Reja: O‘yinlar nazariyasi va o‘zaro hamkorliklarni modellashtirish


O‘yinlar nazariyasi tayanch modellarining tasnifi



Yüklə 61,97 Kb.
səhifə3/6
tarix14.04.2023
ölçüsü61,97 Kb.
#98208
1   2   3   4   5   6
Reja O‘yinlar nazariyasi va o‘zaro hamkorliklarni modellashtiri

O‘yinlar nazariyasi tayanch modellarining tasnifi
O‘yinlar nazariyasi uchun bir necha tayanch modellar mavjud [40]. Ushbu modellar Nesh bo‘yicha muvozanat nuqtalarining soni bilan va ularning Shtakelьberg bo‘yicha va Pareto bo‘yicha muvozanat nuqtalariga mos kelishi yoki mos kelmasligi bilan farq qiladi.
Umumiy ko‘rinishda modellar turlari o‘yinlar nazariyasida foydalaniladigan ikkala ishtirokchi uchun quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi1:

St/N

2

1

0

=

I. N1=St1=St2=R≠N2

II. N=St1=St2=R



III. N=St1= St2≠R




IV. N1=St1=R1≠(N2=St2=R2)

V. N=St1=R1≠(St2=R2)

VII. St1=R≠(St2=R)


VI. N=St1 ≠(St2=R)

VIII. St1=R≠St2


  1. model. Masalan, ikkita talaba tomonidan uchrashuv joyining tanlanishi vaziyatini aks ettiradi. Ulardan har birini yo kutubxonada yoki bufetda topish mumkin. Bufetdagi uchrashuv ikkala talabaga ham foydalilikni ta’minlashi nazarda tutiladi: ular kofe yoki biror xil sharbat ustida suhbat o‘tkazishlari mumkin.


1-talaba

2-talaba

Kutubxonaga borish

Bufetga borish

Kutubxonaga borish

0; 1

2; 2[N2]

Bufetga borish

3; 3[N1 St1 St2 R]

1; 0

Bu o‘yin uning yordamida «fokal nuqta» – ikkala talaba tomonidan o‘zlari tanlaydigan uchrashuv joyi g‘oyasi aks ettirilishi tufayli qiziqarli. Agar ikkalasi ham bir-birini yaxshi bilsa, ular bir-birini topishi mumkin bo‘lgan joyni taxmin qilish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. «Fokal nuqta» bufet bo‘lishi ehtimoli ko‘proq.

  1. model. Er-xotin o‘rtasidagi qat’iy shakldagi keskin vaziyatni namoyon etadi. Er-xotin ikkita muqobil – konsert yoki futbolga borish variantidan birini tanlash yo‘li bilan kechki vaqtni qanday o‘tkazishni hal etadi. Har birining fikri ravshan: xotin – konsertga, er – futbolga borishni afzal ko‘radi. Bunda er-xotin kechki vaqtni birgalikda o‘tkazishdan hordiq chiqarishni ancha past baholashadi.


Er

Xotin

Konsertga borish £

Futbolga borish

Konsertga borish

1; 3

0; 0

Futbolga borish £

2; 2[N1 St1 St2 R]

3; 1

O‘yin shunisi bilan qiziqki, bu yerda ikkala ishtirokchida ham ustun strategiya mavjud (£) «konsertga borish» – xotin uchun, «futbol matchiga borish» - er uchun.

  1. model. «Mahbuslar dilemmasi» muhokamasi.


1-gumondor

2-gumondor

Aybni tan olish £

Aybni tan olmaslik

Aybni tan olish £

1; 1 [N St1 St2]

3; 0

Aybni tan olmaslik

0; 3

2; 2 [R]


  1. model. Er-xotin o‘rtasidagi avvalgi qattiq shakldagi ixtilofli vaziyatning yumshoqroq varianti. Qat’iy shakldagi ixtilofli vaziyatning yumshoq shakldan faqat bitta farqi mavjud, er-xotin birgalikda o‘tkazilgan kechki vaqtdan ko‘rilgan manfaatni yuqori baholaydilar:


Er

Xotin

Konsertga borish

Futbolga borish

Konsertga borish

2; 3 [N2 St2 R2]

0; 0

Futbolga borish

1; 1

3; 2 [N1 St1 R1]


  1. model. Ushbu modelь qurolsizlanish muammosini ifodalaydi. A mamlakat B mamlakatga nisbatan urush boshlash masalasini hal etadi, B mamlakat esa qurollanish yoki qurolsizlanish variantlaridan birini tanlaydi. Muammo shundan ibortki, qurolsizlangan B mamlakt tajovuzkor A mamlakat uchun oson o‘ljaga aylanadi, qurollangan mamlakat esa tajovuzga tajovuz bilan javob qaytarishi mumkin:


A mamlakat

B mamlakat

Qurollanish

Qurolsizlanish £

Urush e’lon qilish

0; 0

3; 1 [N St1 R]

Urush e’lon qilmaslik

2; 2[St2 R]

1; 3


  1. model. Biron-bir romanni o‘qish to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bog‘liq og‘ir ma’naviy tanlov vaziyatini aks ettiradi. Birinchi kitobxon, agar u kitobni o‘qiy olmasa, afsus chekadi, lekin, agar u ushbu romanni baribir o‘qishni boshlasa, o‘zi bundan uyaladi. Ikkinchi kitobxon – munofiqning fikriga ko‘ra, kitobni o‘qishni hammaga ta’qiqlash lozim, lekin agar romanni o‘qish kerak bo‘lsa, u holda faqat uning o‘zi o‘qishi lozim:


1-kitobxon

2-kitobxon




O‘qimaslik £




O‘qish

O‘qimaslik

0; 3




3; 1 [St2 R]

O‘qish

1; 1 [N St1]




2; 0


  1. model quyidagi o‘yin ko‘rinishida amalga oshiriladi. Har bir o‘yinchi o‘yin boshida 2 dollarga ega va ushbu summaning yarmini qutiga solib qo‘yadi. So‘ngra quti birinchi o‘yinchiga topshiriladi, u ushbu summani o‘zida qoldirishi yoki quduqqa tashlab yuborishi mumkin. Ikkinchi ishtirokchi birinchi o‘yinchining xatti-harakatini oldindan aytib berishi lozim, agar u buning uddasidan chiqsa, 1 dollar oladi. Bundan tashqari, agar quti quduqqa tashlanmasa, o‘yinchilar undagi summani o‘zaro bo‘lib oladilar:


1-o‘yinchi

2-o‘yinchi

Quduqqa tashlash

Quduqqa tashlamaslik

Quduqqa tashlash

0; 2

2; 0

Quduqqa tashlamaslik

3; 1 [St2 R]

1; 3 [St1 R]


  1. modelda davlat bilan sarmoyador o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ifodalanadi. Sarmoyadorda harakatlarning ikki varianti mavjud – mamlakatda investitsiyani amalga oshirish yoki oshirmaslik. Davlat esa investitsiyalardan olinadigan daromadlarga yuqori soliq belgilashi yoki soliqni umuman bekor qilishi mumkin:


Davlat

Sarmoyador

Investitsiya kiritmaslik

Investitsiya kiritish

Soliq joriy etish

0; 1

3; 0

Joriy etmaslik

1; 2 [St2 ]

2; 3 [St1 R]

Yuqorida izohlangan modellarni ko‘rib chiqish individlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan qator muammolarni aniqlash va tahlil qilish imkonini beradi:

  • muvofiqlashtirish muammosi Nesh bo‘yicha ikkita nuqta mavjud bo‘lgan hollarda paydo bo‘ladi (I, IV modellar). Muvofiqlashtirish muammosining hal etilishi qo‘shimcha institutsional shart-sharoitlar joriy etilishi, «fokal nuqtalar» yoki kelishuvlar mavjud bo‘lishini talab etadi. Masalan, erxotinning qiziqishlari bir joydan chiqqan hollarda, ular o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishi ancha osonlashadi;

  • birga bo‘la olish muammosi Nesh bo‘yicha muvozanat mavjud bo‘lmagan vaziyat uchun xosdir (VII, VIII modellar). Agar institutlar strategiyalarni tanlashni cheklamasa va «yo‘naltirmasa», individlar o‘z harakatlarini muvofiqlashtira olmaydilar. Masalan, davlat bilan sarmoyador o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga davlatning nufuzi omilining joriy etilishi (2, 3) yakunda to‘xtalish imkonini beradi;

  • kooperatsiya muammosi - Nesh bo‘yicha muvozanat mavjud, u yagona, lekin Pareto bo‘yicha optimal emas (III model - «mahbuslar dilemmasi»). Ushbu vaziyatda ham institutsional cheklovning joriy etilishi Pareto bo‘yicha optimal natijaga erishishni ta’minlaydi;

  • adolatlilik muammosining dolzarbligi - Nesh bo‘yicha yagona muvozanat asimmetrik, yutuqning o‘zaro hamkorlik ishtirokchilari o‘rtasida adolatsiz taqsimlanishi bilan tavsiflanadi (V, VI modellar). Adolatsizlik muammosini hal etish variantlaridan biri takrorlanadigan o‘yinlarga o‘tish va «aralash» strategiyalar asosida normalar ya’ni, t0 vaqt lahzasida individ A strategiyani, t1 vaqt lahzasida esa B strtegiya tanlaganda bo‘ladi.

Normalar individlarning o‘zaro muvofiq munosabatlari barqarorligining asosiy kafolati hisoblanadi. Individ tomonlar harakatlarini tushunish va o‘z harakatini ular bilan muvofiqlashtirish uchun biror-bir normani tanlash barobarida umuman tizimning barqarorligini ta’minlaydi. Individ normadan chetga chiqsa, uni normaga qaytaruvchi tartibga solish mexanizmining mavjudligi normalar tizimini shakllantiradi. Shuningdek, normalar tizimi makro va mikrodarajalar o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi bo‘g‘inga aylanadi.
Individlarning iqtisodiy faoliyat yuritishini ta’minlovchi normalar tizimiga iqtisodiyotning asosiy qonuni (konstitutsiyasi) deyiladi. Buyruqbozlik va bozor iqtisodiyoti tizimlarida o‘zaro zid normalarga amal qiladi. Masalan, bozor tizimi faqat individlar kundalik iqtisodiy faoliyatida u asoslanadigan normalardan foydalangan darajaga ko‘ra barqaror va takror ishlab chiqarishga qodir bo‘ladi. Shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi individlar o‘rtasidagi bitimlardan makroiqtisodiy darajaga o‘tish bozor xatti-harakatlari normalari orqali amalga oshiriladi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya’ni resurslarning yetishmasligini o‘zida namoyon etadi. Taqchillikning ma’lum darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi tizimda normal taqchillik holatini yuzaga keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiyotiga xos navbatning kattaligi resurslar va tayyor mahsulotlarning normal zaxiralari va hokazolar tushuniladi. Boshqacha aytganda, nafaqat Valras bo‘yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan cheklanadi, balki tizim hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi mumkinligi namoyon bo‘ladi.
Umuman, buyruqbozlik va bozor tizimlarida qo‘llaniladigan normalarning tarkibiy tuzilishini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
Quyida ushbu normalarning iqtisodiyotda namoyon bo‘lishi ko‘rib chiqilgan.
4.1.-jadval. Iqtisodiyot asosiy qonuni normalarining guruhlanishi


Yüklə 61,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin