3) 1976–1981 yillarda iqtisodiyot eksportga yo’naltirildi. Keyinchalik og’ir sanoat rivojlantirildi. 1980 yillarda sanoat ishlab chiqarishida kichik va o’rta biznes 20%dan oshmadi.
4) 1982–1991 yillarda iqtisodiyotni erkin qo’yish, uning ochiqligi tahminlandi. Imtiyozli kreditlar berish bekor qilindi. Davlat faqat uzoq muddatga kredit berishni kafolatladi.
8. “O’zbek modeli” – qisman Erxard (nemis) modeliga o’xshab ketadi. Nemislarga o’xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o’tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom etmoqda.
Aslida XX asr 90-yillari boshida O’zbekiston oldida bir qator strategik rivojlanish yo’llari paydo bo’lgan edi. Ularni 4 yo’nalishga bo’lish mumkin: 1) xom ashyo; 2) agrar; 3) industrial; 4) xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yicha guruhlash joizdir.
1. Xom ashyo yo’lini tanlash tabiiy boyliklarning yanada talon-taroj qilinishi, aholini ish bilan ta’minlash muammosi, sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zo’r berishga olib keldi. Sobiq Ittifoq ixtisoslashuvi bu yo’nalishni keltirib chiqargan edi.
2. Agrar iqtisodiy taraqqiyot modeli agrarsanoat majmui (ASM) tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xo’jaligi bilan band qilishga olib kelardi.
3. Industiral iqtisodiy taraqqiyot modelining samaradorligi Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi bilan tasdiqlandi.
4. Taraqqiyotning xizmat ko’rsatish yo’nalishi ham O’zbekistonga qo’l kelishi mumkin edi. Bu yo’ldan borayotgan Yevropa mamlakatlaridan YaIMning 67–70% shu sohada yaratiladi. Bahzi mamlakatlarda bu YaIMning 25% ni hosil qiladi.
O’zbekiston yuqorida sanalgan global va milliy modellarning birontasidan voz kechmadi, ulardan foydalandi.
1-CHIZMA
Taraqqiyotning o’zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas,