6) Tushum, jo'nalish, o'rin-prayt va chiqish kelishigi shaklidagi otlar to'ldiruvchi, hol, ba'zan kesim vazifasini bajaradi.
Masalan: Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi. (S.A.) Bog'chada daraxtlar oltin rang bilan tovlanardi. (O) Oltin o'tda bilinadi, odam mehnatda (Maqol)
www.arxiv.uz
Otning ma'no turlari.
Otlar ma'no jihatdan ikki turga bo'linadi: turdosh otlar va atoqli otlar:
Turdosh otlar. Bir turdagi predmetlarning, hodisalarning umumlashtiruvchi nomi turdosh ot deyiladi: stol, kitob, tanbur, baxt, kulgi, anjuman kabi. Turdosh otlar atoqli otlarga qaraganlar ko'p miqdorni tashkil qiladi. Turdosh otlar kichik harf bilan yoziladi.
Atoqli otlar. Bir xildagi predmet (shaxs) yoki hodisalardan birini ayirib ko'rsatadigan otlar atoqli otlar deyiladi.
Atoqli otlar atab qo'yilgan nomlarni ifodalaydi. Atoqli otlarga quyidagilar kiradi:
Kishilarning ismi va familiyalari: Murod, O'ktam, O'tkir, Maxmudjon, Axmedov
Yozuvchi va shoirlarning taxalluslari: Oybek, Uyg'un, Muqimiy, Furqat
Uy havonlariga atab qo'yilgan nomlar: Lopar, To'rtko'z, Mosh
Planeta, yulduz va sayyoralarning nomlari: Yer, Zuhar, Yetti qaroqchi, Mirrix
Geografik nomlar (shahar, qishloq, tog', daryo, ko'l, cho'l, qit'a nomlari): Toshkent, Marg'ilon, Chotqol, Pomir, Ohangaron, Chirchiq, Osiyo.
Oliy Davlat va yuqori tashkilotlarning nomlari: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Oliy Kengashi
Ilmiy muassasalar, oliy o'quv yurtlari, vazirliklar va korxonalar nomi: Paxtachilik ilmiy-tekshirish instituti, O'rta Osiyo Ipakchilik ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent davlat pedagogik universiteti, Moliya vazirligi, Davlat banki
Yuqori mansab, oliy faxriy unvon nomlari: O'zbekiston Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi raisi, Bosh Qo'mondon.