uzluksizlikni ta’minlashda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining roli va
Тошкент
-
2015
.
To‘plamni yuklash uchun havola:
To’plam
O`ZBEKISTONDA UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMINI
RIVOJLANTIRISHNING O`ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining
asosi, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning,
ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor,
ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali
raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shartsharoitlarni
yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek,‖ Ta`lim –
tarbiya sohasining yaxlit , uzliksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash
jumladan , umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus , kasb – hunar hamda oliy
ta`limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb
tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish
ishlarini
izchil
davom
ettirish
lozim
‖
11
Darhaqiqat, uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun
eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar
ma`lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va
malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash
shakllanadi.
Malumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish ,
tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish , dunyoqarashini shakllantirish ,
nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi. Har
qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab
beradi . Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim
turlarini
o‘z
ichiga
oladi:
-maktabgacha
ta‘lim;
-umumiy
o‘rta
ta‘lim;
-o‘rta
maxsus,
kasb-hunar
ta‘limi;
-oliy
ta‘lim;
-oliy
o‘quv
yurtidan
keyingi
ta‘lim;
-kadrlar
malakasini
oshirish
va
ularni
qayta
tayyorlash;
-maktabdan
tashqari
ta‘lim.
O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir
bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr
uchun
misli
ko`rilmagan
rivojlanish
sifatida
baholash
mumkin.
Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin , har
qanday
yangilik
boshqa
yangilikning
kirib
kelishiga
turtki
bo`ladi.
Respublikamizda kasb – hunar kollejlari va akademik litseylar tizimini
shakllanganligi , ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos, hatto chet
ellarda
tan
olindi.
Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori
darajada ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tarkibiy qismlarining
funksiyalari aniq belgilangan va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni tizimli
bajarilishini ta‘minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini
statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash
o‘zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan ba‘zi holatlarga e‘tibor bilan qarash imkonini beramaydi.
Shu bilan birga,uzluksiz ta‘lim kasb-hunar kollejlarida amaliy ko‘nikma va
bilimlarni berishda, oliy ta‘limning sifati ta‘minlanayotganini inobatga oladigan
bo‘lsak, aynan ushbu kollejlarda malakali mutaxasislarni tayyorlash mumkin. Bu
jarayonga oliy ta‘lim muassasalari mutaxasislik fanlari o‘qituvchilarini jalb etish
bilan ikki ta‘lim turi o‘rtasidagi integratsiyani jadallashtirish mumkin. Shu bilan
birga,oliy ta`limning zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ikki
bosqichli tizimi - bakalavr va magistratura yaratilishi ta`lim tizimida yuksak
malakali kadrlar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga amaldagi oliy
malakali ilmiy va ilmiy –pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish
tizimining kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ta`lim
tizimidagi o`zgarishlarning mantiqiy davomi sifatida tubdan isloh qilishning
ob`ektiv zarurati bugungi kunda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Yetuk qadrlarni
tayyorlashda oliy ta‘lim tizimining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega ekanligi uzluksiz
ta‘limning bu bo‘g‘iniga qaratilayotgan e‘tibordan ham bilib olishimiz mumkin.
Buni quyidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar miqiyosida ham ko‘rishimiz
mumkin:
2011-2012 O‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga
qat‘iy talab qo‘yildi:-birinchidan, ular zamonaviy kompyuter va axborot
texnologiyalarini; -ikkinchidan, xorijiy tillar , ayniqsa, ingliz tilini mukammal
bilishi kerak. Bu jihatdan o‘quv dasturlari har bir ta‘lim yo‘nalishining o‘ziga
hosligidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilmoqda.
Ma‘lumki xorijiy tilni bilish allaqachon davr talabiga aylanib ulgurdi.
Prezidentimizning 2012yil 10-dekabrdagi ‖Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada
takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi Qarori chet tillarini o‘rganishning
kompleks tizimini ya‘ni uyg‘un kamol topgan yuksak ma‘rifatli, zamonaviy
tomonidan yuksak fikrlaydigan yosh avlodni shakillantirish , O‘zbekistonning
jahon
ahamiyatiga
integratsiyalashuviga
yo‘naltirilgan tizimni yanada
kuchaytirishni nazarda tutdi.Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy texnik bazasini
modernizatsiya qilish va mutaxasislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash
bo‘yicha 2011-2016- yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish uchun 277
mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganligi diqqatga sazovordir.
O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar dunyoning barcha davlatlari baholanmoqda. Ko‘plab xorijiy davlatning
nufuzli shaxslari bizning ta‘lim tizimimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlarni
bildirishmoqda.
Xususan,
Dortmund
texnika
universiteti
professori
Gabriele
Mentges
ta`kidlaganidek,‖Mamlakatingizda iqtidorli o‘qtuvchi va talabalarni davlat
tomonidan keng miqiyosda qo‘llab quvvatlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Imtiyozli stipendiyalar va mukofotlar joriy etilgan, ko‘rik tanlovlarni muntazam
o‘tkazish yaxshi an‘anaga aylangan.‖
1
[2]
Ayni chog‘da o‘zbekistonlik yoshlar
xalqaro olimpiyadalar, san‘at va madaniyat ko‘rgazmalarida hamisha yuqori
saviyada qatnashib kelmoqdalar. Ularning hammasi mamlakat raxbarining ta‘lim-
tarbiya sohasiga qaratayotgan yuksak e‘tibori, bu borada amalga oshirilayotgan
izchil islohatlar va kompleks chora tadbirlar samarasidir‖.Shunday iliq fikrlarni
Rene Tollemer, Xalqaro tibbiyot akademiyasi ekspermizasi a‘zosi, Tuluza
universiteti professori (Fransiya) , Lyuza Serdeyra, universiteti prorektori
(Portugaliya) , Dayen Adachi, Vashington universiteti vitse- prezidenti
yordamchisi (AQSh). Ushbu iliq fikrlarning bildirilishi bizning ta‘lim tizimimiz
Jahon Hamjamiyati tomonidan tan olinganligini isbotlaydi. Bundan ko‘rinib
turibdiki yurtimizda buyuk ajdodlarimizga munosib izdosh bo‘lish uchun
yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun , davlat
boshqaruvi tomonidan , zaruriy ta‘lim yo‘nalishlarini va ular bo‘yicha bilim
oladigan mutaxasislarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash yangi o‘quv-uslubiy asoslarni
yaratish
hamda
boshqa
tashkiliy
ishlarni
amalga
oshirish
lozim.
Shunday qilib , ‖Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ asosida mamlakatimiz ta‘lim
tizimining
imkoniyatlaridan
foydalanish
,
uzluksiz
ta‘limni
yanada
takomillashtirish asosida malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning
dolzarb masalalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: