Reja: Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi Guruhni boshqarishning psixologik asoslari Pedagogning individual faoliyat uslubi


Kanadalik psixolog olim Djeyms Marsha yigit-qizlarning kasbiy tayyorgarlik davrini to‘rt bosqichga ajratadi



Yüklə 114 Kb.
səhifə5/8
tarix16.03.2023
ölçüsü114 Kb.
#88096
1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi Guruhni boshqa

Kanadalik psixolog olim Djeyms Marsha yigit-qizlarning kasbiy tayyorgarlik davrini to‘rt bosqichga ajratadi:

  1. Yoshlarda kasb haqidagi tasavvur va bilimlarning kam va noaniqligi bosqichi. Bu bosqich hali shaxsning e’tiqodlari aniq emasligi, kasbni tanlamaganligi bilan tavsiflanadi.

  2. Muddatidan oldin aynan o‘xshashligini topish bosqichi. Shaxs o‘z kuchi, xohishi bilan emas, boshqaning fikri bilan, boshqa kishiga ergashib, tegishli munosabatlar tizimiga qo‘shilishi bilan xarakterlanadi.

  3. Moratoriya bosqichi – shaxs o‘zligini aniqlashning krizis jarayonidaligi, rivojlanishning ko‘p variantlari orasidan o‘zi uchun eng maqbulini tanlashi bilan tavsiflanadi.

  4. Erishilgan yutuqning aynanligi bosqichi.

Tanlash mojarosi hal etilganligi, shaxs o‘zligini namoyon etishga amalda kirishganligi bilan belgilanadi. Pedagog eng avvalo o‘quv-tarbiya jarayonida bolalar faolligini oshirishni esdan chiqarmasligi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o‘rgatishi, bola tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o‘zining kimligini namoyish etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun pedagog shaxsiy hamda kasbiy sifat va fazilatlarni to‘liq egallagan bo‘lishi lozim, bunday pedagoglar bolalar bilan ko‘proq do‘stona muloqotda bo‘ladilar, o‘zaro fikr almashadilar, mavzuga doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga keladilar. Pedagog bu o‘rinda butun e’tiborini mavzu mohiyatini bolalarga singdirishga qaratib, bolalar kechinmalarini va o‘zlashtirish imkoniyatlarini alohida e’tiborga oladi. Pedagog shaxsiga xos bo‘lgan bilimdonlik, ijodkorlik, mustaqillik hamda mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etish o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashning eng muhim omillaridir.
Bolalarda kasbni egallashning shakllanishi ularda majburiyat va javobgarlik hissining tarkib topishi bilan bog‘liqdir. Ularda ana shunday sifat va kechinmalar to‘la shakllangan bo‘lsa, bilimlarni egallash yoki kasbiy kamoloti uchun hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi.

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin