Keyingi yillarda pedagogik diagnostika quyidagi funksiyalami o'z ichiga olmoqda: Analitik - ta’lim-tarbiya jarayomm olib borishda ta’limda yaratilgan sharoit va natijalar orasidagi o'zaro bog'liqliknimg sabablarini o'rganish. ()‘z-o‘lini diagnostikalash — o'quvchi-talabaning o'zlashtirish darajasi, tarbiyatopganligi va rivojlanish komponentini aniqlash. Baholash - pedagogik jarayon qatnashchilari faoliyatidagi miqdor-sifat baho ko'rsatkichlami bashorat qilish. Korreksiyafash - o'qituvchi va o'quvchi-talaba faoliyatida vuz berishi mumkin bo'lgan kamchiliklami minimum holatga keltirish. Yo‘naltirilganlik - yangi maqsadlami belgilashda o'quv jarayonida yuz berishi mumkin bo'lgan kamchiliklaming oldini olish. Axborotlashtirish - pedagogik jarayon qatnashchilarini doimiy ravishda qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlardan xabardor qilib borish.
7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta`minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish.
8. O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika nima? U nima bilan shug'ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi, degan savollar pedagogika fanini o'rganishga kirishgan odamning aqlini band etadi. Pedagogikaga oid darsliklarda, qomuslarda pedagogikaning bahs tushunchasi turlicha, ayrim hollarda bir-biridan farqlanadigan darajada talqin qilinadi. Masalan, pedagogika — tarbiya haqidagi fan; pedagogika — o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika — umuman insonni tarbiyalash haqidagi fan va hokazo.
Pedagogikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo'lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o'rtasidagi aloqani ta'minlaydi. Kattalar turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o'zidan keyingi avlodga o'rgatib borganlar. Kichik avlod esa o'z faoliyati davomida duch kelgan yangi-yangi muammolarning yechimini topish barobarida bilim va ko'nikmalarni egallab, oldingi avloddan meros qolgan bilimlarni yanada boyitib, o'zidan keyingi avlodga qoldiradi. Insoniyat tarixiy taraqqiyot mobaynida turli ijtimoiy bosqichlarni bosib o'tdi. Formatsiyalarning o'zgarishi natijasida ish va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etdi. Bu hol tarbiya jarayonining takomillashib borishiga o'z ta'sirini o'tkazdi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma`lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta`minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma`lumot, rivojlanish.
Pedagogika fanining asosiy tushunchalari
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti – harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq- atvori va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a`zosi.
Tarbiya — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim —o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.
Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma`lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma`lumotlar majmui.
Коpnikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta'lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O’quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‗naltirilgan, bir-birini to‗ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta'lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o’tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!