Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.
Karimov I.A. O‘zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida. T.: “O‘zbekiston”, 2011.
Karimov I.A. “O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkrilarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati”. Xalqaro konferensiya “Tarixiy, madaniy va ma’naviy merosimiz, urf-odat va qadriyatlarimiz-intellektual kelajagimizning mustahkam poydevori” nutqidan. Samarqand sh. 2014 yil 15 may.
Pedagogika. // M.To‘xtaxo‘jaevning umumiy tahriri ostida. – T.: “O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati”, 2010.
Ibragimov X.I., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
YUzlikaeva E., Ahmedova M., Qurbonova G., Tashmetova SH., Xushnazarova M. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: TDPU, 2012.
Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Xasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: “O‘qituvchi”, 1996.
Hashimov K, Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: “O‘zbekiston milliy kutubxonasi” nashriyoti, 2005.
Hoshimov K., Ochil S. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 1999.
9-MAVZU:O’QUVCHILAR JAMOASI PEDAGOGIC JARAYONNING ASOSIY SHAKLI. REJA: 1. Jamoa haqida tushuncha. 2. O‘quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari.
3.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari.Jamoa an’analari. Tayanch tushunchalar:Jamoa, o‘quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider. 1. Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.