Reja: O’zbek dostonchilik tarixi xususida


Surxondaryo-Qashqadaryo dostonlari



Yüklə 9,75 Kb.
səhifə2/2
tarix21.12.2023
ölçüsü9,75 Kb.
#188446
1   2
O\'tkirova Ruxshona

Surxondaryo-Qashqadaryo dostonlari. Ushbu voha dostonchiligi juda qadimiy, ayni paytda hozirga qadar yaxshi saqlangan mahalliy udum va an’analariga ega. U o’ziga xos adabiy-nasriy, she’riy, shuningdek, musiqiy-ijodkorlik xislatlar bilan ta’riflanadi.
Doston voqealarining bosqichma-bosqich, salobatli bayon etilishi jarayonida so’zli va sof cholg’u kuylar katta o’rin tutadi. Shuningdek, uning ijrosi davomida muntazam ravishda aytiluvchi har-xil mazmundagi qo’shiqsimon namunalar “noma” deb yuritiladi. Nomalar dostonchi tomonidan do’mbira cholg’usi jo’rligida yo’g’on, bo’g’iq tabiatli, shu boisdan “ichki” deb ataluvchi ovozda ijro etiladi
2. Surxondaryo-Qashqadaryo dostonlari.
Har bir doston o’nlab turlicha holat va kayfiyatlarni ifodalovchi noma va kuylardan tuziladi. Ijrochi muayyan voqelik vaziyatidan kelib chiqib, o’z ijro bisotida bor musiqiy namunalarni tanlab, o’rinli ishlatadi.
Doston tarkibidagi aksariyat kuy va nomalar kichik hajmli, oddiy tuzilmali shaklu-shamoyillardan iboratdir. Ularda foydalanilgan musiqiy tovushlar ko’lami, vazn-usullari jihatdan biroz chegaralangandek tuyulishi mumkin. SHunday bo’lsa-da, doston ijrochisining badihago’ylik mahorati orqali bunday qadimiy musiqiy namunalarning rango-rangligi, ta’sirchan va ifodaviyligi ta’minlanadi.
3. Xorazm dostonlari.
Xorazm dostonlari. Xorazm og’zaki ijodiyotining janri bo’lmish dostonlarda o’tmish zamon to’g’risida, turli qahramonliklar haqida hikoya va rivoyatlar hamda xalqimiz boshidan kechirgan kurashlarning badiiy bayoni aytilgan.
Xorazm dostonchiligining ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Markaziy Osiyo xududida, ilk madaniyat o’chog’i bo’lmish bu diyorda dostonchilik an’analari miloddan avvalgi VI-V asrdayoq keng taraqqiy topganligiga oid ayrim ma’lumotlar mavjud.
3. Xorazm dostonlari.
Jumladan, Zardo’shtlarning muqaddas «Avesto» kitobidagi «Yashta» deb ataluvchi xudolar va qaxramonlar haqidagi doston va afsonalar, ularda Siyovushni-Siyovarshin, Jamshidni esa Yima nomlari bilan aks etishi, “Vandadida” nomli diniy marosimlar va qoidalarning musiqiy ohanglar jo’rligida ijro etilganligi «Qo’yqirildiqal’a» topilmalarida o’z aksini topgan. Gerodotning «Tarix» kitobida: «Araks» (Amu) bo’yida yashovchi xalqlar, daraxtning quruq meva shoxlarini tutatib, bu tutundan mast bo’lib o’yinga tushadilar va sho’x qo’shiq aytadilar» deb yozilgan. Bu manbalardan tashqari ko’hna doston namunalaridan bo’lmish «Rustami doston» ayniqsa Siyovush xaqidagi afsonani Xorazm bilan bog’lik tomonlari «SHoxnoma» da ham o’z aksini topgan.
Milodiy VII-VIII asrlarda islom dini kirib kelishi bilan Xorazmda musulmonchilik urf-odatlariga moslashgan dostonchilik hamda shu tarzda bizgacha yetib kelgan uslublar joriy etila boshlagan. SHariat asoslarini targ’ibot qiluvchi islom dini, xususan Kur’oni Karim negizida har xil qissalar doston va dostonsifat nomalar yaratilib keng tarqaldi. Masalan: «Me’rojnoma», «Bobo Ravshan», «Payg’ambarlar hikoyati», «Sultonboyning me’roji», “Juxud o’g’lon», «Yusuf va Zulayxo», «Kiyiknoma» kabilar musiqiy jihatdan boy dostonlar.
3. Xorazm dostonlari.
E’BORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Yüklə 9,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin