Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə8/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

ZAXRIDDIN BOBUR (1483-1530). SHarq madaniyati, adabiyoti va sheoriyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda. Uning jaqon ommasiga mashqur bo’lgan shoq asari «Boburnoma» dan tashqari «Mubayyin», «Xatti Boburiy», «harb ishi» kabi asarlari va go’zal sheoriyati mashqurdir. A.Navoiy zamondoshlarining ilmiy merosini qunt bilan o’rgangan, o’zi ham shu yo’nalishda katta meros qoldirgan ijodkorlar Zaqiriddin MuHammad Bobur, qusayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin Davoniylardir. Ular davlatshunoslik, axloqshunoslik, adabiyot, taolim-tarbiya, nasr va nazm sohalarida ijod qilgan yirik olimlardir. Davlat boshqaruvi va uning siyosati bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni Boburning «Boburnoma», Koshifiyning “Axloqi Muqsiniy”, Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida atroflicha bayon qiladi.
Ularda jamiyatni boshqarish asoslari, ijtimoiy tabaqalarning o’zaro munosabatlari, adolatli va adolatsiz podshoq fazilatlari, fuqarolarga odil munosabati, axloq va taolim-tarbiya masalarini tahlil etgan. SHu tariqa Davlat boshqaruviga oid ijtimoiy qarashlarni o’z navbatida o’tmish davlatchilik madaniy merosimiz bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarimizni yanada boyitishga xizmat qilgan.
Yuqorida taokidlaganimizdek, XII-XV asrdagi ijtimoiy va madaniy yuksalish o’z mazmun - mohiyati bilan IX-XV asrlardagi O’rta Osiyodagi Uyg’onish davrining uzviy davomi edi. Xulosa shundaki, bunday madaniy meroslarning monandlikka intilishi, uning davriy uyqunlashuvi xalqlar hayotida taraqqiyot hamda yuksalishiga poydevor bo’lgan nazariy taolimotlarning rivojlanish bosqichlarini kuzatamiz. Ammo O’zbekiston xalqlari davlatchilik tarixi o’z taraqqiyotida bir xilda rivojlangan emas.

3. XV-XX asrlarda O’rta Osiyoda davlat va jamiyat qurilishining

ijtimoiy-siyosiy qolati hamda istilochilar siyosatiga qarshi

maorifatparvarlik g’oyalari
XVI-XIX asrlar O’rta Osiyo hayotidagi murakkab davrlardagi parchalanishlarning salbiy oqibatlari. XVI-XIX asrlar O’rta Osiyo hayotida murakkab va keskin burilish davri bo’ldi. Uning murakkabligi avvalo, Amir Temur imperiyasining parchalanishi hamda vorislar o’rtasidagi nizolar bilan bog’liqdir. Doimiy ixtiloflar maydoniga aylanib qolgan Movarounnaqr SHayboniyxon lashkarlari tomonidan bosib olinadi. Yurtda egasizlik, boshboshdoqlik qukm suradi. Mana shunday sharoitda haqiqiy ilm o’rnini diniy aqidaviy qarashlar egallaydi. Natijada aniq va tabiiy fanlar quvqunga uchraydi, ayniqsa matematika va astronomiya orqada qoladi. Buning oqibatida ilm-fan rivojining darajasi keskin pasayib ketadi. Ayni paytda bu davr oldingi mutafakkirlarning ilqor g’oyalarining o’zaro faol taosiri zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining asosiga, hokimiyat uning raqnomalari qo’lida manfaatlarini niqoblovchi mafkuraga aylanadi. Natijada jamiyatda diniy tazyiq kuchayadi. har qanday ijodiy qur fikr taoqibga olinadi. SHunga qaramay O’rta Osiyoda ijtimoiy fikr, falsafa, adabiyot, tarix, musiqa fanlari, meomorchilik, tasviriy sanoat rivojlandi, qator madrasa va machitlar qurildi. Jumladan, Ibn MuHammad Yusuf Al-qoraboqiy, MuHammad SHarif, Mashrab va So’fi Olloyor, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Komil Xorazmiy, Avaz O’tar, Bedil, Fuzuliy, Aqmad Donish, Muhimiy, Ogaqiy, Furqat, Mulla Olim Maqdum qoji ijodiyotida ilqor ijtimoiy g’oyalar yaratiladi.
Ehtirofli jihati shundaki, shu davr ijodkorlari qaysi sohada ijod qilmasin, shaxs va ziyoliylikka xos qudratda ularning asosiy diqqati xalq va uning turmush dardi bilan bevosita bog’liq bo’lganligiga amin bo’lamiz. Mullo Olim Maqdum qoji «Tarixi Turkiston» asarida shunday deydi. «Turkiston xonlari vaqtidagi musulmoniyalar nig’oyat darajada aqvoli olamidin xabarsiz bo’ldilar. Zolim qakamlarga rost va to’g’ri so’zni aytadurqonlar qolmay, zolimlar uchun besh-o’n tillo badaliga ertadan kechgacha xushomad so’zlar aytib, alar qanday so’z aytsa, maoqul deydurqonlar bo’lqon edilar. Ilmu maorifda bo’lsa Turkistonda o’tgan Ibn Sino, Forobiy, Ulug’bek, Aliqushchi o’rniga o’lturg’on olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikga tabdil bo’lub, jaql balosiqa mubtalo bo’lqon edilar. qakam va ulug’larimiz fuqarolardin o’z joyiqa va masrafiqa sarf qilmay, o’z xohishlariqa xarj va sarf qilar edi. qukumat ishida mutlaqo muntazam qoida va qonun yo’q edi. Fuqarolar olarning o’z molidek hisob qilinur edi».
Mavjud manbalar milliy davlatchilik tariximizni tanazzulga tortgan siyosiy kurashlar va o’zaro ixtiloflarning sabablarini o’rganish, undan saboqlar chiharish imkoniyatlarini beradi.
Jadidlar qarashlarida maorifiy-demokratik tamoyillar. Turkiston milliy davlat mustaqilligi uchun kurashda ozodlik harakatlarining o’ziga xos xususiyatlari hamda shart-sharoitlarini siyosiy jihatdan tahliliga ehtibor haratish lozim.
Bunda Jadidlarning mustaqillik uchun kurash g’oyalarining vujudga kelishi nazarda tutiladi. Millat ozod bo’lib, o’zining mustaqil davlatini o’rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo’lmasligi Beqbudiy kelgan birinchi xulosalardan edi. Ayni paytda, bunday g’oya milliy istiqlolchilik harakatining asosini tashkil etgan.
Jadidchilar asosiy ehtiborini jamiyatda ma’naviyatni rivojlantirishga haratadilar. Ular yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, gazetalar chiharish, darslik va o’quv qo’llanmalarini nashr ettirish, harbning yangi madaniyat va texnologiya uslubiyatlarini joriy etish zaruriyatini hamda uni Turkistonda tarqib etish orqali milliy-dunyoviy taolimni yuzaga keltirish, ma’naviy hayotni yangilash va boyitish orqali milliy o’zlikni anglashni yuksaltirishga zamin yaratishga intilganlar. Bunday siyosiy yondashuv bevosita jamiyatda adolatli-demokratik davlat qurilishining asoslarini rivojlanishiga xizmat qiladigan nazariy omillar ekanligini ehtirof etmasdan bo’lmaydi. Albatta, ular demokratiyaning tom mahnodagi ko’rinishlaridan uzoqda bo’lganlar.
Turkistonda mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash va uning ijtimoiy-siyosiy asoslarini yorituvchi manbalar Munavvarqori Abdurashidxon o’qli, Beqbudiy, Fitrat, Avloniy, quvaydo va boshqa asarlarda o’z ifodasini topgan.
O’z davrida jadidlar milliy-madaniy muxtoriyat qurilishi tamoyillarini ulkan rivojlantirishning amaliy dasturlarni, Turkistonda davlatchilik shakli va uni boshqarish vakolatlari, barcha sohalar bo’yicha qonunlarni joriy etish, sud organlarini tashkil qilish, davlat tuzilmalarini yaratish kabi masalalariga katta ehtibor bergan. Ammo, shu davr siyosiy sharoiti hamda yerli xalqning tushunchasida Turkistonda mustaqil demokratik jamiyat qurish to’g’risidagi qarashlari bir muncha cheklanganligini ko’ramiz. Beqbudiyning “Turkiston madaniy muxtoriyati loyiqasi” dasturida to’la mustaqil demokratik jamiyat to’g’risida emas, davlatning avtonomiya shakli nazarda tutiladi. 1917 yildagi Umumturkiston musulmonlarining qurultoyida ham davlatchilik qurilishi to’g’risidagi qarashlarda demokratik yoki federativ shakllari to’g’risida baqs olib boriladi. Ammo, ularning demokratiya va federatsiya to’g’risidagi qarashlari ham aslida konstitutsion monarxiya tuzumidan tashqariga chiqib ketolmaydi.
Aynan shu davr voqea-qodisalari bayoni, tafsilotlari hamda muvaffiqiyatsizlikning sabablariga M.CHuqay “Istiqlol jallodlari” asarida qo’yidagicha taorif beradi: «Birinchidan, ob’ektiv omillar: ...Biz kurashga o’zimiz tanlagan fursatda emas, Rusiya inqilobi jarayonini keltirib chihargan vaziyat ijoboti bilan kirishdik. Ikkinchidan, suboektiv, yahni o’zimizdan bo’lgan omillar: Milliy manfaatlar yo’lida kurashish lozimligini bilganlari qolda turkistonliklar o’zaro kuchli birlik qura olmadilar va bunga ulgurmadilar».
Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi, uning siyosiy faoliyati, so’ngra inqirozi masalalari mamlakatimizning bir qator olimlari asarlarida o’z ifodasini topgan.
X1X asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi maorifatparvarlik g’oyalari bilan bog’liq. CHor Rossiyasi mazkur O’rta Osiyo hududini o’ziga mustamlaka qilib olgach, o’z siyosatini yurgiza boshladi. Bir tomondan, o’lkada ruslashtirish siyosati olib borilsa, ikkinchi tomondan, rus madaniyati ko’klarga ko’tarib maqtaldi. Bu davrda Ogaqiy “SHoqu gado”, Aqmad Donish aqlsizlikka qarshi kurashdi, Berdaq Xiva xonligi maomuriy siyosatini qoraladi. Uning “Aqmoq podsho” dostoni mavjud. Bu davrda Sattorxon, Furqat kabi bir qancha maorifatparvarlar yuzaga keldi.
Jadidchilik aslida maorifatparvarlik harakatining ko’rinishi bo’lib, uning namoyandalari mamlakatni qoloqlikdan chiharish va milliy taraqqiyotga erishishnig maorifiy yo’lini ko’rsatdilar. Ismoilbek Gaspirinskiy jadidchilik g’oyalarini O’rta Osiyoga yoygan inson bo’lib, “Yuz yildan so’ng. 2000 sana” romanida sinfiy kurash nazariyasiga qarshi edi. Madaniyati yo’q bir millatning sanoati bo’la olmas, u ham bo’lmasa sinfiy nizolarga erta, biz madaniy o’suvdan iborat deb bildi va kurashdi.
Maqmudxo’ja Beqbudiy I.Gaspirinskiy g’oyalarini Markaziy Osiyoga yoyishda bosh rol o’ynadi. U “SHo’roi Islom” tashkilotiga asos soldi. Munavvarqori Abdurashidov Turkistonda jadidizm raqbarlaridan biri edi. U “SHo’roi islomiya” tashkilotini tuzdi. Bu tashkilotlar Turkiston o’lkasini CHor Rossiyasidan ajratib olib, uni maorifatli qilish g’oyalari bilan yashadi. Ular Rossiya tarkibida milliy-diniy avtonomiya tuzish tarafdori edi. Fitrat, CHo’lpon va boshqa jadidchilik oqimi namoyandalari mamlakat aholisini faqat savodli, ilm berish yo’li bilan bu mustamlakachilik siyosatidan qutulish yo’llarini ko’rsatdilar. Lekin sobiq sovet tuzumi davriga kelib ana shu jadidchilik oqimi namoyandalari repressiya qurboni bo’ldilar. Lekin biz bugungi kunda ana shu jadidchilarning mamlakat aholisini maorifatli qilish, jaqolatga qarshi maorifat yo’li bilan kurash olib borganligini ko’ramiz. Ular mustamlkachilik siyosatini tubdan qoraladilar, yerli aholini savodli qilish uchun kurash olib bordilar. Ana shu jadidchilarning ushalmagan orzulari bugungi kunda mustaqillik tufayli, Prezidentimiz Islom Karimovning dono raqbarligi va siyosati tufayli maorifatli jamiyat uchun olib borayotgan siyosatini men albatta chin ko’ngildan qo’llab-quvvatlayman.
CHunki maorifatparvar jadid oqimi namoyandalarining ushalmagan orzusi bugungi kunda amalga oshmoqda. O’zbekiston o’zining ma’naviyati, madaniyati bilan jaqonga yuz tuta boshladi. Endilikda biz “O’zbek xalqi qech qachon qech kimdan kam bo’lmaydi” degan Prezidentimiz g’oyasi atrofida birlashmoqdamiz.


Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin