Qoidali o`yinlar kattalar tomonidan yaratiladi bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarining murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo`ljallangan bo`ladi. Tayyor qoidali o`yinlarning katta guruhni xalq o`yinlari tashkil etadi, ularning ko`plari avloddan avlodga o`tib, bizga yetib kelgan.
O`yinning bola tarbiyasidagi ahamiyati o`tmish va hozirgi zamonning ko`plab pedagogic sistemalarida tadqiq etilgan. Ko`pchilik pedagoglar o`yinni bola uchun juda jiddiy va muhim faoliyat sifatida baholaydilar. Bola tarbiyasida o`yinning ikki yo`nalishi tarkib topgan:

Shunday qilib, o`yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan vazifalarni bajaradi boshqa tarbiya vositalari qatorida to`plangan ijtimoiy tajribani bir avloddan ikkinchi avlodga o`tkazilishini, bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. O`yinning ijtimoiy tabiatini shundan ham bilsa bo`ladiki, u faqat muayyan ijtimoiy sharoitda voqe bo`la oladi. Jamiyatning katta a'zolari bolalarning yashashi va o`sishi uchun zarur moddiy sharoit yaratish asnosida o`yinlarning rivojlanishi uchun ham ob'ektiv imkoniyatlar yaratadilar.