Tarmoq strategiyasini aniqlovchi me’yoriy hujjatlar: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 mart 2015 yildagi «2015-2019 yillar uchun tarkibiy islohotlar, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya chora-tadbirlari dasturi to’g’risida» gi PQ-4707 Qarori ga muvofiq 2015-2019 yillarda ishlabchiqarish sanoatini tarkibiy islohotlar qilish, modernizatsiya va diversifikatsiyalash bo’yicha istiqbolli yo’nalishlar, shu jumladan mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlashasosida to’qimachilik va charm poyabzal sanoati tovar tarkibini, jahon va mahalliy bozorlarda raqobatbardosh tayyor va yarim mahsulotlarni, xususan, bo’yalgan ip,matolar, ishlov berilgan charm, trikotaj, tikuv, poyabzal va charm mahsulotlarini yaxshilash masalalari belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 29 yanvardagi leksiyalaridan kelib chiqqan vazifalar – tarmoqni modernizatsiyalash va yangilashni chuqurlashtirish, investitsiya siyosatini faol olib borish, aholi bandligini t’minlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442sonli qarori - «O’zbekiston Respublikasi sanoatni 2011-2015 yillarda rivojlantirish Dasturi»;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 29 dekabrdagi PQ-1455sonli qarori – «2011 yilga O’zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya Dasturi»;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 martdagi PQ-1512 sonli qarori – «To’qimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha choralar to’g’risida».
Ichki bozor uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarni aholiga etkazib berish va aholi talabini o’rganish maqsadida 70 dan ortiq firma do’konlari tashkil etilgan.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish uchun hamma shart sharoitlar muhayyo etilgan. Paxta tolasi sifat jihatdan eng injiq haridorlarni qondirmoqda. Buni har yili o’tkazilayotga paxta va tekstil yarmarkasi namoyish etmoqda. Tolaning sifati yuqoriligi undan ishlab chiqariladigan ip va tayyor mahsulotlar sifatini ham ta‟minlashi muqarrar. To’qimachilik korxonalarida etakchi mashinasozlik firmalarining texnologik mashinalari o’rnatilishi mahsulot sifatini jahon andozalarida bo’lishini ta’minlamoqda. Shunga qaramay jahon bozoridagi o’rniga ega bo’lishi uchun mahsulot o’z imidjiga ega bo’lishini ta‟minlash lozim. Shuning uchun yuqori sifatli toladan sifati yuqori, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun tegishli izlanishlar o’tkazish lozim. O’zbekistonlik olimlar ham dunyoda to’qimachilik sanoati bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar yo’nalishidagi izlanishlarni bajarib, eng takomillashgan texnologiak mashinalarning rezervlaridan foydalanib, ularda tayyorlanayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish ustida qator ishlarni bajarmoqdalar. Halqali va pnevmomexanik ip yigirishda mashina ishchi parametrlaridan oqilona foydalanib, sifat kategoriyasini oshirishga muvaffaq bo’lmoqdalar.
To’qimachilik sanoati taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari shulardan iborat.