10. Qonun ustuvorligini ta'minlash – fuqarolar huquq va erkinliklarining
muhim garovi.
Tayanch tushunchalar:
Mustaqillik, demokratiya, huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, davlat
hokimiyatining bo’linish printsipi, qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi
hokimiyat, sud–huquq tizimi, “Kuchli davlatdan–kuchli fuqarolik jamiyati sari”,
fuqarolarning o’zini–o’zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, ko’p
partiyaviylik, Parlament tizimi, huquq–tartibot organlari, jamoat tashkilotlari.
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng, huquqiy jamiyat va demokratik
davlat barpo etish yo'lida siyosiy islohotlarni amalga oshirishni kun tartibidagi
dolzarb masala sifatida belgilab oldi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish
maqsadida keng qamrovli islohotlar boshlab yuborildi.
Ta'kidlash joizki, mustaqillik yillarida yaratilgan boshqaruv tizimi va uning
qonunchilik asoslari, fuqarolik jamiyati mamlakatda inson huquqlarini himoya
qilishga va huquqiy demokratik davlat barpo etilganligini kafolatlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish bo'yicha maslahat kengashining samarali faoliyatini ta'minlash bu
boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim o'ringa ega. Shu ma'noda
Prezidentimizning mazkur qarori bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini
10
monitoring qilish mustaqil instituti ta'sischilar kengashining institutni “Fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish markazi” etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik
bildirilgani ayni muddao bo'ldi. Shuningdek, ushbu hujjat asosida markazning
asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari belgilab berildi. Mazkur yo'nalishlarning
har biri fuqarolik jamiyatida olib borilayotgan islohotlarni va yangilanishlarni
yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo'limlardan iborat.
2016 yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to'g'ridan-to'g'ri muloqoti
yo'lga qo'yildi. Xalq bilan samarali muloqotni ta'minlash dolzarb vazifalardan biri
bo'ldi. Ushbu qaror bilan endilikda bu borada olib borilayotgan ishlarni, xalq bilan
muloqot holati va rivojlanishini o'rganish, davlat organlari faoliyati ochiqligini
tizimli tahlil qilish zarurligi yuklandi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida amaliy tadqiqotlar
o'tkazish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida kelajakda fuqarolik
jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va strategik
yo'nalishlarini belgilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo'yildi.
2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan
islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har
tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart–sharoitlar yaratishdan,
mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan
iboratdir.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo'nalishi
belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur
o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mazkur
yo'nalishlarning
har
biri
mamlakatdagi
islohotlarni
va
yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo'limlardan iborat. Harakatlar
strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga
beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi
tasdiqlanadi.
Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb
nomlangan birinchi yo'nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy
Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan
yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda
tutilgan.
11
Har bir mustaqil davlatda bo’lgani kabi mustaqil O’zbekiston Respublikasi
ham o’zining Asosiy bosh Qonuni – Konstitutsiyasi va davlar ramzlariga ham ega
bo’ldi. O'zbekistonning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqish g'oyasi aslida
Respublika Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyunda bo'lgan 2–sessiyasida ilgari
surilgan edi. Bu boradagi ishlar deyarli 2,5 yil davom etdi. Uch guruhdan iborat
komissiya bu borada tegishli faoliyat ko'rsatib uning 149 ta moddadan iborat yangi
variantini 1992 yil bahorda ishlab chiqdi. 1992 yil 26 sentyabrda esa umumxalq
muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Loyiha taklif va mulohazalar asosida
qayta tuzatilib 1992 yil 21 noyabrda ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qilindi.
1992 yil 8 dekabrda Oliy Kengashning XII–chaqiriq, XI–sessiyasida muqaddima, 6
bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat konstitutsiya qabul qilindi.
Konstitutsiya O'zbekiston Respublikasining mustaqil taraqqiyot yo'lidagi,
zamonaviy demokratik va huquqiy davlat barpo etishdagi asosiy huquqiy hujjat
bo'lib shakllandi. Keyinchalik jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash,
ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda Konstitutsiyaga
tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaviy tizimning printsiplari quyidagilardan iboratdir:
1). Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslari;
2). Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish;
3). Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish.
O'zbekiston o'zmustaqilligini qo'lgakiritishidan ancha oldin respublikaning
davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul
qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda O'zbekiston
Oliy Kengashi – O'zbekistonning davlat ramzlari to'g'risida maxsus qaror qabul
qildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo'lib
o'tgan VIII sessiyasi O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida
Qonun qabul qildi.
1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida
– O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida Qonun qabul qilindi.
Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega.
O'zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994
yilning 1 iyulidan boshlab O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so'm
muomalaga kiritildi.
O'zbekistonda Prezidentlik institutini mustahkamlanishida 1992 yil 8–
dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muhim o'rin
tutadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining X1X bobi “O'zbekiston
Respublikasining Prezidenti” deb nomlangan.
12
2015 yil 29 mart kuni muqobillik asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi bo'lib o'tdi. Uning natijalariga ko'ra Konstitutsiyaga kiritilgan
o'zgarishlarga muvofiq Islom Karimov 5 yillik muddatga mamlakatning oliy
lavozimiga saylandi.
Islom Karimov O'zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik
fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy
yo'nalishini ishlab chiqdi, yurtimizning yorug’ istiqboli yo'lida ko'pmillatli
xalqimizni birlashtirib, uni ulug' maqsadlar sari boshlab bordi. Mana shunday
buyuk ishlarni amalga oshirgan O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
Islom Abdug'aniyevich Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni 78 yoshida Toshkent
shahrida vafot etdi. 2016 yil 3 sentyabr kuni Samarqand shahrida dafn etildi. Dafn
marosimida jahonning 17 ta mamlakatidan delegatsiyalar, davlat rahbarlari, ko'plab
rasmiy doira vakillari, respublikaning keng jamoatchilik a'zolari ishtirok etdilar.
2016 yil 8 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Senatining qo'shma majlisida parlament palatalarining qo'shma qaroriga
muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish
vaqtincha O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga
yuklandi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov
komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni bo'lib
o'tgan ovoz berish jarayonida saylovchilar ro'yxatiga kiritilgan 20 million 461
ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etganini
aniqladi. Bu ro'yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini
tashkil qildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni
o'tkazish jarayonini beshta xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi, Mustaqil
Davlatlar Hamdo'stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari
uyushmasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda Amerika, Yevropa, Osiyo va
Afrikaning 46 ta davlatidan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi kuzatib borgani siyosiy
kampaniya demokratiya talablari asosida ochiq va oshkora o'tganining yorqin
dalilidir. Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy partiyalardan 37 mingdan
ortiq kuzatuvchi ham faol ishtirok etdi.
2016 yil 4 dekabr kuni bo'lib o'tgan Prezident saylovi yakunlari bo'yicha
saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman o'z
vazifasini bajarishga kirishdi.
Sh.M.Mirziyoyevning faoliyatida sotsial–iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda
ta'lim, fan, sog'liqni saqlash tizimlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish,
13
yoshlarning sog'lom va barkamol bo'lib voyaga etishlari uchun munosib shart-
sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni kuchli muhofaza qilish ustuvor vazifa
sifatida muhim o'rin egalladi.
Demokratik davlat – davlatning tamomila yangi tarixiy shaklidir. U ijtimoiy
adolat printsiplariga, huquqga, qonunga, konstitutsiyaga asoslanadigan davlatdir.
Davlatdagi mavjud hokimiyat (davlat hokimiyati) esa ma’lum printsip asosida
taqsimlanadi. Bu “davlat hokimiyatining bo'linish printsipi”deb ataladi. Mazkur
printsipga ko'ra, davlat hokimiyati bir–biri bilan chambarchas bog'langan va ayni
vaqtda ma'lum mustaqillikka ega bo'lgan Qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro
Dostları ilə paylaş: |