Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar


IX-XV ASRLARDA DAVLATNI BOSHQARISH VA ADOLATLI JAMIYAT QURISH HAQIDAGI G’OYALAR



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə2/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

IX-XV ASRLARDA DAVLATNI BOSHQARISH VA ADOLATLI JAMIYAT QURISH HAQIDAGI G’OYALAR

Inson tabiatan erkinlikka, ezgulikka intilib yashaydi. Bunday eqtiyojlarning barcha uchun umum bo’lgan qoidalarini va ularning tartibotlarini tashkil etishda davlatga bo’lgan eqtiyoj vujudga keladi. Mana shunday eqtiyoj umuminsoniy qadriyatlarning nazariy mezonlarini shakllantirgan. Ayni paytda, kishilik jamiyatining o’zaro urushlar va ixtiloflar bilan bog’liq davrlarida yangi maorifiy taolimotlar xaloskor g’oya sifatida ham vujudga kelgan. Aynan IX va XII asrlar O’rta Osiyo tarixida shunday murakkab davr bo’lgan. Xalqning o’z mustaqilligi uchun kurashi va bunda hurriyat va inson erkinligi bilan bog’liq g’oyalar millatni ma’naviy yuksalishga chaqiradi. Dunyoga mashqur Xorazmiy, Farqoniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos qojib, Nizomulmulk kabi faylasuf, siyosatchi, tarixchi olimlar, shu davrda yashab ijod etdilar. Bu davr o’z mazmuni, salmoqi jihatidan O’rta Osiyo Uyqonish davri deb tarixga kiradi. Uyqonish davri madaniyatining o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular davlatchiligimiz nazariyasining vujudga kelishida quyidagilarga asoslangan qolda talqin etiladi:
1. Dunyoviy maorifatga intilish, bu yo’lda o’tmish va qo’shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy-falsafiy, diniy, tarixiy hamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql kuchiga ishonish, asosiy ehtiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.
Insonni ulug’lash, uning aqliy, tabiiy, ruhiy badiiy, ma’naviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, komil insonni tarbiyalash.
Universallik - qomusiylik, barcha tabiat qodisalari bilan qiziqish va uning mohiyatiga intilish.
Davlat qurilishi va boshqaruvining nazariy negizlari adolat, axloq tamoyillarida shakllantirish, ularning huquqiy hamda amaliy asoslarining rivojlantirilishi.
Davlat raqbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, mashuliyati mezonlari tizimining nazariy negizlarining yaratilishi.
Milliy davlatchilik negizlari haqida fikr yuritar ekanmiz, qadimgi Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida dastlabki davlatlar vujudga kelgan muqaddas makonlardan biri sifatida hattoki qadimgi dunyo olimlari tomonidan ehtirof etilgan. Masalan, bundan 2000 yil avval yashagan rimlik tarixchi Pompey Trog Turkiyzabon xalqlarning eng qadimgi ajdodlari haqida shunday yozgan: «Baqtriyaliklar, so’hdlar va xorazmliklar kelib chiqishining qadimiyligi bo’yicha misrliklar bilan bemalol bellasha oladi». Bunday fikrni yunon tarixchilari Strabon, gerodat, qikatiylar yozib qoldirgan mahlumotlarda ham uchratish mumkin.
IX-XII asrlarda yashagan O’rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish g’oyalari o’zining o’ziga xos ilmiy mazmun kashf etishi bilan bog’liq. Bu g’oyalar Xorazmiy, Farqoniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Navoiy va boshqa buyuk zotlar ijtimoiy-siyosiy qarashlarida chuqur bayon etilgan. Al-Xorazmiy “Algebra” faniga asos solib, dunyo ilmiga aniq fanlarni har tomonlama rivojlantirdi.



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin