Magniy va uning qotishmalari Magniy 650 oS da suyuqlanadi, 1107 oS da qaynaydi, zichligi - solishtirma og‘irligi =1,74 g/sm3. Solishtirma og‘irligi texnika metallari ichida eng kichigi bo‘lganligi aviatsiya uchun kiziqarli.
Magniy kimyoviy bardoshligi past, tez oksidlanadi, havoda eritilsa yonib ketadi, kislota va dengiz suvida yemiriladi. Lekin, ishqorga nisbatan chidamli.
Quyidagi jadvalda keng tarqalgan Al-Li qotishmasining kimyoviy tarkibi berilgan. Bularda zichlik kamayiishi va bikirlik ortishi qo‘lga kiritilgan, an’anaviy deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalariga nisbatan (jadval).
Al-Li qotishmasi issiq holatda yaxshi deformatsiyalanadi. Shuning uchun list prokatlash oson amalga oshiriladi, yuqori puxtalikdagi alyumin qotishmalariga nisbatan Al-Li qotishma sovuq holda deformatsiyalanganda tez puxtalanadi, yana shuki, yuqori darajada puxtalansa, mo‘rtlanishga moyilligi paydo bo‘ladi.
Bu qotishma yaxshi presslanadi, shtamplanadi va qirqib ishlanadi. Olish usuli, ya’ni uni olish texnologiyasi an’anaviy alyumin olish texnologiyasidan kam farq qiladi.
Quyidagi jadvalda Al-Li va ba’zi alyuminiy qotishmalarining nisbatan xossalari berilgan.
Al-Li qotishmasining elastiklik modulining musbat ta’siri qotishmaning nisbiy bikirligini oshiradi. Bu esa charchash natijasida darz ketish tezligini pasaytiradi.
Al-Li qotishmasidan yasaladigan detallarning ko‘pchiligi quyma olish usulida olinmokda. Albatta, maxsus moslamada qotishmani vodoroddan saqlab.
Poroshokli Al-Li qotishmalarini qullanishi ularning kimyoviy tarkib diapazonini kengaytiradi, strukturasiini yaxshilaydi, demak, mexanik xossalarini yaxshilaydi va texnologik jarayon murakkabligini pasaytiradi.
Shubhasiz Al-Li qotishmasi samolyotlarni loyixalashga, ishlab chiqarishga va ekspluatatsiya-iktisod ko‘rsatgichlariga ancha ta’sir qiladi.