Reja: O‘yinlar nazariyasi va o‘zaro hamkorliklarni modellashtirish


Bozor iqtisodiyoti normalari tizimi



Yüklə 61,97 Kb.
səhifə5/6
tarix14.04.2023
ölçüsü61,97 Kb.
#98208
1   2   3   4   5   6
Reja O‘yinlar nazariyasi va o‘zaro hamkorliklarni modellashtiri

4.3. Bozor iqtisodiyoti normalari tizimi
Bozor iqtisodiyoti normalari – bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda muvozanatga erishish imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o‘zaro shartlangan normalari yig‘indisini tashkil etadi. Bozorlardagi barqaror muvozanat bozor normalaridan foydalanishning natijasi hisoblanadi Bozor normalari tizimi asosida yotuvchi birinchi norma – murakkab foyda ko‘rish normasi bo‘lib, u nafaqat individni foydalilikni oshirishga yo‘naltirish, balki uning olinadigan foyda bilan o‘zining samarali faoliyati o‘rtasidagi aloqani anglab yetishini nazarda tutadi. Ya’ni foyda (manfaat) ko‘rish individ tomonidan o‘z foydaliligining samarali faoliyat asosida oshirilishidir.
Murakkab foyda ko‘rish normasi individning ehtiyojlar darajasi va samarali faoliyati o‘rtasidagi nomuvofiqlikni istisno etadi. Ba’zan bunday nomuvofiqlik yuqori ishlab chiqarish salohiyati va yuqori mehnat samaradorligiga ega bo‘lmagan mamlakat aholisi o‘rtasida yuqori iste’mol standartlarining tarqalishida yuzaga keladigan «nomuvofiq kutishlar inqiloblari» asosida yotadi. Ushbu vaziyatda asosan ommaviy axborot vositalari orqali yuz beradigan yangi iste’mol standartini qabul qilish jamiyatda hukmronlik qiluvchi samarali faoliyat modeliga taalluqli bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, qulay sharoitlar mavjud bo‘lganida oddiy utilitarizm foydalilikni oshirishni rentani izlashga aylantirishni nazarda tutadi. Mukammal raqobat vaziyatidan har qanday chetga chiqish, almashish (tariflar, kvotalar) uchun cheklovlar o‘rnatilishi oddiy utilitarizm sa’y-harakatlarini rentani izlashga yoki, boshqacha aytganda, foydaga samarasiz yo‘naltirilishga aylantiradi. Individning rentani ko‘paytirishga intilishini normativ cheklash sifatida murakkab manfaat ko‘rish, ya’ni individ tomonidan boshqalar ziyoniga emas, balki faqat o‘z faoliyati hisobidan yutuqqa erishish mumkinligining tan olinishi muqobil variant hisoblanadi.
Agar foyda ko‘rish normasi individning maqsadli vazifasini belgilasa, ratsional maqsadli fe’l-atvor (xatti-harakat) normasi foydalilikni muayyan vazifalarning hal etilishi bilan bog‘lagan holda oshirishni muayyanlashtiradi. Ma’lumki, ratsional maqsadli fe’l-atvor individning ratsional va o‘ylangan maqsadiga erishish uchun tashqi olam narsalari va insonlarning ma’lum fe’l-atvoridan foydalanishini nazarda tutadi. Axborotning to‘liqsizligi va uni qayta ishlash bo‘yicha malakali qobiliyatlarning cheklanganligi sharoitida ratsional maqsadli fe’l-atvor nayrang qilishga aylanadi: agar individ katta hajmdagi axborotga ega bo‘lsa, u o‘zining hamkori bilan nayrang qiladi. Individ shu usul bilan atrofidagilarni o‘z maqsadiga – foydalilikni oshirishga erishish vositasiga aylantirishga urinadi.
Ayrim agentlarning foydalanilgan avtomobillar bozori va «ma’naviy xatar» bilan bog‘liq sug‘urta bozorida boshqalarni ziyonga uchratishi axborot asimmetriyasidan foydalanishga klassik misol bo‘ladi. Bunday ayyorlik, yaqqol yoki nozik shaklda aldash bilan shaxsiy manfaat ko‘zlanadigan xatti-harakatga opportunizm nomi berilgan. Ratsional maqsadli fe’l-atvorni opportunizmga aylantirishga qarshi kafolatlar barcha ishtirokchilar faoliyatining quyidagi yo tarkibiy yoki rasmiy-huquqiy jihatlari bilan tavsiflanadi:

  • mukammal malakali qobiliyat va almashuvda to‘liq axborotga ega bo‘lish;

  • shartnoma tuzishda maxsus taomillardan foydalanish.

Ikkinchi jihat optimal shartnoma nazariyasini maxsus o‘rganish ob’ekti hisoblanadi, shuning uchun bu yerda bozorning asosiy qonuniga ikkinchi unsuri sifatida to‘liq ratsionallik mezonlariga javob beruvchi ratsional maqsadli fe’l-atvorni ta’kidlash lozim.
XULOSA

Institutsional iqtisodiy nazariyaning predmetini individlarlarning o‘zaro hamkorligi hamda ushbu hamkorlikni ta’minlovchi tuzilmalar tashkil etadi.


Jon fon Neyman va Oskar Morgenshternning «O‘yinlar nazariyasi va iqtisodiy xatti-harakat» (1944) kitobidagi fikrlar institutsional iqtisodiyotda o‘yinlar nazariyasini tatbiq etish uchun asos bo‘lgan. 1994 yilga kelib, birinchi bor “nokooperativ o‘yinlar” nazariyasidagi muvozanat tahlili uchun bir varakayiga uch tadqiqotchi iqtisodiyot bo‘yicha Nobelь mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bular: Raynxad Selten (Germaniya), Jon Nesh (AQSh), Jon S.Xarsani (AQSh). O‘yinlar nazariyasidagi formal modelni tashkil etish uchun: ishtirokchi individlarning mavjudligi; har bir ishtirokchining imkoniyatlar to‘plami; ishtirokchilarning strategiyalari hisobga olinishi lozim.
O‘yinlar nazariyasi tarkibiy jihatdan kooperativ(koalitsiyali) va nokooperativ (koalitsiyasiz) nazariyalarga ajratiladi. O‘yin (G)ni tahlil etishda uch qism: o‘yinchilar soni (N); strategiyalar majmuasi (St); ishtirokchilarning yutuq (P)lari asos bo‘ladi.
Har bir hamkorlik uchun muvozanatlarning turli xillari mavjud bo‘lishi mumkin: ustun strategiyali muvozanat, Nesh bo‘yicha muvozanat, Shtakelьberg bo‘yicha muvozanat va Pareto bo‘yicha muvozanat.



Yüklə 61,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin