatlari:
1)Ot son kategoriyasiga ega, ya'ni predmet anglatuvchi so'zlar birlik va ko'plik sonda qo'llanadi.
2)Ot egalik kategoriyasiga ega, ya'ni predmetning (keng ma'noda predmetlik tushunchasi: shaxs voqea-hodisa va b) uch shaxsdan biriga taaluqligini, qarashliligini, mansubligini bildiradi: menning daftarim, sening ukang, uning quvonchi kabi
3)Ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma'nosiga ega bo'lib, kelishik qo'shimchalari otning otga yoki otning fe'lga tobeligini ifodalaydi: bosh kelshik-kitob, qaratgich kelishik-kitobning., tushum kelishigi-kitobni, jo'nalish kelishigi-kitobga, o'rin-payt kelishigi-kitobda, chiqish kelishigi-kitobdan. (Zulfiyaning kitobi, kitobni sevadi) kabi.