Reja: Ovoz apparatining tuzilishi



Yüklə 90 Kb.
səhifə5/5
tarix11.05.2023
ölçüsü90 Kb.
#111457
1   2   3   4   5
OVOZ APPARATI TUZILISHI VOKAL-XOR TEXNIKASI ELEMENTLARI

Diktsiya- lotincha diktio nutq, aniq so`z talaffuzi ma`nosini bildiradi. Diktsiya aniq so`z talaffuzi va badiiy ifoda demakdir. Ma`lumki bizda unli tovushlar orqali kuylaniladi. SHuning uchun xorda so`z talaffuzi tarbiyasiga katta e`tibor beriladi.
Diktsiyani yaxshilashda vokal-xor mashqlarida unli va undosh tovushlarni kuylash yaxshi natija beradi. Bunda biz artikulyatsiyadan foydalanamiz. Artikulyatsiya – lotincha articilatio talaffuz qilish degan ma`noni bildiradi. Unli tovushlarni o`zlashtirishda undosh tovushlar muhim rol’ o`ynaydi. Dirijyor undosh tovushlarni eshitilishida doimo ish olib borishi zarur. Unli tovushlar, undosh tovushlarga qaraganda qisqa talaffuz qilinadi. Diktsiya yaxshilashda o`rta regstr va diapazondan, o`rta, ovoz kuchidan foydalanish yaxshi natija beradi. Doimiy mashqlar natijasida yuqori registrda kuylash va yaxshi diktsiyaga ega bo`linadi. Vokal-xor diktsiyasi bir butun kompleks bo`lib, u tartibli ravishda xorning vokal ishlari bilan bog`lab olib boriladi.


Vokal-xor malakalarini shakllantirishda
repertuarning roli
Vokal- asarlarini shakllantirishda repertuarning to`g`ri tanlanishi asosiy rol’ o`ynaydi. Asarlarni dastlab xor jamoasining bilim darajasiga qarab tanlanishi juda muhim ahamiyatga ega. Musiqa savodi yo`q kuylovchilar balan dastlab oddiy unison kuylanadigan asarlar olib ishlanadi. Vokal-xor mashqlari orqali musiqa savodini shakllantirib boriladi va oddiy asarlardan murakkablariga o`tib boriladi. Dastlab kanonlar kuylatiladi. Keyinchalik o`zbek xalq qo`shig`i «CHamanda gul» asari kanon usulida o`rgatiladi. Ayrim qismlari unison shaklida barcha xor a`zolari bilan birgalikda barcha ovozlar kuylaydi. Vokal-xor mashqlari yordamida turli xil oddiydan-murakkabgacha bo`lgan mashqlar olib ovozlarni bir tekisda intonatsiyaga qarab kuylashga erishgan yuqori pozitsiyada kuylash ham yaxshi samara beradi. Kuylovchi qaysi sharoitda kuylanmasin dirijyor har bir tovushni sof, tiniq kuylashga erishishi lozim. Asarni ishlanayotganda har bir partiyani juda ko`p ishlab sof tovushlarda dinamikasi bilan kuylatish lozim. SHundan so`ng asta-sekin ovozlarni bir-biri bilan qo`shib kuylatish, avval birinchi, so`ng ikkinchi ovozlarni birlashtirib kuylatish lozim. SHunda ham asar ohangini va xorni sinchikovlik bilan kuzatish lozim. Dirijyorning qo`l harakatlariga jiddiy rioya qilgan holda sof tovush va sof diktsiya bilan kuylashga erishish zarur. Asardagi so`zlarni unli va unsizlarini to`g`ri kuylatishga erishmoq zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Gudkova P. G, Vasil’eva A.B «Ashula darsligi metodikasi» , 1973.

  2. Ro`ziev SH «Xorshunoslik». T. 1987.

  3. Qodirov R. G`. «Boshlang`ich sinfda ko`p ovozli kuylash». T 1997.

Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin