Shu bois o‘qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim. O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab- quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi. Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: kundalik faoliyat an’analari; bayram an’analari. Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog‘liq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro‘z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
O‘quvchilar jamoasining o‘ziga xosliklarini sanab bering.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlarini izohlang.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalariga doir ma’ lumotlarni topib o‘qing.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlriga tavsif yozing. Tarbiya metodi, usuii va vositasi tushunchalariga ta’rif bering.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullaeva. –Toshkent, 2007.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010.
3. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
4. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
5.Djuraev R.X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008.
6.Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O‘quv qo‘llanma. O‘.Asqarova. –Toshkent, Istiqlol, 2005.
7.Xalq pedagogikasi / O‘quv qo‘llanma. M.Mutalipova. –Toshkent, 2015
8.Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012.
9.TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex Moore 2012.