Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə5/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

ABU ALI IBN SINO (980-1037). Ibn Sino 57 yil umr ko’rgan. “Tib qonunlari” kitobi X11 asrda arab tilidan lotin tiliga o’girilgandan so’ng butun dunyoga tarqaldi. 1493 yilda frantsuz tiliga, 1593 yilda italyan tiliga, XV asrda rus tiliga o’girildi. XII asrdan XVIII asrgacha u 40 marta qayta nashr etildi. 1X-X1 asrlarda “Tibbiyot qonunlari”ni yaratganligi boisdan ham uni harbda Avitsenna nomi bilan tan olishadi. Ibn Sino jamiyat aholisini 1) boshqaruvchilar ­ maomuriy ishlar bilan shug’ullanuvchilar, 2) meqnatkashlar ­ ishlab chiqaruvchilar, 3) harbiylar ­ jangchilarga ajratadi. Uning fikricha, davlatsiz qonun-qoidalar bo’lmaydi.
Ibn Sino O’rta Osiyo tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlarning buyuk namoyondasi, tibbiyot, falsafa, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy taolimot tarixiga ulkan hissa qo’shgan mutafakkirdir. Uning “Ishorat va Tanbixot”, “Risolatu tadbiri manzil”, “qush tili” kabi asarlari bevosita davlat boshqaruvining adolatparvar va axloqiy asoslariga baqishlanadi.
Ibn sino yozgan 450 dan ortiq asardan: «Tib qonunlari», «Donishnoma», «Najot kitobi», «Turar joyning tuzulishi», «Insof kitobi», «Tibbiy ko’rmatmalar haqida» kabi 160 ga yaqini bizgacha yetib kelgan.
Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o’rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga harab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to’g’risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning «Ko’pchilik bo’lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo’ladi va shunday yo’l tutish kerak» degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlariga katta ehtibor berganligidan dalolatdir.
O’rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik tahlimotida erkinlik va adolat. Mahlumki, islom dini ijtimoiy dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan uning nazariy, falsafiy, huquqiy tomonlarini ishlab chiqishga ehtibor ham tobora ortib borgan. SHu tariqa IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan, madaniyat, islom falsafasining nazariy jihatdan yuksak darajada rivojlangan davri bo’ldi. Ulardan Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Al-Motrudiy, MuHammad Imom-Fazzoliy, Maqmud az-Zamaxshariy, Burqonuddin al-Marqiloniy, Aqmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abdulqoliq Fijduvoniy, Baqovuddin Naqshband, Jaloliddin Rumiy kabi buyuk allomalar o’zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan jaqon madaniyatiga ulkan xissa qo’shdilar. Diniy-ilmiy tadqiqotlarda borliq, iloqiy qudrat, inson komilligi, adolat, insof, diyonat, vijdon kabi g’oyalar inson ruqiyatini poklash orqali erkin jamiyatga chorlanadi. Bu borada J.Rumiy shunday deydi: “Inson buyuk bir mo’ojiza va uning ichida Hamma narsa yozilgan. Biroq zulmat va pardalar bor-ki, ular yozuvlarni o’qishga imkon bermaydi. Zulmat va pardalar, turli-tuman mashqulotlar insonning dunyo ishlari borasida olgan tadbirlari va ko’ngilning so’ngsiz orzularidir.” Darhaqiqat, J.Rumiyning qarashlarida insonning farqi uning komilligiga asoslanadi. U dunyoga irqi, dini, millati, tabaqasidan qatoiy nazar, barcha insonlarga barobar murojaat qiladi. “Menga vahdai mayini tutgil, o’zgalarni ham ondin baqramand etgil, toki jamoat jam bo’lib, faqat suvratda bo’lmish tafovutlarni bartaraf etaylik. Biz Hammamiz yagona oqochning butoqlari, yagona qo’shinning navkarlarimiz”. Jaloliddinning bashariyat birligi haqida gapirishi o’sha davr uchun mislsiz jasorat edi.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot rivojining ma’naviy asoslarini o’rganishda O’rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik oqimining ahamiyati ham aloqida muhim o’rin tutadi. Tasavvuf garchi islom bag’rida nish urib, quroon va hadislar hikmatidan oziqlangan, ko’p qollarda shariat aqkomiga suyangan bo’lsada, lekin u rasmiy diniy aqidaparastlik va mutaassiblikka hamda hokim tabaqalarning ayshu-ishratlarga g’arb turmush tarzi, talonchilik va manfaatparastlikka zid o’laroq, mehnatkash xalq noroziligini ifodalab keldi. Ushbu ta’limotning el orasida yoyilib, fikriy yangilanishlarga qanoat bergani, haq va haqiqatga tashna ziyolilar yuragini band etganiga sabab shu. Tasavvuf tahlimoti asosida adolat, haqiqat, to’g’rilik, mexr-shafqat, insof, iymon, ehtiqod, ilm, meqnatsevarlik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy g’oyalarni tarqibot qiluvchi futuvvatga asoslangan bir qancha diniy, siyosiy oqimlar paydo bo’ladi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga g’oyaviy kuch sifatida qarshi qo’yiladi. Bu borada, O’zbek milliy davlatchiligimiz negizlarining qadimiyligi haqida buyuk bobokalonimiz Yassaviyning hikmatlarida jamiyatda yetakchi shaxslarning sifatlari to’g’risidagi talqinlar, ayni paytda, achchiq tanqidiy munosabatlari ijodining asosini tashkil etadi. CHunki shu davrda shayxlar siyosatga bevosita aralashib kelganlar.
Bu borada Amir Kulolning o’g’li Amir Umarning qarashlari (1406 y.o’lgan) siyosatning nazariy va amaliy mohiyatini ochishda ehtiborlidir. Unda siyosatga shunday nisbat beriladi: “Bilgilkim siyosat - tutib turish va tartibga solishdir..., yomon kishilarni qo’rqinch va titroqda tutmoq, yaxshilarni taqdirlamoq kerak. Agar siyosat bo’lmasa, davlatning muhim ishlari amalga oshmaydi; agar tartibot, jazo qonunlari bo’lmasa, davlat ishlari ham o’nglanmaydi, chunki qukmdorning, jamoaning ko’rki, davlat va dinning rivoji siyosatdir”. Yahni, din orqali siyosatda umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilishi va bunday siyosat esa bevosita davlat qonunlari orqali amalda o’z tasdig’ini topishiga erishmoq lozim, deb qaraladi.


Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin