illik majburiy ta’limga o‘tilishining sabablarini izohlang.
13.O‘quv-ishlab chiqarish majmuasining asosiy maqsadini tushuntirib bering.
14.Kasb-hunar ta’limini tashkil etishga yangicha yondashuvnii qanday baholaysiz?
15.Oliy ta’lim tizimining isloh qilinishi asosida qanday natijalarga erishiladi?
16.Oliy o‘quv yurtidan keying ta’lim bosqichlariga izoh bering.
17.Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan talablarga baho bering.
18.Professional ta’lim tizimining asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'lim dasturlariga izoh bering.
ADABIYOTLAR:
Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent, O‘zbekiston, 1992.
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shaxri. – Toshkent, Xalq merosi nashriyoti, 1993.
Pedagogika A.q.Munavvarovaning umumiy taxriri ostida. - Toshkent, O‘qituvchi, 1993.
Ziyomuhammedov B. Ma’rifat asoslari. – Toshkent, CHinor ENK, 1998.
Podlasiy I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 2.
6-MAVZU:TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA TARBIYA PRINTSIPLARI.
REJA:
1.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari.
2. Tarbiya jarayoning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Tayanch iboralar: Tarbiya, jarayon, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari, turlari, yo‘nalishlar.
Tarbiyanazariyasiningmohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |