Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə21/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
oʻn bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni bir yil davomida umumiy oʻrta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
oʻquv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning ragʻbatlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uygʻunligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
5-modda. Ta’lim olish huquqi
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim olish huquqi:
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va oʻquv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda amalga oshirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus ta’limni va boshlangʻich professional ta’limni bepul olish;
oilada yoki mustaqil oʻqish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy oʻrta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan oʻtgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet ellik fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ta’lim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin