Reja o`zbekistonning konstitutsiyaviy tarixi



Yüklə 21,29 Kb.
səhifə2/3
tarix05.10.2022
ölçüsü21,29 Kb.
#64607
1   2   3
konstitutsiyaning yaratilish tarixi

1978 yili O`zSSRning uchinchi Konstitutsiyasi qabul qilingan. 1978 yil 19 mart kuni O`zSSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasi mutbuotda e'lon qilingan. O`zSSR Oliy Sovet Prezidiumi tomonidan 15 aprel kuni Oliy Sovet sessiyasida O`zSSR Konstitutsiyasi loyihasi SSSRning 1977 yil 7 oktabrida amalga kiritilgan Konstitutsiyasiga mosligi muhokama qilinib ayrim moddalariga o`zgartirishlar kiritilgan va 19 aprel kuni qabul qilingan. Konstitutsiyaning tuzilishi kirish qismidan, XI bo`lim, 21 bob va 183 moddadan iborat bo`lib, ushbu Konstitutsiyada ham Sovet hokimiyatini amalga oshish qoidalari va ishchi dehqon sinfining kommunistik jamiyat qurishdan iborat oliy maqsadi belgilab berilgan. Masalan, Konstitutsiyaning kirish qismida, “xalq davlat hokimiyatini Sovetlar orqali amalga oshiradi” deb “kommunistik partiyaning jamiyat hayotidagi rahbarligi va yetakchilik qilishi”ga ko`p ta'rif berilgan. 70 yildan oshiqroq vaqt davomida qabul qilingan Konstitutsiyalarda xalq hokimiyati haqida chiroyli so`zlar bayon qilingan, lekin amalda joylarda tuzilgan viloyat, tuman, shahar, qishloq va posyolka Sovetlari kommunistik partiya dasturlari, rejalari bilan tashkil qilingan, soxta saylovlar o`tkazilgan jamiyat va davlat hayotida hech qanday ahamiyatga ega bo`lmagan.

1991 yilning 19-21 avgust kunlari Moskvada sodir bo`lgan davlat to`ntarishi, SSSRning imperiya sifatida bundan buyon hukmronlik qilishga qodir emasligini ma'lum qilib qo`ydi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Ittifoqdagi vaziyatni oldindan ko`ra bilganligi va unga to`g`ri baho bera olganligi, shunda ko`rinadiki, SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib u 1990 yil 20 iyunda "O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qildi. O`sha davrda Ittifoqni tish-tirnog`i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan. Buning misoli sifatida Farg`ona bilan Oshdagi voqealarni keltirishimiz mumkin. O`zbekistonni Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tinchliksevar mamlakatlar tomonidan tan olinib qo`llab-quvvatlanganligi O`zbekistonning tinch yo`l bilan o`z huquqini mustahkamlab olishida juda katta yordam berdi.

O`zbekiston o`zining maqsad va taraqqiyot yo`lini belgilab, 1991 yil 31 avgustdagi Oliy Kengash yig`ilishida qabul qilingan "Davlat Mustaqilligi asoslari to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonunni butun dunyoga e'lon qildi. 1991 yil 21 dekabrda Sobiq Ittifoq respublikalari rahbarlari o`zaro hamkorlikni tenglik asosida, xalqaro huquq normalariga tayangan holda tashkil etishni yo`lga qo`yish maqsadida va sobiq Ittifoq taqdirini uzil-kesil hal etish uchun Olmaotada uchrashdilar. Sakkiz respublikaga Armaniston, Moldaviya va Ozarbayjon Respublikalari ham qo`shildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi deklaratsiyasiga 11 respublika rahbarlari qo`l qo`ydilar:

Shunday qilib, 1922 yilda ta'sis etilgan SSSR Ittifoqi barham topdi va Olmaotada 11 ta Mustaqil Davlatlarning Hamdo`stligi vujudga keldi.


Yüklə 21,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin