Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


-modda. Maktabdan tashqari ta’lim



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə25/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

14-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yoʻnalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sogʻlomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
16-modda. Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’lim oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Dual ta’lim
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni olishga qaratilgan boʻlib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin