Reja: Ovoz apparatining tuzilishi



Yüklə 90 Kb.
səhifə4/5
tarix11.05.2023
ölçüsü90 Kb.
#111457
1   2   3   4   5
OVOZ APPARATI TUZILISHI VOKAL-XOR TEXNIKASI ELEMENTLARI

Vokal ishlariga:

- xorning muhim elementlar ustida ishlashi (hamohanglikka, yaxshi sozga, so`z talaffuziga, badiiy ifoda vositalariga erishish:);


- to`g`ri nafas olish, vokal tovushlari bilan kuylashni shakllantirish;
- kollektiv a`zolarining bir xil vokal malakalariga ega qilish kabilar kiradi. Xor ijrosini muhim elementlarini barpo qilish uchun vokal-texnikasiga asosan, nafas, tovush xosil qilish, uni cho`zish, dinamika, intonatsiya va diktsiya malakalari kiradi. Xor kollektivi yaxshi vokal texnikaga ega bo`lmasa, u xorning ijrosida na uyg`unlik (ansambl’), na tiniq soz, na tiniq talaffuz va badiiy ifoda bo`ladi. SHundan kelib chiqib xorda vokal-xor texnikalarini doimo rivojlantirish va takomillashtirish zarur. Xorda yaxshi sozga, ansamblga, dinamikaga, mustahkamlikka, diktsiya va tembr bo`yoqlariga erishishda vokal-fundament mustahkam bo`lishi kerak. Rahbar vokal-xor mashqlari ustida ish olib borib xorning jaragdor va ifodali jarangiga erishmog`i kerak.


Xorda vokal-xor ishlarining formalari

Nafas- Vokal-xor ijrochiligining asosini nafas tashkil etadi. SHuning uchun xor asarlarini to`g`ri ijro etishda to`g`ri nafas olish muhim elementlardan hisoblanadi. U ovoz shakllanishi jarayonida muhim fundament rolini o`taydi. Kuylaganda nafas olish gapirgandagidan farq qiladi. Kuylaganda nafas tez olib sekin chiqariladi. Nafas olish uch turga bo`linadi:


YUqori nafas- Nafas ko`krakni yuqori qismida olinib, kiftlar ko`tariladi. Nafasning bu turi juda zararlidir. Vokal- xor ijrochiligida bu nafas qo`llanilmaydi.
Ko`krak- qorin (o`rtacha qovug`a-biqin).
Aralash- (pastki qovurg`a- diafragma usulida olinadi). Bu usul xonandalarga (havaskorlik xorlarida) oldin tushuntiriladi, keyin ko`rsatib beriladi. Bunday nafas olishda biqin va pastki qovurg`alar kengayadi. Nafas olishda kiftlar, ko`krak qafasi ko`tarilmaslik kerak. Tajribali ashulachilarda nafas ko`krakda deyarli bo`lmaydi. Ular nafasni pastga- diafragma olib, qorinni pastki qismida harakat bo`ladi. Xorda nafas olish spitsifikalari mavjud. Xorda bu vaqtda zanjir yoki ulanma nafas (tsepnoe do`xanie) olish usuli qo`llaniladi. Zanjir usuli ayrim xor asarlarini kuylashda nafas olish mumkin bo`lmagan paytlarda qo`llaniladi. Ko`p ovozli asarlarni kuylashda xonandalar zanjirli nafasdan foydalanadilar. Bu usul zanjir yoki ulama nafas olish usuli deyiladi.
Nafas olish tugab, tovushning boshlanishi ataka deyiladi. Ataka ital’yancha attakate hujum qilmoq degan ma`noni bildiradi. Bu vokal-xor va boshqa musiqa janrlarida ham qo`llaniladi. Tovushning yumshoq, mayin boshlanishi yumshoq ataka deyiladi. Tovush atakasi asar xarakteriga bog`liq bo`ladi. Ataka ifodali ijro vositasi hisoblanadi. YUmshoq atakada ovozning kengligiga, mayinligiga «niqobdorli» ga tezroq erishiladi.
Qattiq ataka marsh, vahima, daxshat, qattiq iztirob chekish, fig`on, tantana, shodlik kabi ifodalarda qo`llaniladi. eng asosiy vazifa hosil bo`lgan tovushni sofligiga erishish (xususan yuqori registrda), ya`ni tovushni yuqori pozitsiyada kuylash. YUqori tovush pozitsiyasiga ega bo`lmagan xor yoki xonanda to`g`ri va aniq intonatsiyaga ega bo`la olmaydi.
Xorda so`zlarini tinglovchiga etkazib berish vositasi diktsiya deyiladi. Asarning g`oyaviy mazmunini ochib berishda diktsiya muhim rol’ o`ynaydi. So`zlar shoirona fikrni to`ldirsa, musiqa uni bo`yoqlari bilan to`ldirib, ma`nosii chuqurlashiradi.

Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin