Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


-modda. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə24/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

12-modda. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʻrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim olish xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonunchilikda belgilanadi.
(12-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin