Reja: Oʻzbekiston — Rossiya


Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari



Yüklə 106,57 Kb.
səhifə15/17
tarix05.12.2023
ölçüsü106,57 Kb.
#174147
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Rossiya va Ozbekiston iq

Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari


Asosiy maqola: Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari
Oʻzbekiston – Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Masalan, 1464-yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490-yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.
16-asrning 2-yarmi, 17–18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi. 1917-yil oktabr toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston – Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.
20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004-yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003-yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998–2007-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga, Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. 2003-yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AQSH dollariga yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli Oʻzbekiston Respublikasi da 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Rossiya sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.
Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat Fanlar Akademiyasilari va ularning intlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001-yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. "Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003-yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997-yildan boshlab Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekistondagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan–Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.[4]
O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik 1992-yil imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risi-dagi shartnoma, 1998-yil imzolangan 1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkor- likni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi shartno- malar asosida rivojlanib bordi. • 2005-yilda Moskvada imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, 2012-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya» ikki davlat o‘zaro munosabatlarida alohida voqea bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va hamkorligining yanada rivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda O‘zbekiston Prezidenti • 2017-yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi.
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yusuf Abdullayev (1992—1994)

  • Shomansur Shohalilov (1994—1998)

  • Shoislom Shoqosimov (1998—2003)

  • Baxtiyor Islomov (2003—2008)

  • Ilhom Neʼmatov (2008—2010)

  • Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev (2010—2014)

  • Akmal Kamolov (2014—2015)

  • Bahrom Ashrafxonov (2016—2018)

  • Botir Asadov (2018 — h.v.)

Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Filipp Sidorskiy (1992—1997)

  • Aleksandr Patsev (1997—1999)

  • Dmitriy Ryurikov (1999—2003)

  • Farit Muxametshin (2003—2008)

  • Vladimir Tyurdenev (2009—2021)

  • Oleg Malginov (2021—yildan)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

    1. ↑ „Шавкат Мирзиёев Россия элчисини қабул қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 17 март.

    2. ↑ „Шавкат Мирзиёев Россия саноат ва савдо вазири бошчилигидаги делегацияни қабул қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 5-aprel 2021-yil.

    3. ↑ „Как растет число российских предприятий в Узбекистане — инфографика“ (ruscha). Sputnik. Qaraldi: 11-noyabr 2022-yil. [sayt ishlamaydi]

    4. ↑ „Россия лидирует по объему инвестиций в Узбекистане“ (ruscha). Sputnik. Qaraldi: 30-oktabr 2022-yil.

    5. ↑ „Как растет число российских предприятий в Узбекистане — инфографика“ (ruscha). Sputnik. Qaraldi: 11-noyabr 2022-yil. [sayt ishlamaydi]

    6. ↑ „Россиянинг элчиси. Рустам Миннихановнинг Ўзбекистонга ташрифидан мақсад нима?“. Batafsil.uz.

    7. ↑ „Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolandi“ (ruscha). Газета.uz. Qaraldi: 15-sentabr 2022-yil.

    8. ↑ „O‘zbekiston «Rosatom» bilan AES qurish xarajatlarini optimallashtirish masalasini muhokama qilmoqda — Sherzod Xodjayev“ (ru). Gazeta.uz. Qaraldi: 13-iyun 2022-yil.

    9. ↑ Огурцов М. И. Эволюция внешнеполитических стратегий России и США в Республике Узбекистан на рубеже XX—XXI вв. Диссертация на соискание учёной степени кандидата исторических наук. — М., 2015. — С. 145—146.

    10. ↑ >„Oʻzbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari strategik hamkorlik dasturini imzoladilar“ (ruscha). Газета.uz. Qaraldi: 28-aprel 2021-yil.

    11. ↑ >„Российско-узбекские отношения“ (ruscha). Посольство Российской Федерации в Республике Узбекистан.

    12. ↑ „O'zbekistonda " sinf!"yangi o'quv yilida Rossiyadan 153 mutaxassis ishlaydi“ (ruscha). UZ DAILY. Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.

    13. ↑ „Ўзбекистон-Россия таълим форуми доирасида 20 дан ортиқ Ўзбекистон ва Россия ОТМлари ўртасида келишувлар имзоланди“ (ruscha). «Batafsil.uz». Qaraldi: 28-oktabr 2022-yil.






Yüklə 106,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin