Reja o`zbekistonning konstitutsiyaviy tarixi



Yüklə 21,29 Kb.
səhifə1/3
tarix05.10.2022
ölçüsü21,29 Kb.
#64607
  1   2   3
konstitutsiyaning yaratilish tarixi


REJA

1. O`zbekistonning konstitutsiyaviy tarixi

2. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va yangi Konstitutsiyani qabul qilish zaruriyati

3. Prezident – Konstitutsiyaning tashabbuskori, yaratuvchisi va kafili

4. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar kiritish tartibi

1. O`zbekistonning konstitutsiyaviy tarixi

Tarixda "Turon", "Turkiston" va "Movarounnahr" nomi bilan mashhur bo`lgan O`rta Osiyo, ayniqsa, O`zbekiston hududida minglab yillar davomida yuksak madaniyat gullab yashnadi, qudratli davlatlar mavjud bo`ldi. Ular insoniyat tarixida sezilarli iz qoldirdi.3[12]

Masalan, tarixiy manbalarga ko`ra, XIII-XIX asrlarda Movarounnahrda davlatning huquqiy ahvoliga ma'lum darajada ta'sir ko`rsatib kelgan Amir Temur tuzuklari Sharqona madaniyatga monand konstitutsiyaviy hujjatlar edi.4[13]

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va unda mustaqilligimizning mustahkamlab qo`yilishi ota-bobolarimizning uzoq yillar mobaynida olib borgan kurashlari natijasidir.

Ma'lumki, Rossiya imperiyasida 1917 yil oktabr oyida davlat to`ntarishi bo`lib o`tdi, o`zlarini xalqparvar deb e'lon qilgan, kommunistlar hokimiyatni qo`lga oldilar. Shundan keyin O`rta Osiyoda o`rnatilgan shovinistik tengsizlik natijasida milliy ozodlik harakatlari vujudga keldi. Boshqa millatlarni bir-biriga qarshi qo`yish, (masalan dashnoqlarga, O`rta Osiyoda mahalliy xalqni qirg`in qilishlariga sharoit yaratib berildi) kabi salbiy ishlarni amalga oshirdilar. Turkiston ASSRning 1918 va 1920 yillaridagi Konstitutsiyalari, Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarining 1920-1921-1923 yillardagi konstitutsiyalari, O`zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978 yillardagi Konstitutsiyalarni qabul qilgan edi.

Sovetlar davrida O`zbekiston hududida 1918 yil 30 apreldagi Beshinchi Turkiston syezdida va Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi RSFSRning tarkibiga kiritilib, Turkiston ASSR ning muvaqqat (vaqtinchalik) konstitutsiyaviy “Nizomi” qabul qilingan edi.5[14]

Nizomga ko`ra:


  1. 1. Turkiston O`lkasining hududi, Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirib, Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi deb e'lon qilinadi.


  2. 2. Turkiston O`lkasining tarkibiga, Buxoro va Xivadan tashqari, uning geografik chegaralarining hammasi kiradi.


  3. 3. Turkiston Sovet Respublikasi Avtonom boshqaruvda bo`lib, davlatdagi hamma sohalarni boshqarishda Rossiya Sovet Federatsiyasi hukumatini tan oladi.


  4. 4. Turkiston Respublikasining Oliy qonunchilik organi, ishchi, soldat, krestyan va musulmon deputat dehqonlarining 1 dekabrida chaqiriladigan syezdi hisoblanadi.


  5. 5. Doimiy qonunchilik organi syezd tomonidan saylangan 36 kishilik Turkiston o`lkasining Markaziy Ijroiya Qo`mitasi hisoblanadi.


  6. 6. Ijro etuvchi hokimiyat vazifasi syezd tomonidan saylangan 16 kishilik Xalq Komissarlari Sovetlariga yuklanadi va ularga O`lkani boshqarish topshiriladi.


  7. 7. Joylardagi butun hokimiyat, Sovetlar va ularning Ijroiya Qo`mitalari hisoblanadi.


Turkiston Sovet Avtonomiyasi e'lon qilinishi, kommunistlarning eng birinchi g`alabasi bo`lib, sharqdagi "lenincha" siyosatni mustamlaka davlat tuzilishida amaliy ro`yobga chiqishi edi.

Turkiston ASSRning birinchi Konstitutsiyasi 1918 yil 15 oktabr kuni Sovetlar o`lkasining VI syezdida 1918 yil 10 iyulidagi RSFSR Konstitutsiyasi asosida qabul qilingan edi. Turkiston ASSR Konstitutsiyasi olti bo`limdan iborat bo`lib:

I – mehnatkash va eksplutatsiya qilinuvchi xalq huquqlari deklaratsiyasi;

II – Umumiy qoidalar;

III – Sovet hokimiyatining tuzilishi;

IV – Aktiv va passiv saylov huquqi;

V – Budjet huquqi;

VI - Turkiston ASSR gerbi va bayrog`i haqida;

Turkiston ASSRning ikkinchi Konstitutsiyasi 1920 yil 24 sentabrda Turkiston Sovetlarining IX-syezdida Butun Ittifoq Markaziy Ijroiya Qo`mitasi tomonidan sanksiyalangan: "Turkiston ASSR RSFSRning bir qismi sifatida avtonomdir" degan qarori ostida qabul qilinib, Turkiston ASSRning "qanday yashash huquqi" aniq qilib qo`yilgan edi.

Turkiston ASSRning bu Konstitutsiyasi: 6 bo`lim 20 bobdan iborat bo`lib, 109-moddani o`z ichiga olgan. 1-bo`limi: "Mehnatkash va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari dekloratsiyasi", 2-bo`limi: "RSFSR Konstitutsiyasi, asosiy nizom" deb atalib, 1918 yilgi RSFSR Konstitutsiyasining asl nusxasi kiritilgan. RSFSR bilan o`zaro munosabatlari hamda Turkiston ASSRning ijtimoiy va davlat tuzilishidagi huquqlari 3-bo`limda o`z aksini topgan.

IV-bo`limida esa, markaziy va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyatini tashkil etishga bag`ishlangan edi, Markaziy organ to`qqiz kishidan iborat bo`lishi, Turkiston Markaziy Ijroiya Qo`mitasi va Sovetlar syezdining Prezidiumi, Xalq Komissarlari Sovetlarini tashkil etish tartib-qoidalari ko`rsatib berilgan.

Avtonom Respublikaning Xalq Komissarlari Sovetlari tizimiga viloyatlar, uyezdlar, shaharlar, qishloqlarning ishchi va qizil armiyachi sovetlari, deputatlari va ularning qo`mitalari kirdi. Konstitutsiyaning V-bo`limida aktiv va passiv saylov huquqi o`rnatilib, saylanish qoidalar va saylangan deputatlarni muddatidan oldin chaqirib olish kabi tartiblar belgilangan edi.

Oxirgi VI-bo`limi Turkiston ASSRning moliya va budjetiga bag`ishlangan. Turkiston ASSRning 1920 yildagi Konstitutsiyasi o`sha paytdagi Rossiyadagi milliy qonuniyatlari asosida o`zlarining yashash tarziga asoslanib qabul qilingan. Turkiston ASSR bilan birga hozirgi O`zbekiston hududida Xorazm va Buxoro xalq Sovet Respublikalarida ham 1920-1923 yillardagi Konstitutsiyalar qabul qilingan.

Bu Konstitutsiya milliy-davlat tuzumiga qarshi tuzilgan bo`lib, Sovetlar hokimiyatini o`rnatishning birinchi bosqichida mamlakatdagi ishlab-chiqarish vositalarini hususiy mulkligicha saqlash, yerga shaxsiy egalik qilish, uni sotish, har kimning o`z boyliklaridan erkin foydalanish huquqlari cheklashlarsiz ruxsat etilgan.

1924 yil 29 oktabrida XXSR Sovetlarining V-syezdi chaqirilib, "Milliy-hududiy chegaralanish deklaratsiyasi"ni qabul qilgan. Bu deklaratsiyaga binoan, Turkiston ASSR Buxoro va XXSR xududida yangi tashkil etilayotgan, O`zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR, Qirg`iziston va Qoraqalpog`iston Avtonom viloyatlari tashkil etildi.

O`rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o`tkazilishi natijasida Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Sovet respublikalarining o`rnida O`zbekiston va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR, Qirg`iziston va Qoraqalpog`iston Avtonom viloyatlari tashkil etilgan.

Hozirgi O`rta Osiyo respublikalarining konstitutsiyaviy-tarixiy davlat qurilishi sobiq ittifoq xukmronligiga o`tgan davrdan boshlab, 1917 yilgi soxta kommunistlarning (davlat to`ntarishi) inqilobi yuz bergan vaqtdan to 1922 yilga qadar jarayonlarni o`z ichiga oladi.

1922 yil 30 dekabrda “Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqining tuzish haqidagi deklaratsiya” va “SSR ittifoqining tuzish haqidagi shartnoma” SSSR konstitutsiyasini yaratilishiga asos solgan edi.

“SSR ittifoqini tuzish haqida deklaratsiya”da teng huquqli ittifoqdosh respublikalarning ixtiyoriy ravishda birlashuvini e'lon qilib, uning tarkibiga boshqa davlatlarning kirishi ochiq deb ko`rsatildi. Shuningdek undan chiqish erkinligi huquqi ham belgilangan edi.

1922 yil 30 dekabrda tashkil etilgan SSSR tarkibiga Ukraina SSR, Belorussiya SSR va Kavkazorti respublikalari kiritilgan. Sobiq ittifoq tarkibida bo`lgan respublikalar konstitutsiyaviy tarixiy bosqichlarini ikki davrga bo`lib, tanqidiy nuqtai nazardan o`rganish mumkin. Birinchi davr 1917-1922 yillarni o`z ichiga olsa, 1924-1991 yillar so`nggi davri bo`lib hisoblanadi. 1925 yil 17 fevralda O`zbekiston SSRning I-syezdi bo`lib, 1924 yil 31 yanvardagi SSSR Konstitutsiyasiga muvofiq, "O`zbekiston SSRni tashkil etish to`g`risida"gi Deklaratsiya qabul qilingan. SSSR Konstitutsiyasining I-bo`limi: "Sovet Sotsialistik Respublikalar Itifoqini tuzish haqidagi deklaratsiya" va "Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish haqida shartnoma"dan iborat bo`lgan.

O`zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiya loyihasi Sovetlarining II-syezdida 1927 yil 27-31 mart kunlari tasdiqlangan. Bu Konstitutsiyada ham boshqa Ittifoq respublikalari Konstitutsiyalaridagidek, davlat hokimiyati vakolatlarini "ishchi dehqon va qizil askar Sovetlarining deputatlari amalga oshiradilar", deb belgilangan. O`zbekiston tarkibiga Tojikiston Avtonom respublikasi kiritilgan. Bunda ko`pgina vakolatlar Tojikiston ASSRga berilgan bo`lib, ular o`rtasidagi aloqalarga bag`ishlangan.

1937 yil 14 fevralda Butun O`zbekiston Sovetlarining Favqulotda VI-syezdi O`zSSRning ikkinchi Konstitutsiyasini SSSRning 1936 yilgi Konstitutsiyasiga mos ravishda qabul qilgan. Bu Konstitutsiya 13 bobdan iborat bo`lib: I bob – ijtimoiy tuzilishi; II bob – davlat tuzilishi; III bob – UzSSR davlat hokimiyatining oliy organlariga bag`ishlangan; IV bob – UzSSR davlati idora organlari haqida; V bob – Qoraqalpog`iston ASSR davlat hokimiyati oliy organlarini tuzilishi belgilangan; VI bob – Qoraqalpog`iston ASSR davlat idora organlari haqida; VII bob – davlat hokimiyati mahalliy organlarning faoliyat prinsiplari belgilangan; VIII bob – UzSSR budjeti to`g`risida; IX bob – sud va prokuratura organlari tuzilishi; X bob – fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlari haqida; XI bob – saylov tizimiga bag`ishlangan; XII bob – gerb, bayroq, poytaxt; XIII bob – Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish tartibi belgilandi. Ushbu qabul qilingan O`zbekiston SSRning ikkinchi Konstitutsiyasi SSSRning 1936 yilgi Konstitutsiyasini so`zma-so`z takrorlaydi.

Konstitutsiyada xotin-qizlar tengligi, fuqarolarning teng huquqliligi. matbuot erkinligi, ommaviy yig`ilishlar o`tkazish, ko`chalarda namoyish o`tkazish huquqlari ko`rsatib o`tilgan. Bu huquqlar faqat qog`ozlarda SSSRdagi siyosatning boshqa davlatlarga namoyish etilishi uchun yozib qo`yilgan.

1937 yilgi O`zbekiston SSR Konstitutsiyasida davlat boshqaruvini amalga oshirish shakllari joylardagi Sovetlarni tashkil etish tartibi, ularning vakolat muddatlari, saylash va saylanish tartiblarining ayrim holatlari oldingi Konstitutsiyaga nisbatan qisman o`zgartirilgan (saylash huquqi 20 yoshdan qilib, vakolat muddati qishloq, posyolka Sovetlariga 2 yarim yil muddat qilib, viloyat, tuman Sovetlariga 5 yil muddat qilib belgilangan). Shuningdek, respublika Oliy Soveti va boshqaruv organi Ministrlar Sovetining vakolatlari, tashkil etilish tartibi ko`rsatib berilgan. Shuningdek, ma'muriy-hududiy tuzilishi, prokuratura, sud organlari tuzilishi, Konstitutsiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish tartiblari belgilangan.


Yüklə 21,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin