Reja: Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi Guruhni boshqarishning psixologik asoslari Pedagogning individual faoliyat uslubi


Guruhni boshqarishning psixologik asoslari



Yüklə 114 Kb.
səhifə6/8
tarix16.03.2023
ölçüsü114 Kb.
#88096
1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi Guruhni boshqa

Guruhni boshqarishning psixologik asoslari
Pedagoglik kasbi - axloqiy xarakterga ega bo‘lgan insonparvar kasblardan biri bo‘lib, bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish pedagog faoliyatining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu pedagogdan bolalarni sevish, ularni qadr-qimmatini hurmat qilish, sho‘xliklariga bardoshli bo‘lish, ularni jismoniy va axloqiy majruh etuvchi narsalarga murosasiz bo‘lishni talab etadi. Muallimning odob-axloqi, insonparvarligi – bolalarning kelajagi uchun g‘amxo‘rlik qilish, ularni hayotga ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tayyorlashga intilishida namoyon bo‘ladi. Xushyorlik, pedagogik muomala, diqqat-e’tiborli bo‘lish, bolalarni sevish, ularga yaxshilik qilish, pedagoglik burchini anglash, mas’uliyatli, talabchan va adolatli bo‘lish, bilimdonlik, halollik, rostgo‘ylik kabilar pedagogga xos kasbiy axloqiy fazilatlardir.
Shuning uchun ham pedagoglar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari oldida muhim vazifa - insonparvarlik tamoyilini ro‘yobga chiqaruvchi, yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi, pedagog odobi fazilatlarini egallab olgan bo‘lajak pedagoglarni tarbiyalash vazifasi turadi. Bo‘lajak pedagoglarning kasbiy-axloqiy sifatlari har tomonlama o‘sishiga erishish uchun bolalar shaxsini rivojlantirishning barcha jihatlari, sohalariga e’tibor qaratish zarur. Axloqiy tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish sohalari: Vatanga munosabat, tug‘ilgan joyi, atrofdagi tabiatga, mehnatga, ishlab chiqarish va turmushda odamlarga; pedagogik jarayon ishtirokchilari: bolalar, ota-onalari, kasbdoshlariga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati sohalaridan tashkil topadi.
Tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish, uni oldindan va u bilan bog‘liq ilmiy-tashkiliy, tadqiqot ma’lumotlari bilan ta’minlashni talab etadi. Tarbiya axloqiy-tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirilganlik tavsifiga ega bo‘ladi, ko‘plab bolalar tarbiyasiga individual yondoshish mumkinligini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bilan birga pedagogik amaliyot oldidan ilmiy-tadqiqot o‘tkazish tarbiyachi-pedagoglardan bunday ishni bajara olish malakasiga ega bo‘lishni talab etadi. Ularda pedagogik faoliyatda zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni maxsus o‘stirish va takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin