Reja: Oʻzbekiston — Rossiya



Yüklə 106,57 Kb.
səhifə13/17
tarix05.12.2023
ölçüsü106,57 Kb.
#174147
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Rossiya va Ozbekiston iq

Teatri


Teatr sanʼati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq oʻyinlari, bayramlar bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinchi bor 1048-yil yilnomalarda tilga olingan). 1648-yil ularning tomoshalarini cherkov taqiqlab qoʻydi (spektakllarda cherkov va hokimiyatni hajv qiluvchi koʻrinishlar boʻlgan). Skomoroxlarning anʼanalarini qoʻgʻirchoq teatri davom etgirdi.
16-asr 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. Rossiyada yevropacha shakldagi drama teatri 17-asr oxirida paydo boʻddi. 1703-yil qirol Petr I ning buyrugʻi bilan Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar koʻrsatildi. 18-asr boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva universiteti huzurida teatr tashkil etiddi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi boʻldi. 1776-yil Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr "asosida 1780-yil Petr teatri, 1776-yil Moskva Bolshoy teatri (Katta teatr), 1824-yil Maliy teatr (Kichik teatr) tashkil topdi. 1832-yil Peterburgda Aleksandr (hozirgi Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi.
1812-yil Vatan urushidan keyin rus sahnasida William Shakespeare, Friedrich Shiller, Denis Fonvizin, Vasiliy Kapnist, Ivan Krilov, Vladislav Ozerov asarlari koʻrsatildi. Koʻngilochar tarjima asarlarini Aleksandr Griboyedov, Nikolay Gogol, Aleksandr Pushkin, Aleksandr Ostrovskiy pyesalari siqib chiqardi. Glikeriya Fedotova, Aleksandr Yujin, Vladimir Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri koʻtardilar. 1898-yil Konstantin Stanislavskiy bilan Vladimir Nemirovich-Danchenko tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-asr boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Koʻpchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat boʻlgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz boʻldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻpgina teatrlar sharqqa koʻchirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sanʼatining rivoji notekis va ziddiyatli boʻldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi koʻpgina teatr jamoalari, ayrim sanʼat arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli taʼsir qildi.
50-yillar oxiri – 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo boʻddi. Fyodor Dostoyevskiy, Lev Tolstoy, Anton Chexov, Jan Molyer pyesalari bilan bir qatorda Boris Vasilyev, Fyodor Abramov, Vasiliy Shukshin, Vladimir Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan oʻzgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi. Yuriy Lyubimov, Georgiy Tovstonogov, Leonid Xeyfets, Ruben Simonov, Pavel Xomskiy, Yuriy Yeryomin kabi rejissorlar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zoʻr mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan – Yuliya Borisova, Kirill Lavrov, Innokentiy Smoktunovskiy, Mixail Ulyanov va boshqa teatr taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdilar. Rossiyada opera va balet sanʼati, shuningdek, qoʻgʻirchoq teatri, sirk sanʼati ham rivojlangan. Yuqorida sanab oʻtilgan teatrlardan tashqari Moskvada Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, Arkadiy Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada Sergey Obrazsov nomidagi qoʻgʻirchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va boshqa teatrlar mashxur. Teatr uchun kadrlar Rossiya teatr sanʼati akademiyasi, Boris Shchukin nomidagi, Mixail Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada sanʼati bilim yurti va boshqa oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.

Yüklə 106,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin