Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org
QISQACHA XULOSA Milliy qadriyatlarning adolatli demokratik jamiyatni barpo etishdagi o’rnini tahlil etish jarayonida eng avvalo, millatning o’zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash zarur. Negaki, millatning o’zi milliy qadriyatlarning ham ob’ekti va ham sub’ektidir.
Demak, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg’unlashuvi taraqqiyotning zaruriy qonunidir. Umumbashariy tamoyillar va qadriyatlar qandaydir o’zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o’tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o’zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o’zgarib boradi. Lekin bu o’zgarishlardan qathiy nazar, umuminsoniy qadriyatlar odamlarni jipslashtiruvchi, ma’lum maqsadlar, ijtimoiy, ma’naviy kamolotining muayyan yo’llari uchun birgalashib kurashishga, harakat qilishga chorlovchi ijtimoiy hodisalardir. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o’rtasidagi ko’prik vositasini o’tab, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vositasini o’taydi. Ma’naviyat borasida ham umuminsoniy qadriyatlar xalqlarning barcha madaniyatini yaqinlashtiradi va ularning tezroq kamol topishga imkon yaratib beradi.
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR
Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy ijtimoiy asoslarini bayon etingq
Millatning genofondi nima
Milliy tamoyillar, qadriyatlarning tarixiy, falsafiy ildizlari va zamonaviyligini izohlab beringq
O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligini asoslangq
Terrorizmning demokratik jamiyat qurishga qarshi qaratilgan qanday xavf-xatarlari mavjudq
Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida milliy, umuminsoniy, qadriyatlar tushunchasi haqida nimalar bayon etilganq