Reja: O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi va uning tamoyillari



Yüklə 111,48 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü111,48 Kb.
#195574
14.O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI


Mavzu: O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI.
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi va uning tamoyillari.
2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi.
3. O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlkatlari bilan hamkorlik munosabatlari.
4. O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi.


O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi va uning tamoyillari. XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki er yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSh etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sosialistik tuzum emirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat boshladi. 169 Shular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy- siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda. O‘zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizasiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etmoq kerak. Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni o‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar etishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi. 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da o‘z tashqi siyosatining asosiy o‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitusiyamizning 17-moddasida bu o‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillarini mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov o‘zining asarlari, ma’ruzalari va nutqlarida nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. Uning tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: -milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren teng ligini hisobga olish; umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan holda nizoli mojorolarni tinch o‘l bilan hal etish; -tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga intilish; xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish; -tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida «Diplomatik munosabatlarni o‘rganish tartibi», «O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish» haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi. 170 O‘zbekiston Respublikisi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida O‘zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko‘rsatib turibdi. Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992-yil 2-martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib dunyo miqyosida tan olindi. 1993-yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib saylandi. 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48- sessiyasidagi ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu ma’ruzasida bir qator aniq takliflarni tashladi. Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo‘yicha maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e’lon qilish, bu mintaqada kimyoviy modda hamda bakteriologik qurolni ta’qiqlash bo‘yicha xalqaro nazorat o‘rnatish, Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish masalasi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov1995-yil BMTning ellik yilligi munosabati bilan o’tkazilgan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ham asosiy e’tiborni bu tashkilotning 171 faoliyatini yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. Prezidentimiz muayyan «olovli nuqtalar» deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib, tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va O‘zbekiston «ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikni ta’minlash bo‘yicha kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay to‘xtatish haqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori» ekanligini ham ko‘rsatib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan global muammoni ko‘tarib chiqqani ham muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik fojea, butun er yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘nlab million kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi global muammo» ekanligini ko‘rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab berdi. Bunday muammolar Prezidentimizning fundamental asari «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida batafsil nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi. Asarda dunyoda barqarorlik va jo‘g‘rofiy-siyosiy muvozanat saqlanib qolgan sharoitdagina har qanday mintaqada rivojlanish kuchli bo‘lishi asoslab o‘tildi. O‘zbekiston rahbarining yuksak minbardan turib kiritgan xalqaro miqyosda manfaatli bo‘lgan takliflari jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va shunga asoslanib 1995-yil 16-sentabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashi ish boshladi. Dunyoning ko‘p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston rahbarining so‘zlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi. I.A.Karimov bu uchrashuvning «Tinchlik, Barqarorlik, Hamkorlik» shiori ostida o‘tayotganini mamnuniyat bilan izhor qilib, bu uchrashuv mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘l bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatib berdi. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o‘ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois ham O‘zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko‘pgina davlatlar va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi yig‘ilishlarda O‘zbekiston prezidentining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklifi BMT boshchiligidagi «6+2» guruhining tuzilishiga asos bo‘lgan edi. (O‘zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va «Tolibon» harakati) Ushbu guruhning 1999-yil iyul oyida Toshkentda o‘tkazgan 172 uchrashuvi muhim xalqaro voqea bo‘ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o‘zida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19-iyul kuni «Afg‘onistondagi mojorolarni tinch o‘l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. 2001- yil 28- sentyabrda BMT Havfsizlik Kengashi doirasida terrorchilikga qarshi kurash qomitasining tashkiln etilisi xalqaro terrorizmga qarshi kurashda barcha davlatlarning birlashishiga olib keldi.Birinchi president Afgoniston mintaqa va xalqaro xavfsizligiga eng katta xavflardan biri ekanligini takidlab, uzoq yillardan buyon ushbu masala yuzasidan ilgari surilib kelayotgan 6+2 dasturini 6+3 ga aylantirish tasabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbusi I.Karimovning 2008-yil 3-4 aprel kunlari NATOning Buharestdagi sammitida ilgari surildi.Bularning barchasi dunyo hamjamiyati oldida O‘zbekistonning tinchlik yo‘lidagi real harakatlarining asosi sifatida yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. Bizga ma’lumki, O‘zbekiston tashqi siyosatinining asosiy yo‘nalishlaridan biri Markaziy osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik, barqarorlikni ta’minlashdir. Ayniqsa qo‘shni Afg‘oniston Respublikasida siyosiy barqarorlikka erishish uchun sa’y harakat olib borish, asosiy o‘rinda turadi. Biz xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston hukumati rahbarligida tinchlik muzokaralarini boshlash zaruratini qo‘llab-quvvatlashga da’vat etdik, dedi Prezidentimiz. Shu munosabat bilan 2018 yilning mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi zamonaviy Afg‘oniston tarixida xalqaro miqyosdagi eng qamrovli anjuman bo‘lganini ta’kidlash lozim, konferensiya yakuni bo‘yicha qabul qilingan, uning barcha qatnashchilarining yakdil pozitsiyasi ifoda etilgan «Toshkent deklaratsiyasi» Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha o‘ziga xos dastur bo‘ldi. Aynan ushbu konferensiyadan so‘ng Afg‘onistondagi barcha siyosiy kuchlar, jumladan, «Tolibon» harakati ishtirokida muzokaralar jarayonini boshlashga qaratilgan xalqaro harakatlar yanada faollashdi. O‘zbekiston Afg‘oniston rahbariyati va mamlakatning etakchi siyosiy kuchlari, jumladan «Tolibon» harakati vakillari bilan bir qator muhim muzokaralar o‘tkazdi. Ushbu siyosiy kuchlar afg‘on muammosini hal qilishda O‘zbekiston samarali vositachi bo‘la olishi mumkinligini e’tirof etdi. Ma’lumki, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishning muhim sharti – mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklashdan iborat. Bu borada mamlakatimiz Afg‘onistonda transport va logistika, energetika, savdo va ta’lim sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. O‘zbekiston tomonidan qurilayotgan Surxon – Puli Xumri elektr uzatish tarmog‘i, Termiz shahrida afg‘on fuqarolarini o‘qitish uchun ochilgan Ta’lim markazi, bojxona terminaliga ham ega bo‘lgan «Termiz-kargo» logistika markazi, Mozori sharif – Hirot va Mozori sharif – kobul – Peshavor temir yo‘l tarmog‘i loyihalari ishlab chiqilayotgani shundan dalolat beradi. O‘zbekiston afg‘on muammosini echish uchun bundan buyon ham har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Biz uchun eng muhim pirovard natija – Afg‘onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash va milliy yarashuvga erishishdan iborat. 173 2.O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi. O‘zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko‘rsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar o‘lga qo‘yildi. 1994-yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» Dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston xududida amerikaliklar bilan o‘tkazilgan desantchilarning «Ultrabalans-96» harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997-yil Norvegiyada o‘tkazilgan «Kooperativ bankers-97» mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturining a’zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. O‘zbekistonning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O‘zbekistonga tashriflari O‘zbekiston va mazkur tashkilot o‘rtasidagi tinchlik o‘lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko‘rsatdi. O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lib kirgan yillari EXHTning katta mansabdor xodimlari qo‘mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi masalasi ko‘tarildi. 1992-yil 26-fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. EXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni o‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda EXHTning «Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar», «Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida» mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Evropada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tinchlikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning 1996-yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi. Unda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan “xavfsizlikning, shu jumladan, Evropa xavfsizligining chegarasi o‘q. Shundan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining roli, ahamiyati, Qolaversa, mas’uliyati Evropa bilangina chegaralanib qolmasligi, undan 174 tashqaridan kelayotgan xavfni ham hisobga olishi kerak bo‘ladi” deb aytilgan so‘zlari alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xavfsizlik muammosiga doir o‘z qarashlarini bayon etish huquqiga ega bo‘ldi. Prezidentimiz yig‘ilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz zona deb yana bir bor e’lon qildi. O‘zbekiston rahbariyatining mojorolar kuchayib borayotgan erlarga qurol-yarog‘ etkazib berishni to‘xtatish haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi. 1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Evropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabix niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Bu o‘rinda O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo‘yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996- yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida EI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning «Fortezza de basso» qal’asida Evropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur bitim O‘zbekistonni Evropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish o‘lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlar bilan bo‘layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o‘rnatdi. Bular orasida, ayniqsa, yuzdan ortiq a’zoga ega. 1985-yilda tuzilgan Qo‘shilmaslik harakati tomonidan olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish, turli 175 harbiy-siyosiy bloklar faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi yo‘nalishlarga to‘la mos keladi. O‘zbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bo‘lib kirdi. O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. Shu bois O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integrasiyalashish yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib oldi. Shu bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar-Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT ning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YUNESKO tashkiloti bilan ham Respublikamiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari shu kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. 1994-yilga kelib esa O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va bu ham o‘zaro hamkorligimizning samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. 1996-yilga kelib Toshkentda YUNESKOning vakolatxonasi ochildi. Shu o‘tgan vaqtdan beri O‘zbekiston va YUNESKO tashkiloti o‘rtasidagi aloqalar yildan yilga kengayib bordi. 1996-yil O‘zbekiston Prezidenti YUNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu tashrif chog‘ida I.A.Karimov YUNESKO ijroiya kengashining 149- sessiyasida nutq so‘zladi. YUNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YUNESKO qarorgoxida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma’rifatning gullab-yashnashi» ko‘rgazmasini ochdi. O‘zbekiston bilan YUNESKOning o‘zaro hamkorligi kengayshi natijasida YUNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000- yilda 28-dekabrda esa Shahrisabz YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Shaxrisabz bu ro‘yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo‘ldi. Mustaqillik yillari respublikada o‘tkazilgan barcha tadbirlarda YUNESKO ishtirok etdi. Amir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubileylari hishonlandi.2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiysida Ozbekiston tashabbusi bilan muhim bir hujjat imzolandi, bu tarihga «Marifat va diniy bagrikenglik» rezalusiysi nomi bilan kirdi.Ozbekistonning bu taklifini BMT tashkilotiga a’zo bolgan 193 ta davlat keng qollab quvvatladi. Bu esa Ozbekistonning ca’yi – harakatlariga berilgan yuksak e’tirofdir. O‘zbekistonning BMT doirasidagi faoliyati davom etmoqda. 176 Mustaqil O‘zbekiston 2001-yilning iyun oyida «Shanxay beshligi» deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan sammitida bu tashkilotning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. 1998-yili tashkil etilgan «Shanxay beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Tojikiston Respublikalari a’zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan yuritilib bosh maqsad har tomonlama hamkorlik o‘rnatishdan iborat bo‘lib, ayni bir vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tashkilotning faoliyat markazida turadigan bo‘ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga ko‘chirildi. Tashkilotning aniq vazifalari tashqi ishlar, mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi. 2005-yilning 2-iyul kuni Qozog‘istonning Astana shahrida «Shanxay hamkorligi» tashkilotining o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tdi. Sammitda doimiy a’zo davlat rahbarlaridan tashqari Mo‘g‘uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qildi va ularning vakillari sammitda ishtirok etdi. Astana uchrashuvi qatnashchilari «Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi»ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish to‘g‘risida hujjatlarni imzoladi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirdi.Bugungi kunda Shanxay xamkorlik tashkiloti bir qator obroli va nufuzli xalqaro tashkilotlar orasida uzining munosib orniga ega. 2018-yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida ShHTning 18 sammiti bo‘lib o‘tdi. Sindaodagi sammitda davlatlar rahbarlari Xitoyning ShHTga raislik qilgan yil yakunlarini, kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar. Shuningdek, tashkilotning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Ushbu sammit ShHT faoliyatida yangi davrni boshlab berdi. Sindaodagi uchrashuv tashkilotga yangi a’zolar-Hindiston va Pokiston qo‘shilganidan keyingi ilk Sammit. ShHT dunyodagi eng katta hududni va sayyora aholisining deyarli yarmisini qamrab olgan, jahon YAIMning uchdan birini ishlab chiqaradigan eng yirik xalqaro tashkilotdir. ShHTga a’zo mamlakatlarning umumiy aholisi-3,2 mliard kishi, ShXTga kirgan davlatlarning umumiy maydoni 34 million km2dan ziyod. Jahon yalpi ichki mahsulotining ¼ qismi ShHT hissasiga to‘g‘ri keladi. Sindaodagi Sammitda 12 mamlakatdan davlat va hukumat boshiqlari , shuningdek 8 ta xalqaro tashkilot va muassasalar rahbarlari yig‘ildi. Sammitda ko‘p tomonlama aloqalarning barcha sohasini qamrab olgan 23 ta hujjat qabul qilindi. Sammitda ShXTga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi qabul qilindi. Qabul qilingan hujjatlar ichida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi, ShHTga a’zo mamlakatlarning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan narqotiklarga qarshi strategiyasi Narkotik vositalar va psixotron 177 moddalarni suiste’mol qilishning oldini olish bo‘yicha ShHT Konsepsiyasi o‘rin olgan. Shuningdek, ShHTga a’zo davlat etakchilarining Yoshlarga qo‘shma murojaati hamda Davlat rahbarlarining savdo tartib –tamoyillarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bayonoti qabul qilindi. Ana shu Sammitda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorii Vladimr Norovni ShHT Bosh Kotibi lavozimiga tasdiqladilar. 3. O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlkatlari bilan hamkorlik munosabatlari O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlari 1991-yil 8-dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federasiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13- dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 - dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini ja’mi 11 davlat MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqorolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va havfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi. O‘zbekiston ham davlatlararo bank va boshqa hamdo‘stlik iqtisodiy tuzilmalarining shakllanishida faol ishtirok etdi. «Mustaqil davlatlar hamdo‘stligini tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, degan edi I.A.Karimov, - tashqi siyosatimizning ustivor o‘nalishlaridan biridir». 1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni o‘lga qo‘yib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integrasiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi. 178 O‘zbekiston MDH davlatlari bilan hamkorlikda iqtisodiy mintaqalararo munosabatlarni mustahkamlashga kirishar ekan, ularning siyosiy mustaqilligiga daxl qilmaslik nuqtai nazaridan yondashdi. 1992-yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlarning o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993-yil MDH davlatlari bilan imzolangan «Iqtisodiy ittifoq» haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekiston 1996-yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o‘ziga xos tuzilmaga ham 1999-yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Evropa transport o‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi. So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ko‘pchiligida ichki va tashqi siyosatida yuz bergan keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida O‘zbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor qildi. Rossiya Federasiyasi bilan mustaqillik yillarida bo‘layotgan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o‘tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi 1992-yil o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Rossiya Federasiyasi bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq E.Primakov 1998-yil Rossiya Federasiyasi prezidenti B.Elsin, 1999-yil dekabr va 2000-yil may oyida prezident V.V.Putinning O‘zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O‘zbekistonning o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishda, diniy eksteremizm va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o‘rin tutdi. 2003-yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning «Gazirom» va «Lukoyl» kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv ishlayotgan korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002-yili bir milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003-yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi. 2004-yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana ham mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami etti marta uchrashdi. O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining rayisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni yurtimiz birinchi raxbari I.A.Karimov va V.Putin uchrashuvi natijasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha 179 alohida bitimlar imzolandi. Yoqilg‘i-energetika sohasida neft va gaz qidiruv ishlarini bir milliard dollarga, «Gazprom» va Uzneftgaz birlashmasi o‘rtasida mavjud yoqilg‘i korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 million dollar hajmda bajarishga kelishildi. O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonalari ishlayapti. V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz» degan edi. O‘zbekistonda bir milliarddan ortiq rus millatiga mansub fuqarolar yashaydi. O‘zbekistonda rus tilida 159 ta maktab, rus-o‘zbek tillarida ishlaydigan 603 ta maktab mavjud. O‘zbekiston aholisining 84,9 foizi rus tilida erkin gaplashadi. Rus tilida 85 gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004- yillari 500 mingdan ortiq darsliklarni Rossiya hukumati yubordi. Har yili Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek yoshlari uchun tekin, barcha sharoitlarga ega o‘quv o‘rinlari ajratildi. 2018-yilda jahonning etakchi davlatlari bilan ham o‘zaro manfaatli aloqalar sezilarli darajada jadallashdi. Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashriflari va xorijiy davlatlar rahbarlari bilan muzokaralari natijasida Rossiya, Belarusiya, AQSh, Xitoy, Fransiya va boshqa evropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Misr, hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yaqin sharq davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi. 2018-yil 20-oktyabrda davlat tashrifi bilan Rossiya Prezidenti V.Putin O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Uchrashuvda hamkorlikning hozirgi holati va uni har tomonlama rivojlantirish, turli sohalarda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, mamlakatimizning dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarga doir yondashuvlari mos yoki yaqin ekani ta’kidlandi. Tomonlar BMT, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro tuzulmalar doirasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladilar. Muzokarada tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini, diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish transport va energetika sohalarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari tashrif doirasida umumiy qiymati 25 milliard dollar bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hujjatlar imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bugungi kunda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo‘naltirgan investitsiyalari hajmi 8,5 milliard dollardan oshadi. Tashrif doirasida Prezidentimiz tashabbusi bilan ilk bor o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi bu borada katta ahamiyat kasb etdi. Uning yakunida qiymati 2 milliard dollarda ziyod loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi. Mamlakatimiz o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar kengayib bormoqda. Joriy yilda ilk bor O‘zbekiston – Rossiya media-forumi o‘tkazildi, Rossiyaning etakchi oliy ta’lim muassasalarining 80 nafar rahbari ishtirokida Ta’lim forumi 180 bo‘lib o‘tdi. «Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar» mavzuidagi mazkur forumda ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlik, jumladan mamlakatimizda Rossiyaning etakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarining ochish to‘g‘risida 100 dan ortiq kelishuv imzolandi. 2019 - yilidan Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali ish boshladi. Mamlakatimizda Moskva davlat universiteti , Rossiya iqtisodiyot universiteti, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallari samarali faoliyat olib borayapti. Tashrif doirasida imzolangan 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, «Suffa» xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha «yo‘l xaritasi», O‘zbekistonda Rossiyaning etakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to‘g‘risidagi bitim, To‘qimachilik sanoatida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zaro almashildi. Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yo‘lga qo‘yildi. 1994-Ukraina prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O‘zbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining o‘rtasidagi o‘zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan taxnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish bilan aloqador bo‘lgan masalalar asosiy o‘rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy aloqalar ham yo‘lga qo‘yildi. Leonid Kuchma o‘zining O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston baynalminal madaniy markazida ham bo‘ldi. O‘z navbatida davlatimiz raxbari I.A.Karimov ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayirboshlash hajmi 300 million AQSh dollaridan oshdi. O‘zbekiston Ukrainaga rangli Metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni etkazib bergan bo‘lsa, Ukrainadan O‘zbekistonga texnika asbob-uskunalari keltirildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 20 dan ortiq o‘zbek-ukraina qo‘shma korxonalari ishlab turibdi. 2001-yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o‘z ishini boshladi. Sammitda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o‘n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir bayonotga imzo chekdilar. O‘zaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o‘z navbatida hamkorlik, davlat chegarasini himoya qilish, MDH doirasidagi davlatlarning fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlaridan o‘zaro keng foydalanish, iqtisodiy aloqalarni keng qamrovli olib borish, ekologik muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. MDH davlatlaridan Belarusiy bilan hamkorlik yahshi yolga qoyilgan.Belarus Prezedenti 2018-yil 12-14 sentybr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida 19 ta kejishuv va umumiy qiymati 263 million dollarlik 56 na savdo shartnomasi imzolandi. 181 1993-yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga asos solindi. Hamdo‘stlikka a’zo bo‘lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o‘z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish, ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratildi. Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘ziga ruxan, urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatish suveren O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi muhim o‘nalishlardan biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular orasida qadimiy do‘stlik va birodarlikni mustahkamlash, o‘zaro iqtisodiy muammolarni echish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini, uyg‘otib kelmoqda. 1994-yil 10-yanvarda Qozog‘iston Birinchi Prezdenti N.Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga amaliy poydevorni qo‘ydi. Unda ikkala mamlakat rahbarlari «Yagona iqtisodiy hudud» barpo etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu shartnomada O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish ko‘zda tutildi. Fan, maorif, sog‘liqni saqlash o‘lida imzolangan hujjatlar bo‘lsa, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil bo‘lib qoldi. Bu shartnomaga Qirg‘iziston keyinchalik Tojikistonning ham kirishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integrasiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi uchrashuvining yangi nuqtasi 1994 yil Almati shahrida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Davlatlararo Kengash hamda uning doimiy ijroiya tashkiloti, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi kengashini ta’sis etdilar. Kelishuvda qatnashgan mamlakat vakillarining davlatlararo ijroya qo‘mitasi Almati shahrida joylashdi. 1995-yil 15-dekabr Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari davlatlararo Kengashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda Prezidentlar 2000 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integrasiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarni hayotga joriy etish, kommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokoma etdilar. Integrasiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi. Iqtisodiy sohadagi uzviy hamkorlikning davomi Markaziy Osiyo respublikalari prezidentlarining 1999-yil aprel oyida Cho‘lpon Ota shaharidagi uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov barchaning diqqat e’tiborida turgan Afg‘oniston hisoblanmish xalqaro terrorizm o‘chog‘ining xavfi masalasi keskinligini qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti yig‘ilish qatnashchilari hamda BMTni butun xalqaro hamjamiyatga 182 tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. Uchrashuvda Tojikiston respublikasi rahbariyati va jamoatchiligi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tojik xalqining og‘ir kunlarda yordam beruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi haqiqiy birodari va do‘sti sifatida qabul qildi. Prezident I.Rahmonov I.A.Karimovni tojik xalqining «boshidagi toji, ko‘zidagi nuri» dedi. Kengashda mintaqaning suv resurslaridan samarali foydalanish, Sarazm ko‘lining toshish xavfining oldini olishda Tojikistonga yordam berishga e’tibor qaratildi. Bu hamdo‘stlik davlatchiligini qaror toptirish prezidentimiz ta’biri bilan aytganda «bozor munosabatlariga o‘tishning murakkab davrida mintaqadagi mamlakatlarning kuch-g‘ayratlari va sa’y-harakatlarini jipslashtirishga qaratilgandir». Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yib borar ekan, bu mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi asosiy xavf Afg‘oniston mojarosi ekanligini doimo diqqat markazida saqlab turdi. Bularga siyosiy jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm, xalqaro terrorizm, korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog‘ savdosi kabi muammolarni kiritish mumkin. «Boshqacha aytganda,- deydi Prezidentimiz,- yuqorida sanab o‘tilgan tahdidlar, garchi turli mintaqalarda turlicha kuch bilan namoyon bo‘lsa-da, insoniyatda bir xil tashvish, tug‘dirmog‘i darkor». Markaziy Osiyo respublikalarining diqqat markazida turgan xalqaro terrorizmga qarshi jipslashish masalasi mintaqadagi respublikalar rahbarlarining 2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda Birinchi Prezidentning Do‘rmon qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yana yuzaga chiqdi. I.A.Karimovning xalqaro terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazi tuzish haqidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar. To‘rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish haqida hujjatni imzoladilar. Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat Qozog‘iston va O‘zbekiston respublikasi prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida erkin harakatlanish to‘g‘risida, yo‘lovchi va yuk tashish transportlarini kengaytirish to‘g‘risida kelishib olindi. Ushbu mamlakatlarni birlashtirib turgan muhim muammolar qatorida Orol dengizi masalasi katta o‘rin tutadi. Shu bois bu masalani to‘laqonli hal etish mintaqadagi davlatlarning global muammolari qatoriga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov so‘zi bilan aytganda «Orol bo‘yining barcha ne’matlarini «yagona sovet xalqi» bilan baham ko‘rilgan» bo‘lsa, «uning achiq mevasi Orol bo‘yi fojiasidan qutulish Markaziy Osiyo xalqlarining ishi bo‘lib qoldi». Sobiq ittifoq parchalanib ketgandan beri bu muammoni hal etish Markaziy Osiyo respublikalarining o‘zaro aloqalarida o‘z aksini topib bormoqda. Orol dengizi muammosi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Qizil O‘rda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvlarda asosan Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan chora-tadbirlarni ko‘rish belgilab olindi. O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi har tomonlama hamkorliklar qatorida Orol masalasi ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Respublika rahbariyatining Orol bo‘yi masalasini hal etishda nafaqat Markaziy Osiyo, balki 183 Osiyodagi bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikni o‘lga qo‘ydi. Jumladan, 2001 yil Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Tadao Chino O‘zbekistonga tashrif buyurib, Orol bo‘yida yuz bergan holat bilan tanishib chiqdi. Ushbu tashrif natijasida Tadao Chno O‘zbekiston hukumatining Orol bo‘yidagi suv taqchilligini tugatishga qaratilgan sa’yi-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. U Yaponiyaning maxsus jamg‘armasidan beg‘araz grant ajratishni jadallashtirishini ta’kidlab o‘tdi. Keyingi yillarda Yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari uchun dini, urf-odatlari va an’analari yaqin bo‘lgan Sharq mamlakatlari bilan o‘zaro aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirdi. Bu o‘rinda birinchi navbatda Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni aytib o‘tish o‘rinlidir. Shuningdek, O‘zbekiston 1992-yil 6-fevralda Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi va 1992-yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston davlat va hukumat rahbarlari bilan imzolangan «Trans-Osiyo» temir yo‘l aloqasini tiklash maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad yo‘li qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston uchun dengiz yo‘llariga, xalqaro transport tarmog‘iga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar madaniy va diniy tomondan ham uzviy bog‘liq bo‘ldi. Bu yo‘ldagi harakatlar natijasida savdo sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o‘qitish imkoniyatlariga yo‘l ochdi. 2002-yil 28-fevral 1-mart kunlarida Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekildi va mazkur tashkilotning raisi etib O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov saylandi. Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining tuzilishi ularning boshqa davlatlardan uzoqlashishini ko‘rsatmaydi, balki murakkab o‘tish davrida mintaqa mamlakatlarining o‘zaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgandir. Respublikaning geosiyosiy va geostrategik ahvoli, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti va boshqa omillardan qat’iy nazar davlatning tashqi siyosatidagi ustuvor prinsipi davlatlarning suveren teng huquqlilik prinsipi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy tashabbuslari jahon hamjamiyati oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni hal etishga qaratilgandir. Umuman, O‘zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida bir necha yillarga arziydigan ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqeyi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Sovet davlati parchalanib ketgandan so‘ng Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga xalqaro terroristlar va diniy ektremistlar qo‘poruvchilik harakatlari bilan tazyiq o‘tkazishga harakat qildilar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, xalqaro tashkilotlarning majlislarida Tojikistondagi fuqarolar urushi, Afg‘onistondagi tolibonlar va diniy 184 ekstremistlarning butun jahon xalqlari uchun xavfli ekanini qayta-qayta ta’kidlab aytgan edi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1997-yili o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida «hududiy mojarolar diniy ekstremistlar O‘zbekiston mustaqilligiga xavfli tahdiddir» degan edi. Haqiqatan ham, «Afg‘onistonda o‘rnashib ko‘p mamlakatlar tomonidan madad olib turgan diniy ekstremistlar 1999-yil 16-fevralda, 1999-2000-yillari davlat chegaralarini buzishlar, 2003-2004-yillarda Toshkent va Buxoroda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari I.A.Karimov fikrlarini tasdiqladi. 2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkdagi qo‘poruvchilik harakatlari yirik davlatlar rahbarlarining ko‘zini ochdi va O‘zbekiston rahbarining qanchalik haq ekanligini ko‘rsatdi. 2001-yili oxirida Islom Karimovga AQShda xalqaro etakchi (lider) unvonini berdi. Terrorizm butun dunyoni qamramoqda, uning uchun diniy, milliy ajratuvchilik, davlat chegaralari ham yo‘q. 1995-2003-yillarda faqat MDH davlatlari hududida 4.500 uyushgan jinoyatchilar guruhi tor-mor qilindi, 300 ming o‘qotar qurollar, 400 tonna portlovchi moddalar yo‘q qilindi. Xalqaro terroristlar va diniy ekstremistlar o‘zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish, ya’ni O‘zbekistonda konstitutsion tuzumni ag‘darish, Farg‘ona vodiysida xalifalikni o‘rnatish uchun 2005-yil 13-mayga o‘tar kechasi Andijon shahrida amalga oshirishga urindi. Bu kimsalarning buzg‘unchilik harakatlarini Andijon xalqi qo‘llamadi. Shuning uchun ham Afg‘oniston, Qirg‘izston va boshqa davlatlardan moliyaviy, texnikaviy yordam olib, shundan beri tayyorlangan bir guruh diniy ekstremist, qo‘poruvchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning shaxsiy rahbarligida Respublika qurolli kuchlari tomonidan bostirildi, ularning yovuz niyatlari puchga chiqdi. Dunyoning ko‘plab davlat rahbarlari, tinchliksevar xalqlari I.Karimov harakatini, o‘zbek xalqining ko‘rsatgan jasoratini qo‘llab-quvvatlashdi, chunki O‘zbekistonda dunyoviy, demokratik tinchliksevar tuzumning saqlab qolinishi Markaziy Osiyoda, balki MDHning boshqa mamlakatlarida ham terroristik, ekstremistik harakatlar oldi olindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli isloxotlar negizida xavfsizlik,millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglik davlatimiz siyosatining ustivor yo’nalshi xisoblanadi. 2017-yil 19-may kuni O‘zbekiston Republikasi Prezedentining farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzurida «Millatlatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi» tashkil etildi. Bu tashkilotni tuzishdan maqsad mamlakatimizda barcha millatlar hamjixatligini ta’minlash va bagrikengligini amalga oshirishga qaratilgan davlat siyosatini davom ettirishdir.Prezedentimiz tashabbusi bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston respublikasini ribojlantirishning beshta ustivor yonalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Strategiyada beshinchi yo’nalish sifatida «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash xamda chuqur o‘ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat soxasidagi ustivor yo’nalishlar» belgilandi. 185 O‘zbekiston Prezedentligiga yangi rahbarning kelishi mamlakatning faol tashqi siyosat borasidagi imkoniyatlarni kengaytirdi. Hususan Markaziy Osiyodagi davlatlar birlashdi. Qo‘shni davlatlar bilan barcha sohalarda hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan Turkmaniston Qirg‘iziston Tojikiston Qozog‘iston kabi davlatlar bilan uzoq yillar mobaynida yopilgan chegaralar ochildi. Bir biri bilan dini urf odatlari madaniyti yqin bolgan xalq bu imkoniyatdan cheksiz hursand bo‘ldi, ularga chegaradan bemalol otashi uchun imkoniyat yaratildi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash iqtisodiyotning turli tarmoqlarida integratsiyalashuvni chuqurlashtirish va madaniy gumanitar aloqalarni izchil rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda. Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik yaxshi qo‘shnichilik birbirini qo‘llab-qo‘vvatlash va hamkorlik salnomasida yangi sahifa ochildi. 2017 yil martida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘grisida Qo‘shma deklaratsiya imzolandi. 2017-yil O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard AQSh dollariga etkazildi. O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida 260 ta korxona barpo etilishida Qozog‘iston tomonidan sarmoya kiritildi. 2017 - yil Kustanayda MDH mamlakati bozorlarida katta talabga ega bo‘lgan «Ravon» brendi ostida engil avtomobillarni ishlab chiqarish boshlandi. Shuningdek, 2018 yil 23-fevraldagi shartnomaga asosan Qozog‘istonning «Almor» kompaniyasi tomonidan «GM Uzbekistan» avtomobillarini terish ham yo‘lga qo‘yildi. Bu ikkala hamkor davlatlarning madaniy gumanitar yo‘nalishiga ham alohida o‘rin qaratilgan. O‘zbekistonda qozoq milliy madaniy markazi, qozoq teatri, folklor va estrada ansambllari faoliyat yuritmoqda. Yozuvchilar uyushmasi tarkibida qozoq adabiyoti Kengashi tashkil etilgan. «Nurli yo‘l» nomli gazeta chop etilmoqda. O‘zbekistonning 386 ta maktabida boshqa tillar bilan qozoq tili o‘tiladi. 164 ta maktab qozoq tiliga ixtisoslashgan maktabdir. Nukus davlat universitetida boshqa respublikamizdagi OTMda «Qozoq tili va adabiyoti» kafedrasi faoliyat olib bormoqda. Markaziy Osiyodagi yana bir davlat Qirg‘iziston Respublikasi hisoblanadi. 2017- yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari rivojida tarixiy davr bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sherikchilik munosabatlari mustahkamlandi. Qirg‘iziston Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 2017- yil 13- dekabrdagi tashrifi doirasida ikki mamlakat hukumatlari vakillari moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim hamda 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan savdo iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik to‘g‘risidagi dasturni imzoladilar. Shuningdek, jahon bozoriga chiqish imkoniyatini beradigan transport va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish sohasida o‘zaro hamkorlik qilishga ham kelishib olindi. 2017-yil- 30-oktyabr-3 noyabr kunlari Toshkent-Andijon-O‘shIrkishtom, Qashg‘ar yo‘nalishi bo‘yicha birinchi xalqaro avtokarvon yo‘lga tushdi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida suv –energetika sohasida ham hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor berildi. Qo‘shma suv xo‘jaligi komissiyasini tuzishga kirishildi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari 186 uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning «Damaker» ordeni bilan mukofotlandi. Gumanitar hamkorlik doirasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi. Qirg‘iziston teatr nomoyondalari Farg‘ona vodiysida o‘zbekistonlik san’at ustalari O‘sh, O‘zgan Aravon, Novqat, Qorasuv, Jalolobod shaharlarida ijodiy safarlarda bo‘ldilar. Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi. 2018-yilda xalqlarimiz atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatovning yubileyini keng nishonladi. Keyingi paytda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash jadal rivojlandi. 2017-yilning yanvar-noyabr oylarida o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari 56% dan ziyodga o‘sib 235 mln.dollarga etdi. So‘nggi paytlarda ikki mamlakat muzey muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Jumladan, 2021-yil 2-mart kuni qadimiy Xiva shahridagi «Ichanqal’a» ochiq osmon ostidagi muzey-qo‘riqxonasida O‘sh shahridagi «Sulaymon-too» muzey majmuasining ko‘rgazmasi ochildi va Hamkorlik memorandumi imzolandi.Pandimiya sharoitida xam bu ikki mamlakat o‘rtasida yuqori darajadagi hamkorlik davom etdi. Prezident Shavkat Mirzieyoyev tashabbusi bilan birodar O‘zbekiston tomonidan Qirg‘izistonning COVID-19ga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab quvvatlash uchun Bishkek shahri va Btaken viloyatining Qadamjoy tumanida modulli shifoxonalar qurildi. O‘zbekiston bilan Tojikiston sherikchilik munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlash borasida yangi qadamni qo‘ydilar. O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida 2000 yilda imzolangan. Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomada ikki tomonlama munosabatlar tamal toshi qo‘yilgan edi. Yurtimizda tojik millatiga mansub 1,5 mln. fuqaro istiqomat qiladi. Mamlakatimizning 10 hududida tojik-milliy madaniy markazlari faoliyat olib bormoqda. 245 umumta’lim maktabida ta’lim tojik tilida olib boriladi. Tojik tilida chop etiladigan 4 ta davriy bosma nashr mavjud, o‘nlab teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilmoqda. O‘zbekistonning Samarqand, Termiz, Farg‘ona davlat universitetlarida boshqa tillar bilan birgalikda tojik tilida ham mashg‘ulotlar olib boriladi.So‘nggi vaqtlarda o‘zaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida ulkan o‘zgarishlar kuzatildi. Bunga misol o‘tgan yil mamlakatimiz poytaxtlari o‘rtasidagi ahdlashuvlar, temir yo‘l qatnovi tiklandi. Samarqand-Panjikent oralig‘ida A-377 xalqaro avtomobil yo‘li ochildi. 2018 yili 1 mart kuni O‘zbekiston-Tojikiston chegarasi orqali 9 ta o‘tish punkti tantanali ravishda ochildi. Bu esa ikki yurt ahliga hech qiyinchiliklarsiz Jartepa-Sarazm, Qo‘shkent-O‘ratepa, Uchqo‘rg‘on-Havotog‘, Havastobod-Zafarobod, BekobodHashtyak, Pop-Navbunyod, Rovot-Ravat, Gulbohor - Ayvaj avtomobil o‘tkazish punktlari va Amuzang Xoshadi temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali o‘zaro bordikeldi qilish imkoniyatini beradi. 2018-yil 7- mart kuni Samarqand shahri Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida o‘zbek va tojik xalqlarining buyuk mutafakkirlari Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyga haykali o‘rnatildi. Bu do‘stlik munosabatiga javoban Dushanbe shahrida ham bu ikkala mutafakkirga haykal o‘rnatilganligi xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir. 187 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 9-10 mart kunlari Tojikistonga davlat tashrifi tarixiy voqea bo‘ldi. Bu davlat tashrifi O‘zbekistonTojikiston nafaqat hamkorligini rivojlantirish balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Davlat rahbarlarining uchrashuvida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati, uni yanada rivojlantirish istiqbollari diqqat markazida bo‘ldi. Davlat rahbarlari terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, transmilliy jinoyatlar xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa xavf-xatarlarga birgalikda kurashish masalalarini ham o‘zaro o‘rtoqlashishdi. Mamlakatimiz hududlaridan Surxondaryo viloyati bilan Tojikistonning Xatlon viloyati va Samarqand viloyati bilan So‘g‘d viloyati o‘rtasida savdo – iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy gumanitar hamkorlik qilishlarida keng imkoniyatlar yaratib berildi. O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida kechayotgan o‘zgarishlar barchada katta qiziqish uyg’otdi. O‘zbekiston-Tojikiston davlatlari munosabatlarida yangi burilish, «o‘zbek diplomatiyasi» ning yana bir yutug‘i, muvafaqqiyati deb baholandi. Emomali Rahmonning «So‘nggi 17 yilda ilk bor» deb nomlangan maqolasida O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlari tarixida katta o‘zgarishlar bo‘lganligini ta’kidlaydi. 2017-yil aprel oyidan ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida havo qatnovi tiklandi, 2018-yil martidan Janubiy viloyatlarni bog‘laydigan temir yo‘l ishga tushdi. Mart oyi oxiridan esa ikki davlat fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz sayohat qilish imkoni yaratildi. Ikki davlat O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmonlari doirasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish savdo bitimlari va shartnomalarni tuzishga asos bo‘lgan hamkorlikka yangi sur’at baxsh etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik natijasida 2017 yil o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 240 mln. dollarni tashkil etdi. Bu oxirgi 20 yildagi eng yuqori ko‘rsatgich deb baholandi. Bunda transport vositalari va xizmatlari to‘qimachilik va plastmassa mahsulotlari maishiy texnika vositalari asosiy o‘rinni egalladi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududida Tojikiston kapitali ishtirokida 39 ta korxona, Tojikiston hududida esa o‘zbekistonlik sarmoyadorlar ishtirokida 8 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida o‘zaro hamkorlikni siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport – kommunikatsiya, energetika va boshqa etakchi sohalarda rivojlantirishga doir 27 ta hujjat imzolandi. 2018-yil 17-avgust kunlari Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga ilk davlat tashrifi xalqlarimiz hayotida juda katta quvonchli voqea bo‘ldi. Tojikiston davlat rahbarining ochiq o‘zaro ishonch va do‘stona munosabati ikkala davlat O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini rivojlantirish Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda xizmat qiladigan qadam bo‘ldi. 188 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi щartnomani imzolanishi xalqlarimiz hayotida o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlarimizni yangi davri boshlanganligidan dalolat beradi. Ishbilarmon doiralar o‘rtasida muloqotni tashkil etish maqsadida ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida «Tojikiston - O‘zbekiston ishbilarmonlari Kengashi» tuzildi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini 500 mln. dollarga etkazish masalasi Kengash yig‘ilishida ko‘rib o‘tildi. Dushanbe shahrida tashkil qilingan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ko‘rgazmasi va O‘zbekiston-Tojikiston qushma biznes forumiga yuqori baho berildi. Dushanbe va Toshkentda qo‘shma biznes forumlar o‘tkazish an’anaga aylandi. Tojikiston Respulikasi Prezidenti Emomali Rahmon tashrifi chog‘ida poytaxtimizda o‘tkazilgan qo‘shma biznes forumda qiymati 103 mln. dollarlik eksport shartnomalari imzolandi. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzulmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Qo‘shni Afg‘oniston davlatida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda tomonlar qarashlari, samarali hamkorliklari mushtarakligi sezilmoqda. Energetika sohasida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 2018 - yil aprel oyidan Tojikistonga tabiiy gaz etkazib berilmoqda. O‘z navbatida Tojikistondan elektr energiyasi sotib olish hajmi ko‘payib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ijobiy tarzda rivojlantirilmoqda. So‘nggi bir yil ichida bu ikki mamlakat viloyatlari o‘rtasida 9 marotaba biznes forum va ko‘rgazmalar ko‘rinishidagi delegatsiya tashriflari yo‘lga qo‘yildi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish butun dunyoning asosiy muammolaridan biridir. Markaziy Osiyo davlatlarida ham bu yo‘nalishga jiddiy e’tibor berishadi. Ikki davlat rahbarlarining ochiq muloqotlari natijasida Zarafshon daryosining Tojikiston hududidagi qismida O‘zbekiston va Tojikiston kompaniyalari ishtirokida 320 Megavatlik ikkita GES qurishga kelishib olindi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, antimonopol siyosat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, geologiya sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy-texnikaviy qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, ta’lim, yoshlar, madaniyat va san’at masalalariga doir qator hujjatlar imzolandi. Ikkala davlat prezidentlari uchrashuvi ochiqlik, o‘zaro ishonch va do‘stona ruhda o‘tgani, imzolangan hujjatlar ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, yagona din, urf-odat va an’analarga ega bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlab, ular manfaatlariga xizmat qilishiga aminmiz. Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi tashrifi doirasida bu ikkala davlat Fanlar Akademiyalari, oliy ta’lim muassasalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada faollashtirish, mamlakatimiz madaniy gumanitar hamkorligi istiqbollarini kuchaytirish masalalariga ham keng e’tibor berildi. 189 Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning davlat tashrifiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida o‘tkazilgan tadbirda – O‘zbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shohi, bir daryoning ikki irmog‘iga o‘xshaydi. Bizning muqaddas dinimiz, erimiz va suvimiz bir. Quvonchutashvishlarimiz, taqdirimiz mushtarak. Ajdodlarimizning ezgu-an’analarini davom ettirib, xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlashimiz va asrab-avaylashimiz kerak,- dedi Shavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi. Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi (23–24 aprel) chog‘ida 2017 - yilda imzolangan Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi hamda evropa, Yaqin sharq va osiyo davlatlariga yuk tashish hajmini ko‘paytirish uchun ikki mamlakatning tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanishga kelishib olindi. Umuman olganda, bugungi kunda Markaziy osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlaridan o‘tish va chegara oldi hududlarda savdoni rivojlantirish kabi juda murakkab masalalarga echim topish uchun mutlaqo yangi, konstruktiv siyosiy muhit va qulay sharoitlar yaratildi, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan davlat chegarasida 64 ta o‘tish punkti faoliyat ko‘rsatmoqda. Chegara bilan bog‘liq muammolarning hal qilinishi natijasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalari sezilarli darajada faollashdi. Ular bilan savdo aylanmasining o‘sishi 9 oy davomida o‘rtacha 50 foizdan ko‘proqni tashkil qildi, deya xabar beradi TIV. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonning yangilangan tashqi siyosati natijasida: -Markaziy Osiyo bilan muloqotimiz jadallashdi,munosabatlarimiz sifat nuqtai nazaridan yangi pog‘onaga ko‘tarildi,yangi siyosiy muxit yaratildi; -o‘zaro ishonch va xurmat sezilarli kuchaydi; -iqtisodiy aloqalar misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi; -mamlakatlar xamkorligi yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etildi; -mintaqa sokinlik,barqaror rivojlanish va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylandi O‘zbekistonning jaxondagi ko‘zga ko‘ringan davlatlardan Xitoy Xalq Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik tamoyiliga asoslandi. Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib, 1991-yil 27- dekabrda tan oldi va 1992-yili 2-yanvarda diplomatik aloqalar o‘rnatdi. 1992-yilda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgandan keyin iqtisodiyot, savdo, fan va texnika, madaniyat va san’at sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanishi uchun ko‘pdan ko‘p imkoniyatlar vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining XXR ga qilgan bir necha bor davlat tashriflari xususan, 1992-yilning may oyida, 1994-yilning oktabrdagi, 1999-yilning noyabr oyidagi maxsus tashriflari, XXR Davlat Kengashi rayisi Li Peninng 1994-yil 190 apreldagi, XXR hukumati raisining muovini Xu Szin Taoning 1995-il oktabrdagi XXR raisi Szyan Sze Minning 1996-yil iyunidagi Toshkentga qilgan maxsus tashriflari natijasida ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi hamkorliklar Kengashdan Xitoy investitsiyasi bilan ishlayotgan korxonalar, shu jumladan qo ‘shimcha korxonalar ko‘payib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasida tashrif, oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Xususan, 1977-yili O‘zbekiston Jahon tillari Universitetida 1977 yili Xitoy tili bo‘limi ochilgan edi. 2004-yili ikki davlat Toshkentda institut ochishga kelishgan edi. Bu 2005-yili Konfutsiy nomida Xitoy Instituti ochildi.Yurtimiz birinchi raxbari I.A.Karimov XXRga 2005- yilning iyun oyidagi tashrifi ikki davlat o‘rtasida munosabatlarning yangi, yuqori bosqichini ochdi. I.Karimov va XXR raisi Xu Szin Tao o‘rtasida O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. O‘zbekistonda energetika-yoqilg‘i sanoatini rivojlantirish, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida tuzilgan bitimlar alohida ahamiyat kasb etadi. I.A.Karimov aytib o‘tganidek, «O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirishdavlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim vositasidir». O‘zbekiston rahbariyatining 1995-yil AQSh vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashuvi davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar rivojiga hamda MDHdagi xavfsizlikka daxldor masalalar hal etildi. Ayni paytda AQSh O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi etakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik va I.Karimovning AQShga tashrifi chog‘ida muhokama etilgan boshqa masalalar sohasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. O‘zbekiston rahbarining 1996-iyun oyida yil AQShga qilgan etti kunlik tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlik masalalarida fikr yuritildi. O‘zbekistonning AQSh bilan munosabatlari yildan yilga mustahkamlanmoqda. Mustaqillik yillarida yurtimizga Vashingtondan bir qancha davlat va jamoat rahbarlari, harbiy mutaxassislar, chunonchi 16 nafar senator va 8 nafar kongressmen kelib ketdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2002-yil 11-14 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ldi. Tashrif kunlari Yurtboshimiz AQSh Prezidenti Jorj Bush va bir qancha davlat rahbarlari bilan uchrashdi. Jorj Bush O‘zbekiston qat’iyat bilan aksilterror koalisiyasini qo‘llabquvvatlaganini AQSh hukumati va xalqi unutmasligini, bu minnatdorlik va ehtirom kelgusida juda ko‘p bor namoyon bo‘lishini ta’kidladi. U Islom Karimovni, bundan buyon AQSh strategik sherik sifatida doim O‘zbekiston bilan birdam bo‘lishiga ishontirdi. 191 Vashingtonda AQSh hukumati 2002-yilga O‘zbekistonga yordam tariqasida 160 mln. dollar ajratishini ma’lum qildi. O‘zbekiston qurolli kuchlari islohotga ko‘maklashish uchun 43 mln. dollar ajratilish ma’lum qilindi. O’zbekiston va AQShdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz munosabatlari yangi bosqichga ko’tarildi. 2018-yilda O’zbekiston va Amerika Qo’shma Shtatlari strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi nomli Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Bu oliymaqom hujjat ikki davlat raxbari yakdil va qat’iy irodasining ifodasi bo‘ldi. Bugun xalqaro munosabatlarning mutlaqo yangi tengilk o‘zaro hurmatga asoslangan formati amalda.Prezidentimiz Shavkat Mirzieyovning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15- 17 may kunlari rasmiy tashrif bilan AQSh davlatida bo‘lishi buning yaqqol misolidir. Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. O‘zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yondashishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O‘zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi: -Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; -O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish; -Ilg‘or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‘jalik tarkibini zamonaviylashiga ko‘maklashadigan, xorijiy sarmoyalarga nisbatan «ochiq eshiklar» siyosatini o‘tkazish; -Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o‘ta muhim sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda raqobat - bardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish; O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlarning ahamiyati katta bo‘ldi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi va «Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida»gi, «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el investisiyalarini ishonchli sug‘urta bilan himoyalashni ham ta’minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shartsharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O‘zbekiston iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj to‘lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida etti yil mobaynida foydadan soliq to‘lashdan va korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq to‘lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to‘lovlari ancha kamaytirildi. Bu o‘rinda shuni aytib o‘tmoq lozimki, chet ellik investorlarga yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar 192 tarmog‘i tashkil etildi. Bular qatorida «O‘zbekinvest» Milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasi, chet el investitsiyalari bo‘yicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ana shunday yaratilgan qulay shart-sharoitlar imkoniyatlar natijasida O‘zbekiston hukumati jahondagi nufuzli davlatlar Germaniya, XXR, Turkiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatdi. Mustaqilikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonga 12 milliard Amerika dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. O‘zbekistonga kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayd qilingan qo‘shma korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga etdi. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda o‘z mavqeiga ega bo‘lib borishi quvonarli holdir. AQSh O‘zbekistondagi bepoyon yer osti va yer usti boyliklarini o‘zlashtirish uchun katta sarmoya mablag‘larni ajratishni o‘z zimmasiga oldi, natijada respublikaga Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi. O‘zbekistonda Amerikaning «Nyumont-Mayning» kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib oladigan «Zarafshon-Nyumont» qo‘shma korxonasi qurib ishga tushirildi. Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O‘zbekistonda «SamKuchavto», «UzDEUavto», Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar qurildi. Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan «O‘zDEUavto», «O‘zDEU Elektroniks» hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi o‘laroq O‘zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan o‘rin egalladi va yuqori baholarga sazovor bo‘ldi. Bu mamlakat bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilandi. O‘zbekistonda yana bir davlat rahbari Misr Arab Respublikasi prezedenti Abdylfattoh Said Husain Halil as-Sisi 2018- yil 4-5 sentybr kunlari rasmiy tashrif bilan boldi.Davlatlarimiz ortasida yoshlar sport investisiy qishloq hojaligi sohalarida hamkorlik togrisida Anglashuv memarandumlari talim turizm arxeologiy madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni yolga qoyish va rivojlantirishga doir bitimlar, 2019-2020-yillarga moljallangan hamkorlik dasturi va adliy vazirliklari ortasida hamkorlik memarandumi singari 12 ta hujjat imzolandi. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida (2018-yil 29 aprel – 1 may) oliy darajadagi O‘zbek–Turk strategik hamkorlik kengashi tashkil etildi. Tomonlar yaqin yillarda o‘zaro tovar ayraboshlash hajmini 5 milliard dollarga etkazish bo‘yicha aniq tadbirlar yuzasidan kelishib olishdi. Prezidentimizning AQshga rasmiy tashrifi (2018- yil 15–16 may) O‘zbekiston-Amerika strategik hamkorligini rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Tarixiy tashrif davomida savdo, fan, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Ikki mamlakat kompaniyalari qiymati 4,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq yirik shartnomalarni imzolashdi. Prezidentimizning Hindistonga davlat tashrifi davomida (2018 yil 30 sentyabr – 1 oktyabr) 20 dan ziyod hukumatlararo hujjatlar va qiymati 3 milliard 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi. Prezidentimizning Fransiyaga 193 rasmiy tashrifi (2018-yil 8–9 oktyabr) O‘zbekiston rahbari shavkat Mirziyoev evropa Ittifoqi davlatlariga qilgan birinchi safari bo‘ldi. Tashrif yakunida 10 ta hukumatlararo shartnoma va umumiy qiymati 5 milliard evroga teng bo‘lgan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi. Umuman olganda, 2018 yil mobaynida 30 dan ortiq davlatlararo va halqaro tuzilmalar rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borildi, 180 ta ikki tomonlama shartnoma hamda kelishuvlar tuzildi. shuningdek, hukumat, vazirlik, idoralar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari darajasida 360 ta tashrif amalga oshirildi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xalqlarimizni madaniy va ma’naviy yaqinlik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish, tinch-totuv yashashga intilish, ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan bebaho tajriba bog‘lab turadi. Bu ikkala davlat rahbarlari tomonidan qilinayotgan harakatlar xalqlarimiz va butun mintaqaning manfaatlariga xizmat qilishi shak-shubhasizdir. 4. O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi Bugungi kunda O‘zbekistonning xalqaro maydonda tutgan keng o‘rni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi mamlakat tashqi siyosatining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib qolmoqda. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakatning tashqi siyosat qay tarzda olib borilishi xususida to‘xtalib, «Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz. Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etish tashkil etadi. Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi. Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, boshqa xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiramiz», deb ta’kidlagan. O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘zining pragmatik siyosatini davom ettirgan holda, o‘z tashabbuslarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Bu borada xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekiston xalqaro darajada tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etmoqda. Jumladan, «Yoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» mavzusidagi inson huquqlari bo‘yicha Samarqand onlayn forumi o‘tkazildi. Unda taniqli xorijiy olimlar, jamoat arboblari, BMT, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Parlamentlararo ittifoq, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, SHHT, MDH, IHT vakillari va boshqalar ishtirok etdi. 194 Tashabbuskorligi va pragmatizmi bilan ajralib turadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) faoliyatida ham O‘zbekiston faol ishtirok etmoqda. Toshkentning tashkilotdagi yangi faol kursi sharofati bilan 2017- yildan buyon O‘zbekistonning SHHTdagi xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ilm-fan, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan 10 dan ortiq tashabbusi amalga oshirildi. O‘zbekiston SHHTda yangi platformalarni yaratish bo‘yicha tashabbuskorga aylandi. SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi, Temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universitetini tashkil etildi. YUNESKO bilan hamkorlik faollashdi, Toshkent «Ta’limni rag‘batlantiradigan shaharlar«» xalqaro tizimiga kiritildi. O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasida YUNESKOning «Dinlar tarixini o‘rganish» kafedrasi faoliyati tiklandi. O‘zbekiston 2019-yil 15-oktyabrda Bakuda o‘tgan sammitda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashining teng huquqli a’zosiga aylandi. O‘zbekiston o‘tgan qisqa davrda Turkiy kengashdagi ishtiroki doirasida qator muhim tashabbuslarni amalga oshirishga erishdi. Xiva shahri «Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» deb e’lon qilindi, TDHKning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi va Transport sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhi tashkil qilindi. Mamlakatimizning Turkiy kengashda ishtiroki nafaqat Markaziy Osiyo, balki Kavkaz va Evropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning rivojlanishi va kengayishiga xizmat qiladi. Bu bilan mazkur mintaqalar transport-logistika yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lash uchun yangi istiqbollar yaratilmoqda, hududlararo savdoni rivojlantirish bilan birga mamlakatlarga yangi bozorlarga chiqish, transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish imkoni yaratilmoqda. Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti(TYURKSOY) Xiva shahrini Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, Islom hamkorlik tashkiloti esa Buxoro shahrini islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qildi. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Turkiy Kengashning norasmiy sammitida 2021-yil 31-mart kuni ishtirok etar ekan, davlatimiz rahbari diniy – axloqiy qarashlari bilan mintaqamizda ulkan e’tibor qozongan hazrat Yassaviyga sohibqiron Amir Temur ixlos qo‘ygani hamda uning xotirasiga atab Turkiston shahrida muhtasham maqbara bunyod etganini qayd etdi. Bugungi kunda Ahmad YAssaviy maqbarasi barcha qardosh xalqlarimiz uchun tabarruk qadamjo hisoblanadi. Prezident ushbu sammitda bir necha takliflarni ilgari surdi: -Koronavirus pandimiya ta’siri davom etayotgan global inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish yo‘lida kengashning yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik stratergiyasini ishlab chiqish; -Turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va yirik sarmoyaviy layihalarni amalga oshirish; -Turkiy kengash doirasida Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish; 195 -Markaziy Osiyo hududida transport yo‘laklarini rivojlantirish va logistika infratuzilmasini kengaytirish; -Turkiy kengashgka a’zo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo‘ylab «Tabarruk ziyora» loyihasini amalga oshirish; -Buyuk o‘zbek shoiri,mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning turkiy dunyo ma’naviy-ma’rifiy hayotiga qo‘shgan beqiyos hissasini inobatga olib, fan, ta’lim, adabiyot, san’at, ijtimoiy sohalardagi yutuqlar hamda turkiy dunyo birligini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y –harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish kabi ushbu takliflar sammit ishtirokchilari tomonidan qo‘llab -quvvatlandi O‘zining qadimgi madaniyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda. 2017-yil 10-sentyabr kuni Ostona (Nur-Sulton) shahrida o‘tkazilgan IHTning fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida a’zo davlatlar Prezidentimizning ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy tashabbuslarini olqishladi. Respublika rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahrida dunyoda yagona Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. So‘nggi uch yilda O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston MDHning 84 organidan maqsad-vazifalari milliy manfaatlarga javob beradigan 40 dan ortig‘ida ishtirok etmoqda. So‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston MDH Iqtisodiy kengashi, Hamdo‘stlik Parlamentlararo Assambleyasi va MDHning 18 ta sohaviy organiga qo‘shildi. 2020 - yilda O‘zbekiston MDH tashkil topganidan buyon birinchi marotaba Hamdo‘stlik raisligini qabul qilgani va uni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani ko‘p narsadan dalolat beradi. Zamonaviy O‘zbekiston tashqi siyosati xalqaro aloqalarning to‘laqonli sub’ekti sifatidagi roli va o‘rnini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, respublika atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik doirasini shakllantirishga qaratilgan. Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, o‘z tashqi siyosatida O‘zbekiston Markaziy Osiyoga asosiy e’tiborini qaratadi. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi to‘rt yilda mintaqaning barcha mamlakatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi amalga oshirildi. Mintaqa davlatlari etakchilari o‘rtasidagi siyosiy muloqot o‘zaro ishonchga asoslangan muntazamlik va doimiylik kasb etdi. Bunday muloqotlar davomida Markaziy Osiyo davlatlarini qiziqtiradigan xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sog‘liqni saqlash va ekologiya sohalarida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muhim qo‘shma qarorlar qabul qilinmoqda. Natijada tarixan qisqa vaqtda O‘zbekistonning mintaqadagi barcha davlatlar bilan munosabatlari tubdan yaxshilandi. Davlat rahbarlari o‘rtasida ochiq va ishonchli siyosiy muloqotning mustahkamlanishi natijasida mintaqadagi qo‘shnilar bilan munosabatlarda 2016-yilgacha mavjud bo‘lgan ko‘plab murakkab 196 muammolarga echim topildi. Prezidentlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch mustahkamlandi. 2018-yil 22-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyusiyasi qabul qilindi. 2018-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi konsultativ uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus an’anaga aylangan holda 2019-yil 29-noyabrda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sammitda prezidentlar umumiy muammolarni hal etish va mintaqada hamkorlikka oid dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun mintaqaviy muloqot maydoni sifatida keyinchalik ham maslahat uchrashuvlarini uyushtirishga kelishib olishdi. Maslahat uchrashuvi arafasida Toshkentda muhim ko‘p tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tdi: mintaqadagi beshta mamlakat bosh vazirlari, va 200 dan ortiq davlat organlari va ishbilarmonlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi, «Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: yangi tahdid va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro anjuman, unda 30 mamlakatdan siyosatshunoslar va rasmiy vakillar ishtirok etdi. 2019-yilda o‘zbek diplomatiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan mintaqa uchun muhim bo‘lgan ikkita yangi rezolyusiya qabul qilinishini ta’minladi «Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish» hamda «Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish». Shuningdek, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, sanoat ishlab chiqarishi sohalaridagi aloqalarimiz izchil rivojlanib bormoqda. 2019-yil yakuniga ko‘ra, ular bilan savdo aylanmasi hajmi 5,2 milliard dollarga ko‘tarildi. Pandemiya sharoitiga qaramay, 2020-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy hajmi 2,17 milliard dollarni tashkil etdi. Qozog‘iston bilan davlat chegarasi chiziqlarini delimitatsiya qilish ishlari yakunlangan bo‘lsa, Qirg‘iziston bilan chegaraning 95 foiz, Tojikiston bilan 99,9 foiz uchastkasi kelishilgan. Butun dunyo 2020-yil Koronavirus pandimiyasidan aziyat chekdi.Koranavirus pandimiyasi davrida ham hamkorlikni rivojlantirish davlat e’tiborida bo‘ldi. Karonavirusga qarshi kurash,uning oldini olish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’siri kamaytirish maqsadida 57 ta loyiha asosida O‘zbekistonga boshqa makmlakatlardan (AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, XXR, Singapur, Ukraina) asbob uskunalar keltirildi. Shu bilan birga, 9 ta mamlakatga O‘zbekistonning gumanitar yuklari etkazildi (Ozarbayjon, Belarus, RF, XXR, Eron, Vengriya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston). 197 Xorijiy investitsiyalarning oqimi va o‘zlashtirilishi 13, mlrd. AQSH dollarni tashkil etdi. Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy investitsiyadagi ulushi 37 % ga etkazildi (2018-yildi bu ko‘rsatkich 10,5 % ni tashkil etgan). O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadigan davlatlar soni 50 tadan ortdi. Hududiy ahamiyatga ega bulgan loyihalarda tug‘ridan-tug‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar okimining o‘sish sur’ati 4,8 mlrd. AQSh dollarni (shundan asosiy kapitalda - 4,2 mlrd. AQSH dollar) tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 4 baravar, 2017 yilga nisbatan 24 baravar ko‘paydi. Fakat xorijiy kapital ishtirokida xududlarda umumiy qiymati 858,5 mln. AQSh dollarga teng 167 ta loyixa foydalanishga topshirildi. Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd. AQSh dollariga etib, 2018 -yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2% ga oshishi ta’minlandi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yukori ko‘rsatkich sifatida kayd etildi. Bugungi kunda xam ushbu jarayon to‘xtab qolgani yo‘q. O‘zbekiston Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishda faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan dunyo miqyosidagi ushbu o‘tkir muammoni xalqaro hamjamiyat kun tartibiga qayta kiritishga erishildi. 2018-yil 26-27 mart kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani, Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini, BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlar vakillari ishtirok etdi. Afg‘oniston muammosini hal qilishga bag‘ishlangan bunday keng qamrovli forum birinchi marta ana shunday yuqori darajada o‘tkazildi. Toshkent konferensiyasi va, umuman, O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan siyosati afg‘on mojarosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarning faollashishiga, tinchlik jarayonini ilgari surishga qaratilgan mintaqaviy savdoiqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarga ushbu mamlakatni jalb qilishga olib keldi Bugungi kunda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida xam samarali ishlar qilinmoqda: – «Xalqaro baxshichilik san’at festivali» (5-10 aprel, Termiz shahri), «Sharq taronalari» (20-26 avgust, Samarqand shahri) va «Birinchi xalqaro amaliy san’at» (10-15 sentyabr, Qo‘qon shahri) festivallari o‘tkazildi.

Xulosa:
. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish choratadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan ezgu g‘oyaga asoslangan. Mamlakatda «Jaholatga qarshi ma’rifat» degan g‘oya asosida Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik maqsadlariga xizmat qilishini hamda yurtimiz allomalari hayoti, ilmiy merosini dunyo hamjamiyatiga etkazish maqsadida 2020-yilning 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida Imom Abu Mansur Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, ushbu ta’limotning bugungi kundagi ahamiyati muhokamasiga bag‘ishlangan “Imom Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda 15 ta davlatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi. Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, sho‘ba yig‘ilishlarida 32 ta ma’ruza tinglandi. Shu bilan birga, Imom Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini yangi loyiha asosida qayta barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni «Alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi. Komissiya hisobotida O‘zbekiston tomonidan so‘ngi yillarda diniy sohada amalga oshirilgan o‘zgarishlar e’tirof etilib, ayniqsa «Jasliq» qamoqxonasining yopilgani alohida qayd etildi. Mamlakatda inson huquqlarini ta’minlash sohasida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi»ni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi.


Foydalangan Adabiyotlar

  1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2015.

2. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т. 1. - Тошкент: Ўзбекистон.. 2017.
3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
4. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
5. Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. -Тошкент, Ўзбекиcтон, 2017.
6. Мирзиёев Ш. Конституция-эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янада тараққий эттиришнинг мустахкам пойдеворидир. -Тошкент
Yüklə 111,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin