Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» asarining tarixiy ahamiyati. Mazkur asar 9 bo’limdan iborat, ushbu asar 1993 yilning avgust oyida yozilgan. Asar bozor munosabatlariga o’tishda o’xshashi bo’lmagan, betakror yaxlit andozalarni ishlab chiqish, o’zimizga xos yo’lni tanlab olish haqida batafsil mahlumot beradi. Asarning dastlabki qismida totalitar tuzum oqibatlari chuqur tahlil qilingan. SHundan kelib chiqib, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishda respublikamizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan, uning o’tmishi, hozirgi kuni va kelajakdagi taraqqiyotiga to’la-to’kis mos keladigan mutlaqo yangi andoza zarurligi talqin etilgan. Eng muhimi, bizning bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlat qurishdan boshqa yo’limiz yo’qligi aytiladi. Bu yo’l 3 tarkibiy qismdan iborat:
1. Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi.
2. Qathiy markazlashtiriligan mahmuriy-buyruqbozlik tizimidan xo’jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan yo’liga o’tishning eng muhim printsiplari.
3. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tenglikdan chiqib ketishning, barqarorlik va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo’nalishlari.
Asardagi 9 ta muhim masalalar quyidagilardir:
1. O’tmishdan qolgan meros va iqtisodiy islohotlar zaruriyati.
2. O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limizni belgilab beruvchi shart-sharoitlar mavjudligi.
3. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish demokratik va bozor o’zgarishlarining asosi (mulkchilik munosbatlari) ekanligi ko’rsatib o’tilgan.
4. Davlatiqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishiqtisodiy islohotlar yo’lining negizi.
6. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta’minlash.
7. Kuchli ijtimoiy siyosatiqtisodiy o’zgarishlar kafolati.
8. Tashqi iqtisodiy faoliyatjahon iqtisodiyotiga yaqinlashuv yo’lida.
9. Iqtisodiy islohotning asosiy ustuvorliklari va yo’nalishlari.
Prezidentimizning ushbu asari ayni vaqtda yozilgan bo’lib, O’zbekistonning bozor islohotlari asosida rivojlantirishning o’ziga xos muhim qonuniyatlari ishlab chiqilganligi bilan ahamiyatlidir.