Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org
MIRZO ULUFBEK (1394-1449).Buyuk munajjim, davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat qomiysi, o’z davrida Samarqandda rasadxona qurdirib, astronomik maktab yaratgan olim. Ilmiy meorosining gultoji - «Ziji jadidi Ko’ragoniy» asari bo’lib, «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «To’rt ulus tarixi» asarlari ham uning qalamiga mansub.
SHu davrning yirik klassik namoyondalardan biri Alisher Navoiydir. Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asaridagi fikrlar aloqida diqqatga sazovordir. Navoiy davlat so’zini mulk deb yozadi. Ajam degani esa arabchada arabdan tashqari degan mahnoni anglatadi. Demak, qadimiy tarixlarda Eron va Turon hududida ilk bor tashkil topgan va uzoq asrlar davomida hukmronlik qilgan davlatni arablar Ajam, yahni arab davlatidan tashqari, degan nom bilan ataganlar. shunday deydi: “SHayx uldurkim, niyoz olsa, mustaqiqlarqa, harib, bechoralarqa bergaylar. Agar olib o’zi yesa, murdor et yemishdek bo’lqay. Agar to’n qilib kiysa, ul to’n to’zquncha haq taoolo namoz, ro’zasini qabul qilmaqay va agar olqan niyozidin non qilib yesa, haq taoolo oni do’zaxda turluk azobqa giriftor qilqay. Va agar ondoq shayxqa har kishi ehtiqod qilsa, kofir bo’lqay”.
U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo’shadi. Ayniqsa, adolatsizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaqolatga olib kelishi to’g’risidagi qarashlari o’z ifodasini topadi: «...davlat ishi bilan mashqul bo’lgan amaldorlik choqlarimda ko’ngil mulkini turli odamlarning qujumi bulqaladi. Goq amirlik o’rnida o’tirdim va qukumat maqkamasida xalqning arz-dodini so’rdim va goq podshoq yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan harab turgan elga muruvvat ko’rsatdim» deydi. O’zbek tili jozibasini o’z «Xamsa»si bilan butun olamga ko’rsatgan buyuk so’z sanatkori «Badoyi ul-bidoya», «Navodir ul-nig’oya», «Zubdat ut-tavorix», «CHor kitob», «Majolis un-nafois», «Maqbub ul-qulub» kabi asarlarni ham bizga meros qilib qoldirgan.
A. Navoiy adolat to’g’risidagi qarashlarida inson ruqiyati bilan bog’liq ijtimoiy illatlarning mohiyatini izlaydi. Jamiyatda yovuzlikning kelib chiqish sabablarini tahlil etadi. Adolatli jamiyatga erishishda nafaqat podshoqning odilligi, balki fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarning adolatli, maonan soqlom bo’lishi lozimligiga ehtiborni haratadi: «Olamda bo’lmish har navo odam bilan ko’rishdim; katta - kichikning feolu atvorini o’rgandim; yaxshi-yomonning xislatlarini tajribadan o’tkazdim; yaxshilik va yomonliklarning sharbatini ichib, zaqrini totib ko’rdim. Baxl va pastkashlarning zaxmini, saxovatli kishilarning malhamini ko’nglim darhol sezadigan bo’lib qoldi» deydi. Ayni paytda, u inson ruqiyati bilan bog’liq illatlar mohiyatiga shunday nisbat beradi: «Yaxshilikka mukofot - qo’pollik; odob bilan qilingan xushmuomala evasiga kekkayish, takabburliqdan o’zgacha munosabat ko’rmaysiz. Birovga bir xizmat qilsang, undan o’n zarb yeyishga tayyor turmoq kerak; kimgaki bir tavozeo ko’rsatsang, ming qo’pollik va dilsiyoqlikka hozir bo’lib turmoqing lozim». SHu tariqa, u «Maqbub ul-qulub» asarida har xil odamlarning feol-atvori va aqvoli, yaxshi feol xosiyati va yomon xislat kasofati haqidagi qarashlari asosida jamiyat ijtimoiy munosabatlarining yaxlit nazariy tizimi, fuqaro-jamiyat-davlat o’rtasidagi axloqiy majburiyatlarni umumlashtirishga erishadi.
Umuman, bunday adolatli jamiyatni boshqarish haqidagi g’oyalar Navoiy taolimotlarida ham keng uchraydi. Bu jarayon “Saddi Iskandariy” dostonida chuqur ochib berilgan va qokazo.
O’zbek milliy davlatchiligimiz negizlarining qadimiyligi haqida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asaridagi fikrlar aloqida diqqatga sazovordir. Navoiy davlat so’zini mulk deb yozadi. Ajam degani esa arabchada arabdan tashqari degan mahnoni anglatadi. Demak, qadimiy tarixlarda Eron va Turon hududida ilk bor tashkil topgan va uzoq asrlar davomida hukmronlik qilgan davlatni arablar Ajam, yahni arab davlatidan tashqari, degan nom bilan ataganlar.