Reja: “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə1/6
tarix12.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#154450
  1   2   3   4   5   6
1-MAVZU TAYYOR (2)


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
HSM
KIRISH. “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI.
01
MAVZU

Reja:

  • “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
  • O‘zbekiston tarixini davrlarshtirish masalasi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
    • Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quraylik. T.,O‘zbekiston, 2017.
    • Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1. – T. O‘zbekiston.: 2017.
    • Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.: O‘zbekiston. 2017.
    • Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. – T.: Sharq, 1998.
    • Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O‘zbekiston, 2011.
    • Oblomurodov N.H. O’zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik. T.: Iqtisod-moliya. 2022.
    • Oblomurodov N.H. O’zbekiston tarixi. Darslik. – T.: Yangi asr avlodi, 2022.
    • Usmonov Q. O’zbekiston tarixi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya. 2016.

Foydalanilgan adabiyotlar
1-reja. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari.

Tarix fani insoniyatning o‘tmishi, aholining turmush tarzi, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga oid sodir bo’lgan voqea va hodisalarni, insoniyatning barcha evolyutsion rivojlanish jarayonlarini o‘rganadi


Vatanimiz tarixi jahon tarixining ajralmas qismi bo‘lib, u ajdodlarimizning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, turmush tarziga oid ma’lumotlarni ma’lum izchillikda va ketma-ketlikda o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganish orqali biz ajdodlarimizning hayoti, turmush tarzi xususida tushunchalarga ega bo‘lish barobarida, ularning jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Tarix xususida xolis ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun fanning predmeti va ob’ektini to‘g‘ri belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Zero, hozirgi kunda tarixchilar oldida turgan muhim masalalardan biri bu, o‘zbek xalqi va uning davlatchilik tarixini fanning predmeti va uni o‘rganish ob’ektidan kelib chiqib, ma’lum nazariy-metodologik tamoyillarga suyangan holda haqqoniylik, xolislik asosida yoritishdan iboratdir.

Tarix fani ham boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi mustaqil fan hisoblanadi. U barcha fanlar qatori alohida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib, ijtimoiy-gumanitar va boshqa ayrim fanlar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi.

U o‘z xususiyatiga ko‘ra, o‘tmish haqida saboq beradi, insonlarni sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida kerakli xulosalar chiqarishga undaydi, kishilarni ajdodlarimizning o‘tmishdagi hayot tarzini, ular yaratgan moddiy va ma’naviy merosini qadrlashga undaydi.


Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin