2.Tashqi iqtisodiy aloqalar. Iqtisodiy rivojlantirishning yuqori sur`atini ta`minlash sharoitida korxona tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi jahonning ko’zga ko’ringan yirik va obro’li xalqaro tashkilotlari, dunyoning o’nlab davlatlari bilan aloqalarni o’rnatgan bo’lib, ularning yirik bank va moliyaviy tashkilotlari bilan, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. O’zbekistonda xorijiy mamlakatlarning 43ta elchixonasi, 49ta nodavlat va shuningdek 15 ta davlatlararo tashkilotlari akkreditatsiya qilingan. Respublikamiz eng muhim xalqaro konvensiyalarning qatnashchisidir.
O’zbekiston turli davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar asosida intensiv rivojlanib boruvchi davlatlardan biridir.
Rivojlanish va taraqqiyot yo’liga o’tgan O’zbekiston nufuzli xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarning teng huquqli a’zosidir
Respublikamiz Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banklar guruhi, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi, Osiyo - Tinch okeani mintaqasining iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) kabi mashhur xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi. Respublikamiz Xalqaro atom energiyasini nazorat qilish bo’yicha tashkilotga, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lib kirishi uchun faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini erkinlashtirish sharoitida jahon hamjamiyatiga qo’shilish jarayonlarini rivojlantirish va yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlarida kuch-g’ayratni jamlash zaruriyati yuzaga keldi. Yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, va gumanitar tashkilotlar, ilg’or Yevropa mamlakatlari va AQSh, Osiyo -Tinch Okeani mintaqasi davlatlari, MDH mamlakatlari jumladan, Rossiya, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash ana shunday yo’nalish hisoblanadi. Prezidenti I. Karimov integratsiya haqida fikr bildirib,
“ O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida-integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: “bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz.
O`zbekistonning ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti modelida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash, respublikaning jahon xo`jalik aloqalariga birlashish yo`llarini belgilash, shuningdek, ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotining rivojlanishi va respublika integratsiyasi yo`nalishlarining jahon xo`jalik aloqalarida mustahkamlanishi asosiy o`rin egallaydi.
Ochiq turdagi iqtisodiyotning shakllanishi sharoitida rivojlangan tashqi iqtisodiy aloqalar tizimida bo`lgan har bir davlatning xalqaro mehnat taqsimotida o`z o`rniga, dunyo xo`jalik tizimida o`z «javoniga» ega bo`lishi muhimdir.tashqi savdo bo‘lib, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tashkil etish,boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvinioldi-sotdi va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish
mumkin.siyosiy, madaniy-ma’naviy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarid
olamshumul yutuqlarga erishildi. Prezidentimiz tomonidaishlab chiqilgan va asoslab berilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari amalda o‘z samarasini bera boshladi. Amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat kishilarining farovonligi
ularning hayoti gullab-yashnashi uchun qaratilganligi, odamlar islohotlar uchun emas, balki islohotlar — odamlar uchun xizmat qilishi zarurligi Yurtboshimiz tomonidan takror va takror ta’kidlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarning natijalariga ko‘ra barcha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘sib bormoqda.