Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə41/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.


5-rasm. «Jamoa» tushunchasitavsifi



Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalashtarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bolgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol oynashi togrisidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning azolari ortasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini taminlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi.
Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, Davlat konstitusisi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi bo‘lmasligi zarur.
Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi faoliyatda faol ishtirok etishi
zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi faoliyat natijalari uchun yuqori shaxsiy javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi.
Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi. Jamoa a’zolar orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g‘am-qayg‘ularining aloqador birligi aks etuvchi maxsus munosabatlar yuzaga keladi.
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada demokratik munosabatlar o‘rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro‘li a’zolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi.
Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o‘ziga xosliklari bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o‘ziga xoslik, psixologik iqlim, jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko‘rinadi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in - bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi.
Yuqoridagi jamoaning o‘ziga xos belgilaridan kelib chiqib, shunday xulosa chiqarish mumkin. O‘quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko‘zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo‘yilgan organiga ega bo‘lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhidir.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin