8. Hozirgi kunda o’qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini
Hozirgi kunda o’qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini takomillashtirish muammolari.
Reja:
1. Pedagogik texnikaning psixologik va fiziologik xususiyatlari. 2. O'qituvchining tashqi ifodasi (mimika va pantomimika) - pedagogik texnika sifatida, Pedagogik texnikani egallash usullari. 3.O'qituvchining nutq madaniyati va unga qo'yiladigan asosiy talablar. 4.Nutqiy faoliyatni oqilona tashkil etish yo'llari. 5.Nutqiy faoliyat ko'nikma va malakalari: tovush, diapazon, tembr, diksiya, ritmika. Pedagogik texnikaning psixologik va fiziologik xususiyatlari.
Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta'lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur boigan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhira jihatlari - bu avvalo o'qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalari hisoblanadi, ya'ni unin gsavodli va ifodali so'zlay olishi, o'z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta'sirchan bayon qilishi, his-tuyg'usini jilovlay olishi, o'zining shaxsiy xususiyatlanga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi, aniq imo-ishora, ma'noli qarash, rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so'zning cheksiz qudrati orqali o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta'sir o'tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo'lishi kabilardir.
O'qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko'nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o'qituvchi ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib o'rganiladi.
Birinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini boshqarish malakalarida (refleksiya) namoyon bo'ladi:
ta'lim-tarbiya jarayonida o'zxatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika);
ta'lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo'ya ta'sirlarga berilmaslik;
mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;
• nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o'z o'rnida qo'llay olishi.
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va jamoaga ta'sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta'lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
ma'lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;
ta'lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta'lim-tarbiya bilan bog'liq bo'lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
• o'quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.
O'qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o'z harakatlarini boshqarishida aktyoriik san'atiga xos bo'lgan xususiyatlari, ya'ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o'ynaydi. Aktyor bir obrazni ma'lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko'rinishda sahnada namoyish etsa, o'qiruvchi butun o'quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzum o'tilgan mavzular bilan bog'lab, zamonaviy irmovatsion usullar vositasida o'quvchilar ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko'radi, sinf jamoasidagi o'ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini e'tiborga olib pedagogik faoliyat ko'rsatishga majbur.
Bunday ulkan mas'uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o'qituvchidan yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka eg abo'lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o'qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o'qituvchiga o'z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), nis-tuyg'ularini (emotsiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o'quv faoliyatida, o'qishdan tashqari ta'lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo'llash yo'llarini tushuntiradi. Demak, pedagogik texnika o'qiruvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig'indisiki, u o'qituvchining pedagogik faoliyatiga ta'sir ko'rsatishi, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo'l ko'rsatuvchi bo'lib xizmat qiladi.
Ilg'or va novator o'qituvchi laming texnik mahorati pedagogik faoliyat olib borishlarida mimik va pantomimik harakatlarida, ovozini idora qila olish xususiyatlarida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, o'qituvchilar pedagogik texnika san'atini mukammal egallaganlar, uning ko'nikma va malakalarini o'zlarida aniq shakllantirishganva turli pedagogik vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlariga egadirlar.
Pedagogikada o'qituvchi chuqur hissiyotga berilishini, shaxsiy hayotidagi turli rahiy vaziyatlar tufayli kayflarining o'zgarib turishini o'zi qattiq nazorat qilish talab qilinadi. Ushbu nazoratni o'qituvchining o'zi boshqarishi lozim. Bu jarayonning ijobiy natijalari o'qituvchining refleksiv qobiliyatlarida namoyon bo'ladi.
Pedagogik texnikaning yana bir muhim xususiyati pedagogik ta'sir ko'rsatishdagi o'qituvchining ma'naviy va estetik qiyofasi. Bu tarbiyalanuvchilarga yaqqol namoyon bo'ladigan xususiyatdir. Agar o'qituvchi ma'naviy qashshoq bo'lsa, nutqi tartibsiz va muloqotda no'noq bo'ladi, didi past, o'z hissiyotlarini jilovlay olmaydigan qo'pol boisa, uning ta'lim-tarbiya berishi haqida gap bo'lishi mumkin emas.
Pedagogik texnikaning sirlarini egallash yo'llari o'qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg'ulotlar va mustaqil pedagogik faoliyat jarayonida shakllanib boradi. Pedagogik texnikasirlarini mukammal egallashda va imitakomillashtirishda kasbiy jihatdan o'qituvchi o'z-o'zini doimiy shakllantirib borishi, ya'ni o'zoldiga qo'yiigan talablar nuqtai nazaridan mohir o'quvchi shaxsiy fazilatlari va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyati muhim rol o'ynaydi.
Pedagogik texnika xususiyatlari
Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan bin o'qituvchining o'quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko'nikma va malakalari o'qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda shakllanib boradi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga o'quvchilar bilan muloqot jarayonida zarur so'z va gap ohangi, qarash, imo ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik, aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabi qobiliyatlarini namoyish yetish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o'qituvchi kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya'ni o'qituvchining psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o'qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe'l-atvori, salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bog'liq. O'qituvchilarda individual shaxsiy pedagogik texnika malakalarini shakllantirish mxiammolari ayniqsa psixolog olimJarning tadqiqot markazidan o'rin olgan. Psixolog olimlar R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, SJalilova. M.Abdullajonova kabilar o'qituvchilarning individual kasbiy faoliyatini batafsil o'rganishib, o'qituvchining shaxsiy "Mehnat professiogrammasi"ni ishlab chiqdilar. Olimlarning fikrlariga ko'ra o'qituvchi professiogrammasi o'qituvchilarga qo'yiladigan maxsus talablami o'zichiga oladi hamda har bir fan o'qituvchisining alohida ixtisoslashgan xarakteristikasini belgilab beradi. Jiumladan, ular ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradigan "O'qituvchi-murabbiy professiogrammasi "da quyidagi hislatlar, ya'ni "Pedagogiktexnika" malakalari mujassamlashgan bo'lishini ta'kidlaydilar:
1) O'qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi, dilkashligi, mehnatsevarligi.
2) Kasbiga xos bilimlari; ta'lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilisbi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga asosan psixalogik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta'sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta bilishi.
Kasbiga xos xislatlari: mllliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an'ana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuv-chanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi, o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini anglayolishi, pedagogik takt, nutq madaniyati.
Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg'ulotlarida zarar materiallarni tanlay olishi, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta'lim-tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o'quvchilar jamoasini boshqara olishi.
Tashkilotchilik malakalari: o'quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli ziddiyatli vaziyatlarda ham o'quvchilar jamoasini boshqarishi amaliy muammolarni hal yetishda uddaburonligini namoyish eta olishi.
Kommunikativ malakalari: o'quvchilarni o'ziga jalb etishni bilishi, o'quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvqrlq pedagogik muloqotlami tashkil qilishi, o'quvchilarning jamoada o'zaro munosabatlarida bir xil muvozanatni tartibga solishi.
Gnostik malakalari: o'quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi, o'z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz o'qiruvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan o'rganib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan to'g'ri foydalana bilishi, o'quvchilar xulq-atvorini mukammal o'rganishi.
8) Ijodiy hislatlari: o'z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi, o'quvchilarni tarbiyalashda o'z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o'quvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, o'quvchilarga pedagogik ta'siri natijalarini oldidan ko'ra olishga intilishi.
Psixolog olimlarning fikricha, ushbu professiogramma yosh o'qituvchilarga o'zlarinig kelgusida o'qituvchilik kasbini to'g'ri va ongli ravishda tanlab, kasbiy mahoratlarini takomillashtirib borishlariga yordam beradi. Demak, o'qituvchi professiogrammasi ham pedagogik texnikani egallashning muhim xususiyatlaridan biri bo'lib, o'qituvchilarning o'z kasbiy texnikasini mukammal egallab, rivojlantirib borishiga va o'z kasbiy faoliyatidan qanoatlanishni his etishga olib keladi. Bularning barchasi o'qituvchilarning tinimsiz pedagogik mehnati tufayli yuzaga keladi. O'qituvchining pedagogik texnikasi-pedagogik faoliyatning tashkiliy shakli bo'lib, qo'l bilan tutib bo'llmaydigan, behad uzoq ijodiy izlanishlar va azob uqubatli kechinmalar, tinimsiz pedagogik faoliyat, o'qituvchirining fahm-farosati, bilimi va mahorati bilan amalga oshiriladigan qizg'in ijodiy mehnatining mahsulidir.
Bir maromda olib boriladigan tizimli ijodiy mashg'ulot tufayli aktyor yuksak cho'qqilarni egallaydi. O'zgalar obrazini mujassamlashtirishda u ma'lum bir qolipdan aslo chiqib keta olmaydi. Demak har qanday ijodkorlik, hatto pedagogik ijodkorlik ham ma'lum bir belgilangan qolipda shakllanishi kerak. U o'qituvchining ichki kechinmalari, tuyg'u-lari va hissiy reaksiyalari asosida qurilishi aslo mumkin emas. Chunki, tarbiyalash san'atida o'qituvchining pedagogik texnikasi, ya'ni "bir qolipda"gi mehnat madaniyati borki, u boshqa biror kasbiy faoliyatga aslo o'xshamaydi. Shuning uchun, respublikamizda tarbiyaviy texnologiyalani muntazam bilishga intilish, o'qituvchi kadrlami tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirib borish o'qituvchining bir qolipdagi mehnat madaniyatini shakllantirishga, pedagogik texnika malakalarini doimiy oshirib borishiga qaratilgan. Ta'kidlash joizki, hali biror o'qituvchi oliy ta'lim muassasasini tugatib, yoki malaka oshirish kurslarida bilim olib birdaniga pedagogik texnika sirlarini mukammal biladigan tajribali o'qituvchi bo'lib qolgani yo'q. O'qituvchida pedagogik texnika ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatish jarayonida, o'quvchilar bilan yakkama-yakka muloqot jarayonida, pedagogik amaliyotda shakllanib boradi.
Hozirgi davr talablari nuqtai nazaridan, o'qituvchiga qo'yilayotgan javobgarlik hissi kengayib murakkablashib bormoqda. Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlarning yuksak natijalari bevosita o'qituvchilarning qizg'in mehnatlari samarasiga bog'liq. Vatanimizning porloq kelajagi uchun yosh aviodni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib voyaga yetkazishda o'qituvchining kasbiy bilimi, faoliyat texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada bo'lishi kerak. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga muvofiq o'qituvchining ta'lim-tarbiyaviy faoliyatida milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga doimo e'tibor berib kelishi lozim.
O'qituvchining pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlashga, o'quvcbilarning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishiga asoslangan bo'lishi shart. Shu ma'noda taniqli adib Tursunoy Sodiqova asarlarida hozirgi kun o'qituvchisiga qo'yiladigan "Murabbiylikning shartlari" oqilona berilgan: "...Siz insonlarning hech bir yo'q joydan" shoxini ko'kartirish", qulfi dilini ochish, dunyosini kengaytirish, kechagi holatidan bugunim yuksakroq qilish uchun bu ishga qo'l urdingiz. Ammo oldin biling: umringizni sarflab olib borayotgan harakallaringiz ro'parangizdagi o'quvchiga yoqayaptimi, yo'qmi? Bor gap shunda! Murabbiylikni xohlagan, shu kasbga o'qigan odam murabbiy bo'lib qolmaydi. Ustozlikning o'ziga xos parhezlari, bosib o'tilmaydigan chegara chiziqlari bordir! Binnchidan, dilingizda ustoz—murabbiyning yozilganu yozilmagan qomin-qoidalariga bo'ysunaman, degan Allohga qasamingiz bo'lsin! Ikkinchldan, niyatingiz sofbo'lsin! Men insonlami faqat yaxshilikka o'rgataman deng, orqamda o'z qo'lim bilan yaratilgan fayzli bog'lar qoladi, deb tilak tilang! Toki shogirdlaringiz sizning sharofatingiz bilan faqat savob ishlarga dahldor bo'lsinlar. Uchinehidan, haqiqiy murabbiy bo'laman desangiz, birovga biror narsa o'rgatishni astoydil hohlang va siz ilm oluvchiga nisbatan muhabbat qo'ying!
Наr bir ishingizga fidoyilik bilan kirishing. Buning otini ixlos deydilar! Shu ishtiyoq sizda qanchalik kuchli bo'lsa, Tangri sizga shuncha ko'p uquv beradi, yer beradi, mushkullaringizni o'zi osonlashtiradi. Murabbiylikda ta'tilga chiqish, sog'ligi, kayfiyatiga qara bfaoliyatni to'xtatish, degangan yo'q. Yo'lda ham, cho'lda hum, hamma fasl, hamma manzilda, qo'yingchi, umringizning oxirgi nuqtasiga siz faoliyat ustidasiz. Bu degani, sizning borlig'ingiz, har bir so'z, har bir ishorangiz odamlar uchun nur, madad va xaloskorlikdir.
Nazardan qolgan, qarg'ish olgan, loqayd murabbtylar tarbiya maskanlariga qadam bosmasliklari kerak. Ular ishlayveradilar, ammo o'qituvchilikning nomi yuqmaydi, ro'shnolik ko'rmaydilar, falokatlari arimaydi, niyatlariga yetmaydilar. Chunki muqaddas kitoblarda "neki bersak, egallab turgan kasb koringizdan berarmiz" deb yozilgan. Kasbiga halollik buyuk ibodatdir".
Adiba o'qituvchidan o'z kasbiga sadoqatli bo'lishm, fidoiylikni, yuksak ma'naviyatni, tinimsiz mehnatni, o'quvchilarga nisbatan mehr va muhabbatni, halol va pokiza bo'lishni talab qiladi. Bu aynan o'qituvchi pedagogik texnikasining ham muhim xususiyatlaridan biridir.
Pedagogik texnikani namoyon etishda o'qituvchining tashqi ko'rinishi.
O'qituvchining tashqi ko'rinishi pedagogik texnikasini namoyon etuvchi muhim xususiyatlaridan biridir. Har qanday inson ming tashqi ko'rinishi trofdagilarga estetik ma'no va zavq kasb yetib, doimi e'tiborda bo'lshini unutmaslik kerak. O'qituvchining tashqi ko'rinishini asosan namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi mehribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. O'qituvchi sinfga kirishi bilan so'zsiz o'quvchilar e'tiborida bo'ladi, ular bilan muloqotga ktrishadi.
Sinf sahnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy xatti-harakatlari o'quvchilarga ta'sir o'tkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh o'qituvchilar ilk bor darsga kirishlaridan oldin his-hayajonini, qo'rquvini yengishlari, o'zlarini erkin tutishlari, birinchi dars paytida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan o'zlarini yo'qotmasliklari lozim.
O'qituvchining tashqi ko'rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatgaega. O'qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish yetuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o'qituvchining imo ishorasida, ma'noli qarashlarida, rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo'ladi va ular o'qituvchi-tarbiyachining pedagogik tasir ko'rsatishida, mashg'ulotlarni samarali va mazmunli o'tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
Mimika - bu o'z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko'z va chehra muskularining harakati bilan bayonqilissh san'atidir. Ba'zan o'qituvchi chehrasining va mgohining ifodasi o'quvchilarga katta ta'sir ko'rsatadi.
Mimik harakatlar, ifodalar ma'lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur o'zlashtirish imkoniyatini beradi. O'quvchilar o'qituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab kayfiyatini, munosabatini tezda «uqib» oladilar. Shuning uchun oiladagi ba'zi noxushliklar, hissiyotga berilish, g'am va tashvishning o'qituvchi chehrasida va mimik belgilanda ifodalanishi mumkin emas. Chunki ushbu noxushliklar o'qituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashg'ulotlarini mukammal bajarishida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. O'qituvchining chehrasida, mimik belgilarida faqat dars mashg'ulotlariga xos bo'lgan, o'quvchilarga ta'lim va tarbiyaviy topshiriqlarni yechishga yordam bera oladigan ko'rinishlarni ifodalash lozim.
O'qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o'quvchilar bilan o'zaro munosabati uning individual xarakteriga mos bo'lishi kerak. O'qituvchi chehra ko'rinishidagi mimik ifoda, talim-tarbiya qonuniyatlariga mos ishonch, ma'qullash, ta'qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyallarni ifodalashi mumkin.
Bunda ovozdagi turli o'zgarishlar, nutqning tushunarli bayon etilishi muhim ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini namoyish etishda qosh, ko'z, chehra ko'rinishi ishtiro ketadi.
Qosh, ko'z, chehra o'quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo'lish, faxrlanish yoki e'tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo'lish va boshqa belgilarni ifodalash bilan birga, o'quvchilar diqqatini bo'lmasdan, boshqalarga xalaqit bermasdan ta'lim-tarbiyaishlarini samarali olib borishga ham yordam beradi. Shuni alohida qayd qilib o'tish joizki, mimik ifodalar o'qituvchining xarakterini, ichki dunyosini, ma'naviyatini, pedagogik faoliyatining individual xususiyatlarini bekamu ko'st namoyish etadi. O'qituvchining mimikasi ifodalangan nigohi o'quvchilarga, yoki ayrim o'quvchiga qaratilgan bo'ladi. Doskaga, eshikka, derazaga, ko'rgazmali qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni namoyish qilish aslo mumkin emas.
Pantomimika- bu o'qituvchining gavdasi, qo'l, oyoq harakatini tartibga soluvchi uslubdir. O'qituvchilarning ta'lim-tarbiyaviy faoliyatida o'quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga ma'lum. Biroq o'quvchilar bilan muloqotda o'qituvchining pantomimikasi, ya'ni, gavda, qo'l, oyoq harakati to'g'ri ifodalanmasa, ta'lim-tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. O'qituvchi o'z gavdasi, qo'li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma'lumotlarning obrazini "chiza" olsa, o'quvchilar bundan zavqlanadilar, ular ichki his tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo'shilib butun ongini o'quv materiallari mazmunini o'zlashtirishga qaratadilar. Pantomimika gavdani rost tutib yura bilish, qo'l va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, rikrlarini aniq va to'liq bayon qilib qo'lini, boshini turli harakatlarda ifodalash o'qituvchining o'zbilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun o'qituvchining o'quvchilar oldida o'zini tuta bilish holatini tarbiyalashi lozim, {oyoqlari 12-15sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish). O'qituvchining yurishi, qo'l va oyoq orqali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo'lishi kerak. Masalan: auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qo'llari bilan turli imo-ishoralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday holallar dars davomida o'quvchilarning e'tiborini bo'lib, g'ashini keltiradi va o'rganilayotgan fanga, o'qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini uyg'otadi.
O'qituvchi mashg'ulot o'tish jarayonida faqat oldinga yurishi tavsiya qilinadi. U yondan, bu yonga yurish talabalar fikrini bo'ladi. Old tomonga yurayotganida o'qituvchi muhim voqealarni bayon qilishi mumkin, chunki bunda talabalar o'qituvchini butut diqqatlari bilan eshitayotgan boiadilar.
O'qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o'z hissiy holatini boshqara olishi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi o'quvchilar bilan muloqot jarayonida qizg'in kuzatuv ostida bo'ladi. Uning kayfiyatidagi o'zgarishlar pantomimik harakatlarida namoyon bo'ladi. Shu tufayli o'quvchilarga ta'lim-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish jarayonida (darsda, darsdan tashqari mashg'ulotlar paytida tarbiyaviy ishlar jarayonida) o'z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo'lishi, umidbaxshlik, xayrixohlik kayfiyatida bo'la olish qobiliyatlariga ega bo'lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi o'qituvchiga birdaniga paydo bo'ladigan ko'nikma emas. Buning uchun o'qituvchi o'z ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik faoliyati davrida kamchiliklarini tezda topib bartaraf eta olisbi darkor.
Chunki yillar davomida o'qituvchi o'zining har bir harakatiga moslashib uni odat qilib olishi mumkin. Mukammal pantomimik malakalarga ega bo'lgan o'qituvchi o'z-o'zini nazorat qila oladi, ko'p yillik faoliyati davomida sog'lom asab tizimini o'zida tarbiyalab asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo'riqishlardan o'zim" saqlay oladi.
O'qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish uchun o'qituvchining harakatlarida aktyorlik va rejissorlik malakalari ham mujassamlashgan bo'lishi lozim. Xususan, gumanitar fanlar o'qituvchilari aktyorlik qobiliyatiga ega bo'lishlari lozim. Ma'lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlar haqida so'zlaganda aktyorlik, rejissorlik malakalari zarur. Ular o'qituvchiga o'quvchilarning his-tuyg'u-lariga ta'sir ko'rsatishda, mavzu qahxamonlariga nisbatan hissiy-qadriyatli munosabatda bo'lish tajribasini o'zlashtirisbiga yordamlashadi.
Pedagogik texnik amalakalari o'qituvchining maxsus fanlar bo'yicha bilimlarni egallash, pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish, o'z kasbiga qiziqish, burch hamda mas'uliyatni his qilish asosida oshiriladi. Ular yoshlarni o'qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ'ibot qilish, mustaqil bilim olishishlariga yordam beradi.
O'qituvchining tashqi ko'rinishida nutq texnikasi, his-tuyg'ularini boshqara olish, mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda ko'zlangan maqsadga albatta erishiladi. Bunda so'z, gap ohangi, qarash, imo-ishoralar, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda uddaburonlik, osoyishtalik bilan ziddiyatdan chiqish, voqelikni oldindan ko'ra olish va adolatli tahlil qilishga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlar o'qituvchining shaxsiy, individual psixik, fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi. Pantomimik harakatlarni boshqarishda ham o'qituvchining individual pedagogik texnikasi, yoshi, jinsi, mijozi, fe'1-atvori, sihat-salomatligi va anatomik-fiziologik xususiyatlarini muhim ahamiyatga ega.
O'qituvchi avvalo tarbiyachi sifatida o'zida yuqoridagi malakalarni shakllanishi, ularning mazmunini chuqur o'zlashtirib, pedagogik texnikani egallashning imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Shunda u o'qituvchini pedagogik mahorat sari etaklaydi. Shunday qilib, o'qituvchining tashqi ko'rinishi ham pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri bo'lib tarbiyalanuvchilarga ko'rib, eshitib turgan narsalarini erkin fikriash orqali, o'z mulohazalanni mustaqil, cho'chimasdan o'qituvchiga yetkazish imkoniyatini beradi. "Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo'lishni bilishi lozim, u o'zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin"-deb yozgan edi taniqli pedagog A.S.Makarenko.
Pedagogik texnikani egallash mahorati
O'qituvchi pedagogik faoliyatida pedagogik texnikaning ko'nikma v amalakalarini mukammal takomillashtirgan holda o'z mahoratini oshirish uchun quyidagi jarayonlarni bilishi lozim:
O'qituvchi o'zlashtirishi lozim bo'lgan pedagogik texnikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri uning nutq texnikasidir (nutq tempi, diksiyasi, tovush ohangini baland, o'rta, past qila olishi va hokazo).
Dars jarayonida o'quv materiallarini idrok qilishda o'qituvchining nutqi muhim rol o'ynaydi. Olimlarning fikricha, o'quvcbilar tomonidan lA foiz o'quv materialim tafakkur orqali idrok qilish va o'zlashtirish o'qituvchilarning nutqiga va uning so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishiga bog'liq. O'quvcbilar o'qituvchining nutqi nihoyatda kuzatuvchanlik va qiziqish bilan tinglaydilar. Past ohangda gapiradigan'o'qituvchining darsi o'quvchilar uchun zerikarli bo'ladi, nihoyatda baland gapirish, oddiy suhbat chog'idaovozni baland qilib so'zlashish o'quvchilami darsdan bezdiradi v acharchatadi. O'quvchilarning bunday o'qituvchi ta'limidan ko'ngillari soviydi. Shuning uchun o'qituvchi savodli gapirishi, o'z nutqini chiroyli va tushunarli, ta'sirchan qilib bayon qilishi, o'z fikr va his-tuyg'ularini so'zda aniq ifodalash malakalariga ega bo'lishi lozim.
Chiroyli, savodli, ta'sirchan gapiruvchi o'qituvchilarning nutqlari o'quvchila rongiga tez ta'sir etadi, o'quv materiallarini oson o'zlashtirib olishig akatta imkoniyat yaratadi, o'quvchilar bunday o'qituvchilarning darslarini toqatsizlik bilan kutadilar. O'qituvchilar o'z nutqlari ustida tinimsiz Jshlashlari, so'zlaming chiroyli, ma'noli, ta'sirchan bo'lishi uchun mashq qilishlari, ovoz diapazonlarining kuchi, nutq tembrining harakatchanligi va diksiyasini doimo mashq qilib borishlari lozim.
Ovoz diapazoni chegarasi baland yoki past gapirish toni bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi tovushning past tonligiga olib keladi.
Past ohangda so'zlashish o'qituvchining idrokini bo'shashtiradi va susaytiradi.
O'qituvchi tovush diapazonini, uning tembri bilan bog'lab ishlatsa, gaplari chiroyli, mayin, jozibali chiqib, tinglovchilarni o'ziga jalb yetadi va o'quv materiallari mazmuni yanada yaxshi idrok qilinadi.
O'qituvchining notiqlik texnikasi so'zlami aniq, to'g'ri, tiniq eshitilarli va tushunarli bayon qilishida namoyon bo'ladi. To'g'ri va mukammal ovoz diksiyasiga ega bo'lgan o'qituvchi so'zlami ifodali bayon qiladi. Ifodali gapirishda til, lab, kichik tilcha, pastki jag' ishtirok etadi.
O'qituvchi ifodali gapirishi, so'zlami talaffuz qilishi uchun yuqoridagi organlara doimo mashq qildirishi lozim. Shunday qilib, pedagogik texnikada nutq malakalari muhim ahamiyat kashf etar ekan, o'qituvchi doimo gapirish tempi, ritmi, diksiyasi, ovoz kuchi, diapazoni, harakatchanligi ustida mashq qilishi zarur.
Har bir o'qituvchi o'z tafakkuriga, fikrlash qo-biliyatiga, o'zining kasbiy yo'nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega bo'lishi kerak. Bu yo'nalish va laboratoriyani o'qimveMlarning o'zlari mustaqil filer yuritishlari, mustaqil bilim olishlari, pedagogik mahoratini oshirib borishlari orqali qo'lga kiritadilar va mohir o'qituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydilar hamda kasbiy ideal sari harakat qiladilar. Pedagogik texnika sirlarini mukammal bilish o'qituvchining tashkiliy-metodik malakalarni egallashiga ham bog'liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo'yicha ma'ruzalami tinglash, maxsus adabiyotlami o'qish orqali qo'lga kiritiladi. Tashkiliy-metodik malakalar aytilgan yo'1-yo'riqlar, ko'rsatmalami o'zining individual kasbiy tajribasida sinab, ko'nikma hosil qilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Nutqning asosiy xususiyatlari:
Nutqning to'g'riligi varavonligi.
Nutqning aniqligi va ta'sirchanligi.
Nutqning manitiqiyligi.
Nutqning tozaligi va ifodaliligi.
Nutqning to'g'riligi va ravonligi uning adabiy til normalariga to'g'ri kelishidir. Bunda ikkitajihatga e'tibor beriladi: urg'u va grammatik normalarga amal qilinishi. Urg'u - so'zlaming to'g'ri talaffuz tilishini ta'minlaydi.
Grammatik norma-nutqning mazmundorligini, ma'noli ekanligini bildirib, nutq oqimidagi so'zlaming o'zgarishi mazmunan bir-biriga birikishini ifodalovchi xilma-xil qoidalar yig'indisidir.
Nutqning aniqligi va ta'sirchanligi - mazmundor nutqning tinglovchiga ta'sir yetish omilidir. O'qituvchi so'z va tilning ravonligi, notiqlik qobiliyati bilan aniq faktlar asosida o'quvchilarga bilim beradi, ulaming ko'nikma va malakalarini rivojlantiradi. O'qituvchi nutqining aniq bo'lishi, o'z mas'uliyatini chuqur his etish shartidir. Aniq, o'rganilayotgan mavzuning o'qituvchi tomonidan ifodalanayotgan voqelikka, faktlarga muvofiq kelishidir. Aniqlikning chegarasini belgilashda o'qituvchi so'zlami to'g'ri qo'llay olishi, o'zbek tili grammatikasi mukammal bilishi, to'g'ri talaffuz eta olishi talab qilinadi.
Nutqning mantiqiyligi nutqning mantiqiy bo'lishi eng avvalo o'qituvchining so'z boyligi, tafakkur yuritish qobiliyati, idrok etish mahoratiga bog'liq. O'qituvchi tilni juda yaxshi bilishi, so'z boyligi keng bo'lishi mumkin. Ammo o'zi filer yuritayotgan mavzuga nisbatan chuqur bilimga ega bo'lmasa, bilimlarini o'z tafakkuri doirasida tahlil qila olmasa notiqlik san'ati natija bermaydi. So'zlaming o'qituvchi ifodalayotgan mavzuga mos ravishda to'g'ri ifodalanishi, so'z birikmalarining, gaplarning, matnlaming bir-biriga to'g'ri kelishi, fikmi izchil bayon etish uchun bo'yso'ndirilishi nutqning mantiqiy boy ekanligidan dalolat beradi.
O'quvchilarga aytilayotgan fikr mantiqan bir-biriga bog'langan bo'lishi kerak. Gaplar o'rtasida fikriy bog'lanish, izchillik yo'q olishi bilan o'qituvchi nutqining mantiqiyligiga putur etadi.
O'rganilayotgan mavzu matnlari o'rtasida mantiqiy bog'lanish bo'lish uchun, matnlar boshlanma bilan ajratiladi (masalan, xulosa qilib aytganda; shu bilan birga; ta'kidlash lozimki va hokazo). Demak, o'qituvchi nutqining mantiqiyligi deyilganda, yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikr va mulohazalar rivoji izchil bo'lgan, har bir so'z, ibora aniq maqsadga muvofiq ishlatiladigan nutq tushiniladi.
Nutqning tozaligi va ifodaliligi - o'qituvchi nutqining tozaligi, avvalo uning adabiy til isoniy normalanga muvofiq ifodalanishi bilan belgilanadi. O'qituvchilaming chiroyli va mazmunan boy nutqi hozirgi o'zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo'lishi, g'ayri adabiy til unsurlaridan holi bo'lishiga qarab baholanadi. Nutq uning toza bo'lishiga halaqit beruvchi unsurlar: dialektizm va varvarizmdir. Zero, ushbu unsurlar badiy adabiyotda ma'lum bir badiiy-estetik vazifani bajarsada, o'qitovchining dars jarayonidagi va tarbiyaviy faoliyatidagi nutqida ishlatilmasligi kerak. O'qituvchi doimiy ravishda idoraviy atamalari, rasmiy so'z va iboralarni noo'rin ishlatishi o'z nutqining notabiiyligiga, ishonchsiz chiqishiga sabab bo'ladi. Natijada o'quvchilar ta'lim-tarbiyasida o'qituvchi tomonida nishontirish metodi orqali qo'llaniladigan fikrlar mukammal bayon etilmaydi.
Nutqning tozaligi, uning turli sheva so'zlaridan holi bo'lib, faqat abadiy tilda ifoda etilisbidir. Til vositalari vaziyatga qarab ishlatilgan, siyqa so'z va iboralarsiz hosil bo'lgan o'qituvchi nutqi tabiiy va samimiy bo'ladi, tinglovchi va o'quvchilarning qalbiga te zborib yetadi. Til va nutq, nutq madaniyati, tilnormalarini egallamoq, talaffuz, urg'u, so'zishlashish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shuningdek, tilning tasviriy vositalari bir xil sharoitlarga mos maqsadga muvofiq bo'lishi kerak. Nutqda til - fikr almashish quroli, o'qituvchi qalbining oyinasi, o'qituvchining dars berish uslubini, pedagogik mahoratini to'liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda-tildagi rang-barang vositalar o'z ifodasini topsa, bunday nutq-boy nutqdir.
Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog'langan vositalardir. Nutq qaysi tilda aytilmasin, o'sha millat tilining qonun-qoidalari asosida ro'yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi.
Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil topadi.
Nutq-tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo'lib ikki xilda namoyon bo'ladi:
ichki nutq;
tashqi nutq.
O'qituvchi ongida hosil bo'ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og'iz ochmasdan fikrlasbi, mulohaza yuritishi, o'ylashi ichki nutqdir.
O'qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta'siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq-tashqi nutq bo'lib, u ijtimoiy hodisadir.