“Ijodiy o`yin” tushunchasi syujetli-roli o`yinlarni, sahnalashtirilgan o`yinlar, qurish konstruktsiyalash o`yinlarni o`z ichiga oladi. Ijodiy o`yinlarda bolalarning atrof-muhitdagi hayot haqidagi ta'surtlari u yoki bu hayotiy hodisalarni tushunish darajalari aks etadi. Ijodiy o`yinlarning mazmuni bolalarning o`zlari o`ylab topadilar. Bu guruh o`yinlarida bolalarning erkinligi, mustaqilligi o`z-o`zini uyushtirish va ijodiyligi namoyon bo`ladi. Rang-barang hayotiy ta'surotlar aynan takrorlanmaydi , ular bolalar tomonidan qayta ishlanadi, ularning biri ikkinchisi bilan almashinib turadi va xokazo. Har qanday ijodiy faoliyat uchun hos bo`lgan jonli xayolot o`yinchoqlar va hokazolarni tanlashda nomoyon bo`ladi.
Ijodiy o`yinlarning o`ziga xos sabablar bordir;Eng umumiy sabab-bolalarning kattalar bilan birgalikda xayot kechirishga intilishidir. Bu
Ijodiy o`yinlarning o`ziga xos sabablar bordir;Eng umumiy sabab-bolalarning kattalar bilan birgalikda xayot kechirishga intilishidir. Bu
intilish bir tomondan bolaning uni amalga oshirishga tayyor emasliklariga, ikkinchi tomondan ularning o`sib kelayotgan mustaqilligiga duch keladi. Vujudga keladigan ziddiyatlar esa ijodiy o`yin chog`ida xal etiladi: unda bola o`ziga katta kishi rolni qabul qilib, uning xayotini, faoliyati va munosabatlarini qayta aks ettiradi.
Syujetli-rolli
Maktabgacha tarbiya yoshdagio `yin bolaning asosiy o`yin turidir. Syujetli -rolli o`yin o`z ifodasiga ko`ra inson faoliyatidir. Bola o`yinini oziqlantiruvchi manba bu, borliq dunyo kattalar va tengdoshlarining hayoti hamda faoliyatidir. Syujetli rolli o`yin keng asosiy hususiyati unda hayolni vaziyatning mavjud bo`lishidir. Xayoliy vaziyatlar bolalar o`yin chog`ida qabul qiladigan syujet va rollardan tarkib topadi, ular buyum va narsalarning o`ziga xos qo`llanilishini o`z ichiga oladi. O`yin syujeti bir-biriga hayotiy aloqador bo`lgan qator voqealarning yig`indisidir. Syujetda o`yinning mazmuni ochiladi- voqealar ishtirokchilari bilan bog`liq bo`lgan xarakatlar va munosabatlar ifodalanadi.