Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə36/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo‘lib, unda bolaning o‘zi ham faol ishtirok etadi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyasiga muvofiq, endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining ob’ektigina bo‘lib qolmasdan, sub’ekti sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. SHuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlr samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qaram-qarshiliklar o‘quvchilarga o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Undan tashqari bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasliklari oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:



Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin:

  1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan.

  2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

  3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin