Reja plug nima? Plug ishchi qismlari? Plugning yordamchi qismlari?



Yüklə 22,56 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2022
ölçüsü22,56 Kb.
#75377
1   2   3
Reja plug nima Plug ishchi qismlari Plugning yordamchi qismlar

Pluglar tasnifi. Pluglar o‘zining vazifasi, traktorga ulanish usuli,
konstruksiyasi, korpuslar soni va mo‘ljallangan ishchi tezligiga qarab har xil
turlarga bo‘linadi. Plug korpusining konstruksiyasiga qarab lemexli, diskli,
chizelsimon, rotatsion va qurama (kombinatsiyalashtirilgan) kabi turlarga
bo‘linadi. Eng ko‘p tarqalganlari lemexli pluglardir. Diskli pluglardan og’ir (o‘ta
qattiq va zich) tuproqli dalalarni haydashda foydalaniladi. Rotatsion va
qurama pluglar ekinni ekish va parvarishlash agrotexnikasi talablariga qarab
ishlatiladi.
Plug turini ekin ekiladigan mintaqalardagi sharoitga moslab
to‘g’ri tanlash muhimdir.
Lemexli pluglar o‘z navbatida quyidagilarga b o‘linadi:
- oddiy (keng ko‘lamda ishlatiladigan) pluglar. Bu guruhga xar yili
haydaladigan yerlarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan pluglar kiradi;
- maxsus pluglar. Bu guruhga changalzor — botqoqbop, plantatsiyabop,
bog’bop, tokzorbop, o‘rmonbop, yarusli, tekis shudgorlaydigan va boshqa
pluglar kiradi.
Traktorga ulanish usuli bo‘yicha pluglar tirkalma, osma va yarim osma
turlarga bo‘linadi.
Tirkalma plug traktorga maxsus tirkagich yordamida ulanib, uning to‘liq
og’irligini esa o‘z g’ildiraklari ko‘tarib yuradi. Plugni ishchi va transport
holatlariga maxsus mexanizmlari yordamida keltiriladi.
Osma plug traktorning osish qurilmasiga o‘rnatiladi, transport holatida uning
to‘liq og’irligi traktorga, ish jarayonida esa tayanch g’ildiraklarga tushadi. Osma
pluglarni ish va transport holatiga keltirish traktorning osish qurilmasi
mexanizmlari yordamida bajariladi. Plugning tayanch g’ildiragi shudgorlash
chuqurligini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Yarim osma plug traktorning osish qurilmasiga o‘rnatilib, plug transport
holatda bo‘lganda o g’irligining bir qismi orqa g’ildi rakka tushadi.
Texnologik. jarayonni bajarish usuli bo‘yicha pluglar tuproq uyumi va
jo‘yaklar hosil qiladigan va tekis shudgorlaydigan turlarga bo‘linadi.
Tuproq uyumi va jo‘yaklar hosil qilib shudgorlaydigan pluglarga faqat bir
tomonga ag’daradigan korpuslar o‘rnatiladi. Bunday holda, yerni keyinchalik
tekislash uchun ko‘p mexnat sarflanadi. Tekis shudgorlaydigan pluglarga bir
vaqtning o‘zida chap va o‘ng tomonga ag’daradigan korpuslar o‘rnatiladi. Ularni
navbatma-navbat ishlatish hisobiga tuproq palaxsalari doimo bir tomonga
ag’dariladi, natijada yer uyum va jo‘yaklar hosil bo‘lmasdan shudgorlanadi.
10-rasm. Plug ishchi qismlarini joylashtirish sxemasi:
1-pichoq; 2-chimqirqar;3-korpus;4-chuqurlatgich; a-shudgorlash chuqurligi; a1-
chimqirqarning ishlov berish chuqurligi; a3-chuqurlatkichning ishlov berish
chuqurligi; H-rama balandligi; b-korpusning qamrov kengligi; ∆b-korpus

qamrov kengligining qoplanishi; b1-chimqirqarning qamrov kengligi; b3-
chuqurlatkichning qamrov kengligi; t,t1,t3- chimqirqarning pichoq o‘qi va
chuqurlatkichning asosiy korpusga nisbatan bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha
joylashishi; l1,l2,l3-chimqirqar, pichoq va chuqurlatkichning asosiy korpusga
nisbatan ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha joylashishi; ∆l- pichoq gupchagi va yer
orasidagi masofa.
Tekis shudgorlash uchun frontal pluglardan ham foydalanish mumkin.

Yüklə 22,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin